Qozog’iston prezidenti chegara vakillari to’g’risidagi kelishuvni imzoladi

376
0

Oq O’rda matbuot xizmatining xabar qilishicha, Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboev “Qozog’iston Respublikasi hukumati va Qirg’iz Respublikasi hukumati o’rtasidagi chegara vakillari faoliyati to’g’risidagi kelishuvni ratifikatsiyadan o’tkazish to’g’risida”gi qonunni imzoladi.

Kelishuv ikki davlat chegarasida rasmiy vakillar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan. Ularning oldiga qo’yiladigan asosiy vazifa chegara ixtiloflarining oldini olish, bunday holatlarni hal qilish, davlat chegarasi rejimini saqlab turishga oid masalalarni hal qilish, qurol-yarog’ va giyohvandlik moddalari aylanmasiga to’sqinlik qilishdir.

Ular ko’rsatilgan holatlardan tashqari, o’liklarni tanish jarayonida, ularni yurtiga qaytarish bo’yicha choralar ko’rish, chegara tumanlarida xo’jalik ishlarini yuritish singari masalalarda ham rasmiy vakillar javobgar hisoblanadi.

Kelishuv Ostonada 2001 yilning 15 dekabr kuni imzolangan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.