Misr va Saudiya mushtarak armiya tashkil qilishga kelishib olishdi

514
0

Misr va Saudiya Arabistoni o’rtasida turli bitimlar va hamkorliklarni o’z ichiga olgan Qohira deklaratsiyasi imzolandi. “Mushtarak arab kuchi armiyasi”ni tashkil qilish uchun birgalikla faoliyat olib borish mavzusi ham ikki davlat o’rtasida imzolangan mazkur deklaratsiya tarkibidan o’rin oldi. Shu sababli 27 avgustda Qohirada Arab davlatlarining tashqi ishlar vazirlari va mudofaa vazirlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tadi.

Payshanba kuni Qohiraga tashrif buyurgan Saudiya mudofaa vaziri shaxzoda Muhammad bin Abdulaziz Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashdi. Uchrashuv ortidan ikki davlat o’rtasidagi muhim bitimlar va hamkorliklarni o’z ichiga olgan mazkur Qohira deklaratsiyasi imzolandi.

Ikki davlat etakchilari o’rtasida o’tgan uchrashuvdan so’ng Prezident Sisining matbuot ofesidan mavzuga aloqador bayonot tarqatildi. Bayonotda arab davlatlari uchun muhim ahamiyatga ega qarorlar qabul qilinganligi bildirildi. Mintaqadagi buyuk tahdidlar sababli ikki davlatning bir biriga muxtoj ekanligi aytib o’tilgan bayonotda ularning Arab dunyosiga aloqador bo’lgan mavzularda doimiy birgalikda harakat olib borishi qayd etildi.

Shuningdek bayonotda aytilishicha, Saudiya-Misr o’rtasi Mushtarak arab kuchi armiyasi”ni tashkil qilish bilan bir qatorda Suriya masalasida ham hamkorlikda ish yuritish ustida kelishib olingan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.