Mustamlakachilar o’z nufuzlarini O’rta Osiyoda mustahkamlash uchun ad-Davlat tashkiloti xataridan qurol sifatida foydalanishmoqda

447
0

So’nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida ad-Davlat tashkiloti O’rta Osiyo davlatlariga hujum qilishni rejalashtirmoqda, degan mazmundagi xabarlarni ko’p eshityapmiz. Birinchi va yuzaki qarashda voqelikda shunday bo’lmoqda, chunki O’rta Osiyoni ko’pgina farzandlari Suriyadagi mujohidlar safiga qo’shilgan, ularni orasida ad-Davlat tashkilotiga qo’shilib ketganlari ham bor.

Ayrimlari o’z davlatiga qurol bilan qaytib, jinoyatchi rejimdan intiqom olish bilan tahdid qilgan holda xitob yo’llagan videolari paydo bo’lmoqda. Hukmron rejimlar bu xabarlarni bo’rttirib, Tashkilot jangchilarining sonini oshirib, Suriyaga jang qilish maqsadida ketganlarni sonlarini doimo Qozog’istondan 150, Qirg’izistondan 100, O’zbekistondan 500, Tojikistondan 200, Turkmanistondan 360 kishi va hokazo deb keltiradi va bu sonlar yigirma kishi atrofida uzluksiz oshib boradi.

O’rta Osiyo davlatlari “Tolibon fundamentalist harakati bilan Afg’oniston davlat tashkiloti jangchilari o’rtasidagi qonli to’qnashuvda 25/05/2015 kechasi xursandchilik bo’layotgan joyda yigirma kishi o’ldirildi”, “Tolibon harakati bir qismini o’z nazoratiga olgan Afg’oniston bilan bo’lgan chegara hududlari ustidan Tojikiston bilan Turkmaniston o’z nazoratlarini kuchaytirishmoqda. Tolibon jangchilari O’rta Osiyo davlatlariga xavf tug’dirmaydi. Ammo ad-Davlat tashkiloti esa buning aksi, uning butun dunyoga xavf-xatari hech kimga sir emas” va shunga o’xshash xabarlar bilan o’z xalqlarini qo’rqitmoqda.

Ommaviy axborot vositalarining bu xabarlaridan shuni sezish mumkinki, kechagina Tolibon, O’zbekiston islomiy harakati, Turkiston Islomiy partiyasi, Islomiy jihod ittifoqi kabi ayrim harakatlar O’rta Osiyoga “tahdid” qilishayotgan edi, bugun esa ular ad-Davlat tashkilotidek xavf tug’dirmay qo’yibdi.

Ad-Davlat tashkilotiga bo’lgan bugungi kundagi egri tashviqot – xuddi ilgari Tolibon, O’zbekiston Islomiy harakati, Turkiston Islomiy partiyasi va boshqalarga bo’lgani kabi – rejimlarning temir qo’llar bilan hamda boshqa bahonalar bilan O’rta Osiyodagi musulmonlar ustida qattiq siyosat yurgizishga yaxshigina bahona bo’lmoqda.

Masalan, Qirg’izistonda Hizb ut-Tahrir yigitlaridan qo’lga olinganlar soni kun sayin oshib borayotgani kuzatilmoqda. O’zbekiston bilan Tojikistonda esa da’vatni olib chiqayotgan musulmonlarni qamoqqa olish bilan birga hijobli ayollar ko’chalarda ta’qib qilinmoqda va soqol qo’ygan erkaklar rejimning qattiq bosimi ostida qolmoqdalar.

Bir tomondan, musulmonlarga qarshi bunday ayovsiz hujum ularni uyg’onishdan to’sish bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu mintaqa Amerika boshchiligidagi G’arb bilan Rossiya o’rtasida xalqaro kurash maydoniga aylangan, mustamlakachilar o’z nufuzlarini u erda mustahkamlash uchun kirish tuynugi hisoblanadi.

Kreml ad-Davlat tashkiloti “tahdidi” dan o’z maqsadlari yo’lida unumli foydalanmoqda. Masalan, ommaviy axborot vositalarida tashkilotning O’rta Osiyo va Rossiyaga bo’lgan xavf-xataridan ogohlantiruvchi teledasturlar va maqolalar paydo bo’lmoqda. Shuning uchun Rossiya mintaqaga mustahkam o’rnashib olish maqsadida bir qancha harbiy mashg’ulotlar o’tkazib, Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’istonga qurollanish va harbiy mutaxassislar bilan yordam bermoqda.

Avesta “19/05/2015 da Tojikiston janubidagi “Xarb maydon” poligonida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Tezkor kollektiv kuchlarining harbiy mashg’ulotlari yakuniga etdi. Unda a’zo davlatlardan 2500 askar, 20 ta harbiy samolyot, 30 ta reaktiv samolyot, 200 ta og’ir uskunalar ishtirok etgani” haqida xabar tarqatdi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinovning ma’lum qilishicha, “Xavfsizlik maslahat kotibiyati boshlig’i Abdurrahim Qaxxorov 20/05/2015 da Tojikistonning Xo’jand shahrida kollektiv xavfsizlik to’g’risida bitim uchun yig’in o’tkazgan va ikki davlat o’rtasidagi xavfsizlik va tinchlik, Afg’onistondagi vaziyat va fuqarolarning terroristik tashkilot tarafiga jang qilish uchun ketishi to’g’risida so’z yuritgan”.

Kollektiv xavfsizlik tashkilotiga Rossiya, Belorusiya, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston kiradi. Tezkor kollektiv kuchlar 2009 yili tashkil qilingan bo’lib, uning tarkibi 22 ming kishidan iboratdir.

Shuningdek, “RIA “Novosti” ning Markaziy harbiy okrugi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Rossiyaning 201-sonli harbiy bazasi bilan Tojikiston qo’shini Tog’li-Badaxshon mintaqasida jangovar o’qlar bilan otishma usulida taktik mashg’ulot o’tkazishgan. Mashg’ulotda jami 100 ta harbiy texnika, 500 askar qatnashgan, 180 dan ortiq turli nishonlar yakson qilingan. Havodan qo’llab-quvvatlash va razvedkani Ural HHK va PVO birlashmasining Mi-8 va Mi-24 vertolyotlari, shuningdek, “Granat”, “Zastava” va “Forpost” uchuvchisiz boshqariladigan apparatlari raschyotlari ta’minladi”, – deyiladi xabarda. Rossiya 201-harbiy bazasining Tojikiston territoriyasida qolishi to’g’risidagi kelishuv imzolangandan so’ng, birlashma ofitserlari respublika armiyasi uchun 700 ta kichik mutaxassis tayyorlashdi: T-72 tanklari, BMP-2 harbiy piyoda mashinalari va BTR-80 bronetransporterlari uchun mexanik-haydovchilar va navodkachi-operatorlar, “Grad” reaktiv o’t ochish sistemasi uchun komandir va navodkachilar.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, har bir kishini shunday savol o’ylantirishi mumkin: ad-Davlat tashkiloti kurashni O’rta Osiyoga ko’chira oladimi?

Bunga javob berish uchun chuqur va yorqin nazar tashlash kerak bo’ladi:

Birinchidan- Agar tashkilot tarixiga nazar tashlasak a quyidagilar yodimizga tushadi:

1 – ad-Davlat tashkiloti moddiy ish bilan shug’ullanuvchi bir jamoa. O’z chegaralaridan uzoqda yangi bir front ochishlik, bu tashkilotning fikrati va tariqati bor bo’lishini talab qiladi. Biroq hozirgacha Suriya bilan Iroqdagi va bu ikki davlatdan tashqaridagi musulmonlari IShID dan aniq va tushunarli dastur olmadilar. Ular nima xohlashadi? O’z qarashini er yuzida qanday amalga oshirmoqchi? O’rta Osiyoga borish uchun “Bizda Qur’on bilan Sunnat bor” deyishning o’zi etarli emas. Chunki O’rta Osiyo mustabidlari va ularning ulamolari ham “Bizda Qur’on bilan Sunnat bor” demoqdalar. U holda qanday farqi bor? Tashkilot O’rta Osiyo xalqlariga nima bera oladi?

2 – Shu bugungacha tashkilot e’lon qilgan Xalifalikka mo”tabar olimlar, ahlul hal val aqd, ya’ni xalqning e’tiborli kishilari, shuningdek, Shom mujohidlari va boshqalar ham, O’rta Osiyo Islomiy harakatlari ham bay’at bergan emaslar. Bu esa Tashkilot yolg’ondakam xalifalikni e’lon qilishi orqali bajarayotgan ishlarining shar’iy ekanini tasdiqlamaydi. Xullas, ular O’rta Osiyoga qaysi asosda kelishadi? Jinoyatchi rejimlarga qarshi kurashish o’rniga – Suriyadagi kabi – Islomiy harakatlarga qarshi kurashishadimi?

3 – IShID da haqiqatdan ham O’rta Osiyoga o’z otryadlarini olib kelish bo’yicha rejasi bormi? Hozircha Tashkilot rahbariyati tomonidan O’rta Osiyoga kengayishi haqida biror bayonot eshitmadik, bu guruh Iroq va Suriyaning bir qismida qolib ketmoqda. IShID guruhi Iroqda shialar yoki kurdlar yashaydigan mintaqalarga emas, balki sunniylar yashaydigan mintaqalarga kengaymoqda, xolos. Tashkilot Iroq bilan Suriyaga kengayishni istamas ekan, qanday qilib O’rta Osiyoga kengayishi mumkin. Tolibon Afg’oniston hududlari ichida qolganidek, ular ham faqat shu mintaqalarda qolmoqchi bo’layotgandir, ehtimol. Endi esa mustamlakachilar bu tashkilotning xatarini ikki ish uchungina bo’rttirayotgan bo’lishi mumkin, degan ehtimol qoldi:

Birinchidan- G’arb bu bilan xuddi Iroq bilan Afg’onistondagi kabi ad-Davlat tashkiloti bahonasida O’rta Osiyoda o’z nufuzini kuchaytirmoqchi bo’lmoqda.

Ikkinchidan- Rossiya o’z harbiy kontingentini ko’paytirish bilan G’arbning O’rta Osiyo davlatlariga kirib kelishini to’sishga urinmoqda.

G’arbga kelsak, u aytib o’tganimizdek, Qirg’izistonda bo’layotgan hodisalardan, unga tarafdor bo’lgan siyosatchilarning musulmonlarni tazyiq qilishga urinishidan hamda hozirgi rejimni uloqtirib tashlovchi katta qo’zg’olon paydo qilib, g’arbparast boshqa bir rejimga o’zgartirishga zamin tayyorlash uchun rejimga qarshi ko’chaning nafratini oshirishdan ko’rinib turibdiki, bu uslub – G’arb 2005 va 2010 yillarda qo’llagan uslubdir.

Rossiyaga to’xtaladigan bo’lsak, tashkilot xatari uning ham O’rta Osiyoga kirib borib, u erda o’z nufuzini kuchaytirib olishga hamda O’zbekiston agar bo’ysunmaydigan bo’lsa unga va uning chegara hududlariga bosim o’tkazishga olib keladi. Kreml Ukrainada urush olovini yoqqani kabi O’zbekistonda ham urush olovini alanga oldirishi mumkin. Buni kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va tezkor kollektiv kuchlarning O’rta Osiyoda mushtarak manyovrlari ham ta’kidlab turibdi.

Kreml siyosatchilarining biri “O’zbekiston kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga ham, tezkor kollektiv kuchlari bilan ham hamkorlik qilmayapti. IGISh hamma uchun xatarlidir…” deya bayonot berdi.

Rossiyaning O’rta Osiyo ishlari bo’yicha mutaxassisi, jurnalist Arkadiy Dubnov: “KXShT mashg’ulotlari Afg’onistondan bo’ladigan terroristik hujumlarga bog’liqdir. Agar KXShT a’zo davlatlarning xavfsizligiga javobgar bo’ladigan bo’lsa, u holda, ularning bu ishga tayyorligini sinovdan o’tkazish shart. KXShT esa jabrlanuvchining rasmiy talabidan keyingina aralashadi. Bizningcha, Tojikiston birinchisi bo’lsa kerak. Menimcha, pushtun millatiga mansub Tolibon Afg’oniston hududidan tashqariga xavf tug’dirmaydi” deb bayonot berdi.

“Vlast KZ” gazetasi 15/05/2015 da “Dushman ostonada turibdi, O’rta Osiyoda IShID bilan Tolibonga qarshi katta urushga tayyorgarlik ketmoqda” sarlavha ostida tarqatilgan maqolada aytilishicha, “Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining mashg’ulotlari bekorga emas. Tojikistonda yarim oydan ko’proq bo’ldiki, Afg’oniston shimolida bir qancha qurollangan jangarilar Tojikiston bilan bo’lgan chegaralarni yorib kirishga uringani kuzatilgan”. IA Avesta xabar qildi: ”Tolibon bilan ID dan iborat jangarilar Turkmaniston erlariga kirib keladigan bo’lsa, O’zbekiston erlariga ham kirib, terroristik hurujlar va tartibsizliklarni amalga oshiri mumkin, deydi mutaxassislar. Buning dalili esa ad-Davlat tashkilotining qora bayroqlari O’zbekistonning ayrim mintaqalarida ko’tarilganidir”.

“Farg’ona” xalqaro axborot agentligida aytilishicha, Toshkent viloyati Parkent tumanining tog’li qishloqlaridan biri Xisarakda “Ustida qora bayroqlarni rasmi tushirilgan va hukumatga tahdidlar yozilgan varaqalar tarqatilgan. Norasmiy ma’lumotlarga ko’ra, ad-Davlat tashkiloti bayroqlari may oyining boshlarida Angren shahridagi 8 sonli maktabga osib qo’yilgan, talaba qizlardan hijob kiyish talab qilingan va terroristik huruj qilish bilan tahdid qilingan varaqalar topilgan”.

Bu esa Rossiyaning keyinchalik O’zbekiston ishlariga harbiy aralashuvini oqlash uchun qilgan ishi bo’lishi mumkin. O’zbekiston hukumatining bu ishga munosabati o’ta qattiq bo’ldi, varaqalar va bayroqlar topilgan joylar o’rab olinib, o’nlab musulmonlar qamoqqa tashlandi.

Mustabid Karimov bu voqealarga tez munosabat bildirmadi. Ehtiyotkorlik yuzasidan O’rta Osiyodagi, jumladan, O’zbekistondagi ayrim rasmiy shaxslar va siyosatchilar terrorizmga qarshi kurashish uchun xalqaro hamkorlikka chaqirishdi. Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti parlament, ilmiy doiralar, O’zbekistonning huquq-tartibot va fuqarolik jamiyati organlari, BMT ga qarashli O’rta Osiyoda uyushgan jinoyatchilik va narkotik moddalarga qarshi kurashish bo’limidan iborat 80 dan ortiq qatnashchilarni o’z ichiga olgan bir marosimning homiysi bo’ldi.

O’zbekiston 2012 yili kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqib ketgan. U Rossiya tashkil qilgan harbiy mashg’ulotlarda qatnashmadi, balki G’arbdan yordam so’radi. Bu shuni anglatadiki, Karimov rejimi Kremlga yana bir marta tobe bo’lib qolishini tushungan holda Rossiyadan yordam so’ramoqchi emas.

Ad-Davlat tashkiloti xavfini ko’pirtirish maqsadida Rossiya Tojikistondan foydalanmoqda. Masalan, ommaviy axborot vositalarida “Tojiklar Suriyada IGISh safida jang qilishyapti” degan ma’lumot tarqatildi. Bundan ilgari militsiya polkovnigi Halimov tashkilot safiga qo’shilib, “Tojikiston ozod qilib, Xalifalikni olib kelamiz” degan video chiqargani tarqatilgan edi. Unda yana uning Amerikada mashg’ulot o’tkazgani, Amerikani Islom va musulmonlarga qarshi urushishda ayblab, undan qasos olishni va’da qilgani, Rossiyadagi tojik birodarlarini Rossiyaga qul bo’lmasdan, Allohga qul bo’lishga da’vat qilib, ad-Davlatga hijrat qilib, jihod qilishni talab qilgani ham aytilgan.

Xullas, bu narsa mintaqa ustidan nazoratni yana-da kuchaytirish uchun Rossiyaga oqlov bo’ladi. Rossiya Tojikiston bilan Afg’oniston chegaralarida urush chiqarishi va bu urush o’z navbatida O’zbekistonga cho’zlishi ehtimoldan uzoq emas, chunki bu bilan u o’z kuchlarini olib keladi-da – uning iddiosiga ko’ra – mintaqada xavfsizlikni saqlash uchun O’zbekistonga harbiy bazalarni o’rnatib oladi.

Bu bilan esa O’zbekistonni o’z aravasiga chiqarib, o’z siyosatiga yurgishga majbur qiladi. Bu bilan aytish mumkinki, O’rta Osiyoda “ad-Davlat tashkiloti xatari” to’qib chiqarilgan o’ydirma – mustamlakachilar nufuzini o’rnatish va erlarimiz ustidan ularni nazoratini mustahkamlash uchun bir quroldan o’zga narsa emas.

Xizb ut-Tahrir Markaziy axborot bo’limi a’zosi Eldor Hamzin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.