Tojikiston va Qirg’iziston chegarasida chiqqan otishmada ikki kishi yaralandi

429
0

“Bo’lib tashla va hukmronlik qil” tamoyiliga asoslangan mustamlakachi davlatlar Xalifalik davlatini qulatishda musulmonlar ongini millatchilik, vatanparvarlik kabi chirik va badbo’y fikrlar bidan zaxarlashga, ayniqsa musulmon yoshlar orasida bu kabi fikrlarni keng yoyilishga asosiy e’tiborini qaratdi. Mustamlakachi davlatlar sayi-harakatlari o’z natijasini berib musulmonlar o’zaro bo’linib, birisi arabligi bilan faxrlansa, boshqasi turkligi bilan g’ururlanadigan darajaga etdi. Shundan so’ng yirik davlatlar ularni osongina bo’lib tashlab, oralariga sun’iy chegaralar tortishga muvaffaq bo’lishdi.

Xudosiz kommunistlar hukumati ham azaldan bir Ummat vakillari bo’lgan Turkiston musulmonlarini bo’lib tashlashda ayni shu fikrlardan foydalandi va butun bir Ummatni besh respublikaga bo’lib tashladi. Respublikalar o’rtasida sun’iy chegaralar tortayotgan vaqtda kommunistlar ular o’rtasida doimiy kelishmovchilik va ziddiyatlarni paydo qilish va shu orqali o’z ta’sir doirasida ushlab turish oson bo’lishi uchun chegaralarni xuddi shaxmat taxtasidagi kataklar kabi tortib chiqishdi. Kommunistlarning bu makrlari esa shu kunga qadar o’z xosilini berib kelmoqda.

Bu besh respublika “mustaqillik”ka erishganidan so’ng hokimiyat tepasiga kelgan rahbarlar ham millatchilik va vatanparvarlik fikrlaridan foydalanish orqali dini, bozori va mozori bir bo’lgan bir Ummat vakillari o’rtasidagi chegaralarni yanada kuchaytirshga intilishayotgan bo’lsa, yirik davlatlar bizning o’rtamizdagi chegaralarni mustaxkamlash uchun o’z malaylariga ulkan mablag’lar ajratib kelishmoqda. Buning natijasida esa qirg’iz-o’zbek, qirg’iz-tojik, o’zbek-qozoq, o’zbek-tojik chegaralarida har yili o’nlab fuqarolar qurbon bo’lmoqda.

Shunday kelishmovchiliklardan biri 4 avgust kuni sodir bo’ldi. Tojikiston va Qirg’iziston chegarasidagi otishma oqibatida ikki kishi yaralandi. Voqea chegaradagi Chorko’h qishlog’ida sodir bo’lgan. Tojikiston huquq-tartibot organlarining ma’lum qilishicha, Qirg’iziston tomonidan qurol qo’llanilgan. O’z navbatida Qirg’iziston vakillari bu ma’lumotni inkor qilmoqda. Xodisa guvohlarining aytishlaricha, qirg’izistonliklar Tojikiston tomonidagi Somoniyon qishlog’idagi uylarga o’t qo’yilgan.

Ikki davlat chegarasidagi vaziyatning keskinlashuviga chegaradosh qishloqlar aholisi o’rtasida kelib chiqqan nizo sabab bo’lgani aytilmoqda. Aytilishicha, qirg’izistonliklar suvni berkitib qo’ygan, bunga javoban tojikistonliklar yo’lni yopib qo’ygan. Shundan so’ng ikki tomondan 200ga yaqin kishi to’planib bir-birini toshbo’ron qilgan. Ayni paytda ixtilof hududiga chegara qo’shinlari olib kelingan, muzokaralar olib borish ko’zlanmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.