Ukraina xukumati musulmonlardan iborat batalon tashkil qilishga qaror qildi

402
0

Kiev hukumati davlat harbiy quvvatini kuchaytirish maqsadida yangi qadamlar tashlashni davom ettirmoqda. Ukraina sharqida davom etib kelayotgan kurashlarni to’xtata olmayotgan hukumat musulmon jangchilardan iborat qo’shin tashkil qilishga qaror qildi. Bu haqida Ukraina davlat vazirligi Qrim tatarlar masalalari bo’yicha mas’ul shaxs Mustafo Jamilov ma’lum qildi.

Turkiyaning poytaxti Anqara shahrida bo’lib o’tgan “2 dunyo Qirim tatarlari” kongresida so’zga chiqqan Mustafo Jamilov Ukraina hukumati musulmon harbiylardan tashkil topgan bir batalon tashkil qilish haqida qaror qabul qilganligini bildirdi. Mustafo Jamilovning ma’lum qilishicha, yuqorida aytib o’tilgan musulmonlardan tashqil topgan batalon Ukrainaning Qrim chegaralaridagi Xerson mintaqasiga joylashtiriladi.

Ukraina mudofaa vazirligining qaroriga ko’ra vujudga keltirilishi ko’zda tutilgan mazkur batalon Qrim tatarlari, Qozon tatarlari, o’zbeklar, chechenlar, ozariylar, mesxetin turklari va Ukrainada yashab kelayotgan boshqa musulmon xalqlardan tashkil qilinishi aytilmoqda.

Xabarda aytilishicha, musulmon batalonining asosiy vazifasi Qrim yarim oroli va Ukraina o’rtasidagi insonlar va yuk mashinalari o’tish joylarini nazorat qilishdan iborat bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.