O’zbekiston imomlari uchun o’quv kurslari ochildi

521
0

O’zbekiston imomlari jamiyatni tarbiyalash uchun xalqaro o’quv markazida ta’lim olishadigan bo’ldi. O’zbekiston diniy ishlar vazirligidan olingan xabarga ko’ra, Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro o’quv markazida imomlar uchun yillik ta’lim tarbiya kurslari boshlandi.

2008 yilda prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan qurilgan o’quv markazida O’zbekiston imomlari mamlakatdagi va dunyodagi o’zgarishlar, zamonaviy texnologiya, ilm-fan sohasidagi rivojlanishlar borasida tahsil olishadi. Xususan mazkur o’quv markazida imomlar Qur’on, hadis, Fiqh darsliklari va tarixdan o’rin olgan Sahobalar hayotini ham o’rganishadi.

O’zbekiston diniy ishlar vazirligiga ko’ra, imomlar faqat xalqqa va’z nasihat qiladigan diniy mutaxassis bo’libgina qolmasligi kerak. Chunki ular xalq orasidagi jaholat va diniy fanatizmga qarshi kurashadigan faol kuchdir. Shuning uchun o’zbek imomlari jamiyatning barcha muhim jihatlarini o’z ichiga olgan zamonaviy ta’lim tarbiya bosqichidan o’tishi lozim. O’quv kurslarida taniqli islom ulamolari, olimlar va jamiyatdagi etakchi shaxslar dars berishadi. O’quv davomida turli mavzularda informatsion konferentsiyalar ham tashkil qilinadi. Shu maqsadda shoular, video va ovozli dasturlar amalga oshiriladi.

O’zbekiston imomlarining ta’lim tarbiya olishidan ko’zlangan asosiy maqsad ularning Islom sohasida hukumatning rasmiy siyosatini dastaklash ekanligi aytilmoqda.

Turkiston:

O’zbekiston ham Markaziy Osiyo mintaqasida ro’y berishi kutilayotgan, tubdan yoki keskin o’zgarishlar ro’y berganida, bir chetda kolib ketmaydi albatta. Balki uning, borayotgan jaroyonlarda markaziy o’rinda turish ehtimoli o’ta yuqori. Negaki O’zbekiston xalqi ichida, Karimovning rejimiga qarshi (va’i omm) ommaviy nafrat o’ta kuchli.

Bu nafrat, nafaqat diniy yo’nalishdagi oqim yoki Musulmonlarga xos, balki deyarli barcha yo’nalishdagi tarmoq namoyondalari ichida o’ta kuchli tomir ortgan. Lekin asosiy zulm, Islom namoyondalariga yoki din ulamolariga moyil musulmonlarga yoki oddiy ibodatgo’y shaxslarga qaratilgan ekanligi sababli, Islom va Musulmonlardan hukumat vakillarining xavfsirashi o’ta kuchli. Karimov rejimining, Musulmonlarga nisbatan olib borgan juda kuchli kurashi va zulmlariga qqaramay, o’zbek xalqinig urf odatlari bilan chambarchas bog’lanib ketgan Islom ahkomlarini ularning qalblaridan surib chiqara olmadi.

Yuqorida imomlar ichidan tanlab olingan bir guruh vakillarni to’plab, kutilayotgan islomiy mafkuraviy noroziliklar oldida, bu rejim o’zi uchun bir qolqon yoki sof Islomga qarshi qilich sifatida foydalanishi mumkin bo’lgan bir yasama quvvatni kuchaytirib qo’ymoqchi. Ilgariroq shu kabi uslub Qirg’iz hukumati tomonidan “dinga nisbatan yangi konseptsiya” nomi ostida ishlab chiqilgan edi. Ular ham, o’zlariga moyil, zaif yoki dunyo muhabbati kuchli bo’lgan bir qator diniy shaxslarni to’plab, shu kabi bir yo’nalish asosida fikriy uyg’unlik asosida jamlashga harakat olib borishdi. Bu guruhni, davlat kuch tizimlari bilan ochiq hamkorlik qilishga undab, boshqa islomiy harakatlarga qarshi ochiq kurashishlarini talab qilishdi.

O’zbekiston, hozirda asosan dinga qarshi davlat aparatlari, xossatan kuch tizimlari vositasida kurashib keladi. Lekin yuqoridagi dindorlarga qaytadan jiddiy e’tibor qarata boshlashi, uning dindorlar armiyasiga bo’lgan ehtiyoji paydo bo’lib qolish ehtimoli kuchayib qolishi mumkin ekanligini his qilayotganiga dalolat qiladi.

Karimov rejimi oxirgi o’n yilliklar mobaynida, Hizb ut-Tahrir boshchilik qilib kelayotgan Musulmonlarga, islomiy mafkura asosida olib borilayotgan kurashda mag’lubiyatga uchragan edi. Shundan buyon, Islom va Musulmonlarga qarshi moddiy va xossatan harbiy quvvati bilan, ularni jismonan yo’q qilib yuborish uchun qattiq kurashib keladi.

Yuqoridagi, dindorlarni islomiy mafkuraviy kurashga tayorlay boshlashidan, Musulmonlarga qarshi moddiy kurashi hech qanday naf bermaganini his qila boshlaganini anglay olamiz. Biz bu kurash Karimovni va uning rejimini sharmanda qilishini va ularning bu moddiy uslublari, mafkuraviy kurashda albatta mag’lubiyatga olib borishini ilgari ham juda ko’p aytgan edik.

Xulosa qilib ayta olamizki, har qanday zulm kuchaygan joyda, shu zulmga qarshi mafkuraviy qarshilik ham kuchayadi. O’zbekiston, Qirg’iziston olib borayotganidek, diniy elita orqali Musulmonlarni chalg’ita olmaydi. Chunki Qirg’iz davlatidagi muhit, demokratiya mafkurasidan tasirlanish darajasi o’ta baland. Diniy yo’nalishlar ham ancha erkin qo’yib berilganligidan, bir qancha guruhlar va turli islomiy yoki chalg’ituvchi g’oyriislomiy fikrlar mavjud. Hukumat bu fikriy ixtiloflardan foydalanishga harakat qiladi.

O’zbek hukumati esa, o’z fuqorolari ichida hech qanday fikriy yoki diniy qo’llovga ega bo’lishi mumkin emas. Uning holati qolgan qo’shni davlatlarining ahvolidan ancha nochor va murakkab. Shuning uchun bu rejim, O’zbekistonda ham yolg’ondan “Islom davlati” tashkiloti vahimasini paydo qila boshladi. Hatto ularning o’zlari bir qator ommaviy joylarda, ID tashkilotining bayroqlari va chaqiruvlarini plokatlar ko’rinishida osib qo’yishdi. Ularni bu harakatlari, o’z fuqorolari ichida, islomiy harakatlarga yoki islomiy qadriyatlar va ko’rinishlarga ham ta’qiqlar qo’yish uchun, avval ommaviy fikriy yaxlitlik paydo qilib olish uchun edi. Shundan keyin bir necha viloyatlarda ayollarning ro’mollariga qarshi kompaniya ish boshladi.

Lekin, shu kufr asosidagi aktsiyalar yurishi vaqtida rejim, bir qator islomiy qarshilik harakatlari, to’g’rirog’i xalq norozilik ruhi kuchayib borayotgani sezilib qoldi. Buni biz, A. Mansurning radio orqali chiqish qilib, ro’molga qarshi harakatlar, markaziy emas balki mahalliy o’zbilarmonchilik ishlari bo’lgani va jinoyatchilar jazolanishini aytganidan anglab oldik. Negaki O’zbekistonda diniy arboblar, davlatning iznisiz bunday bayonotlar bera olishmaydi. Davlat esa, Musulmonlarga nisbatan zulm kuchayib, chegaradan o’tib ketganida, ular tomonidan aksil harakatlar xavfi paydo bo’lganidagina bunday o’ziga qarshi, Musulmonlarni uxlatish uchun bunday bayonotlarga ruxsat berishi mumkin. Keyin harbiy mashg’ulot borayapti deb, Olti Ariq va yana bir qator tumanlardan, Hizb ut-Tahrir a’zolaridan deb gumon qilgan bir qancha yigitlarni olib chiqib ketishdi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, O’zbek rejimi, O’zbekiston xalqi ustida bundan ziyoda zulm bera olishda kiynalib qoldi. Xalq, o’zidagi qo’rquvni engib o’tib ketish arafasida. Shuning uchun hukumat, o’z safiga diniy ulamolarni torta boshladi. Tortish mumkin bo’lmaganlarini yoki to’la qullikka ma’qul bo’lmaganlarini o’ldirib, qamab yoki badarg’a qilib yubordi. Qolganlarini, o’zlari bilan zulmni davom ettirishda yoki mavjud zulm asosidagi rejimni ushlab turishda be’vosita xizmat ko’rsatishlari uchun, jiddiy majburlay boshladi.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.