Qirg’iziston ulamolar kengashi qora hijob kiymaslik haqida qaror chiqardi

1241
0

Qirg’iziston ulamolar kengashi “Radikal” diniy guruhlar yoyilishini oldini olish uchun yig’ilish o’tkazdi. Yig’ilishda so’zga chiqqan Qirg’iziston muftiysi Maksat Toktomushev asosiy mavzudan tashqari maktablarda va boshqa o’quv yurtlarida hijob kiyish masalasiga ham to’xtalib o’tdi.

Davlat muftisi hijob kiyish ta’qiqlanishi qabul qilinmasligini, biroq hijob uchun muayyan yoshga etish va kiyim shakli milliy urf odatlarga mos bo’lishi birinchi o’ringa qo’yilishi kerakligini bildirdi. Qirg’iziston ulamolar kengashi ham muslima ayollarga qora rangli hijob o’rniga boshqa turli ranglardagi hijoblar kiyishni tavsiya qildi.

“Yaqin kunlarda qizlarimizning maktablarga hijob kiyib borishi mavzusida bosh vazir Temir Sariev bilan uchrashamiz. Ulamolar kengashi qizlarimizning maktabga qora hijob kiyib bormasligi haqida qaror chiqardi. Boshqa Islom o’lkalarida qora hijob odatiy hol hisoblanadi. Shuning uchun hech qanday noxushliklarga sabab bo’lmaydi. Bizda esa qora rang motam alomatidir. Shu bois qizlarimiz boshqa ranglardagi hijob kiyishlarini va milliy kiyimlar kiyishlarini tavsiya etamiz”, dedi Maqsatbek Toktomushev.

Shuningdek, muftiy hazratlari maktab o’qituvchilariga o’quvchilarning faqat tashqi ko’rinishiga emas, balki ularning ta’lim tarbiyasi va darsliklarni qanday o’zlashtirayotganiga ham e’tibor qaratishga chaqirdi.

“Hijobli bo’lish yoki bo’lmaslik har kimning o’z xohshidir. Ya’ni qizlarni hijob kiyishga yoki kiymaslikka majbur qilish qabul qilinmaydi. Kichik yoshdagi qizchalar hijob kiymasligi tabiiy hol. 11-12 yoshga etgandan so’ng muslima qizlar hijobli bo’lishlari lozim”, dedi muftiy.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.