KXShT kuchlari maxsus amaliyot o’tkazishlik uchun vaziyatni poylab turishipti

473
0

0

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ning kuchlari tashkilotga a’zo bo’lgan davlatlar hududida maxsus amaliyotlar o’tkazishlikka tayyor. Bu haqida KXShT bosh kotibi Nikolay Bordyuja bo’lib o’tgan matbuot anjumani davomida aytib o’tdi.

“So’z tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar haqida ketmoqda. Sizlar bu kuchlar harbiy tuzilmalar va maxsus tayinlangan kuch tuzilmalaridan iborat ekanligini bilasizlar. Bu kuchlar Kollektiv xavfsizlik kengashi,

KXShTning kuch ishlatish imkoniyatlarini u yoki bu hududda qo’llash to’g’risida qaror qilgan vaqtda, amaliyot o’tkazishlik uchun joylashtiriladi. Shu qarordan kelib chiqqan holda shu yoki boshqa amaliyotda bevosita ishtirok etish uchun bo’linmalar tashkil etiladi”,- dedi Bordyuja. KXShT a’zo davlatlar xavfsizlik kengashi kotiblari kuni kecha tashkilot mas’ul bo’lgan mintaqalarda maxsus tayyorlangan kuchlarni joylashtirish bo’yicha rejani imzolashdi.

“Mazkur reja, bevosita amaliyot o’tkazilayotgan vaqtda yoki tezkor holatda amaliyot o’tkazish oldidan chegaralar tutashgan joyni, joylashish o’rnini va aerodromlarni aniqlash bilan shug’ullanmaslik uchun harbiylarga zarur bo’lgan ayrim sof texnik detallarni ko’zda tutadi. Kecha ular shunday rejani imzolashdi va tasdiqlashdi. Endi esa bu rejani prezidentlar imzolashadi”,- deya tushintirib o’tdi Bordyuja.

Uning so’zlariga ko’ra, bunday reja “harbiy yoki boshqa tinchlikka tahdid tug’diruvchi xavflarni tarqalishiga yo’l qo’ymaslik uchun Xavfsizlik kengashi tashkilot kuch imkoniyatlarini qo’llash to’g’risida qaror chiqarayotgan hamda amaliyot o’tkazilayotgan vaqtda juda ham qo’l keladi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.