BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Qirg’izistonga keldi

517
0

Avval xabar qilingandek, BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 9 iyun kuni Markaziy Osiyo bo’ylab turnesini boshladi. U dastlab Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga tashrif buyurib, “Suv hayot uchun” xalqaro harakatining 10 yilligi maqsadlarini amalga oshirish yakunlari bo’yicha o’tkazilgan xalqaro konferentsiyada ishtirok etdi va Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

10 iyunda Pan Gi Mun Qozog’istonda bo’ldi va u erda dunyoda har yili an’anaviy o’tkaziladigan dinlar bo’yicha davlat rahbarlari ishtirokidagi anjumanda qatnashdi. Bosh kotib Nursulton Nazarboev va bosh vazir Karim Masimov hamda tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov bilan uchrashib, prezidentdan al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universitetining faxriy doktori rutbasi qabul qilib oldi.

11 iyunda BMT bosh kotibi Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahriga tashrif buyurdi va Almazbek Atambaev bilan uchrashdi. U Bishkekda bo’lib o’tadigan Qirg’izistonda parlamentarizmni rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimida ishtirok etadi, keyin esa mamlakat rahbari Almazbek Atambaev bilan muzokaralar olib boradi. Shundan so’ng Pan Gi Mun bosh vazir Temir Sariev hamda Jogorku Kenesh spikeri Asilbek Jeenbekov bilan ham uchrashuv o’tkazdi.

BMT bosh kotibi Bishkekdan O’shga o’tadi va bu erda 2010 yilning iyunida sodir bo’lgan qonli nizo tufayli halok bo’lgan kishilarni xotirlash marosimida qatnashadi.

Qirg’izistondagi safarini yakunlaganidan so’ng bosh kotib 12 iyun kuni O’zbekistonga boradi. Pan Gi Mun Markaziy Osiyo bo’ylab turnesini 13 iyun kuni Turkmanistonda nihoyasiga etkazadi.

Turkiston:

Pan Gi Mun janoblarining Markaziy Osiyo bo’ylab yurish jaroyonidagi, yo’l yo’lakay qatnashib borayotgan marosimlariga e’tibor bering. Tojikistonda, O’zbekiston bilan o’rtalaridagi keskinlikning asosiy sababi bo’lgan, Rog’un suv ombori qurilishi muammosi mavjud.

Qozog’istonda diniy muammolar va unga qarshi yangi kurashish uslublari muhokama qilindi. Bu erda, faqat Qozoq davlati uchun xos emas, balki butun mintaqa uchun asosiy muammo tug’dirishi mumkin bo’lgan mavzular ko’tarildi.

Qirg’izistonda, demokratiya orolchasi degan e’tibor bilan, avval parlamentarizm va inson huquqlariga bo’lgan e’tibor masalalari ko’tarildi. So’ng Osh viloyatida, bir qator milliy muammolarga aloqador masalalar ko’ndalang qo’yildi. Xossatan, 2010 yil iyunda bo’lib o’tgan millatlar aro urush va uni bartaraf etishda hukumat va kuch tizimlari tomonidan yo’l qo’yilgan bir qator zulmlar, shuningdek bu urushni kelib chiqish oqibatlari va uyushtiruvchilari kim ekanligini tekshirish ishlari yarim yo’lda qolib haligacha xalqaro maqomda baho berilmagani, Pan Gi Mun boshchilik qilgan deligatsiya tomonidan aytib o’tildi.

Pan Gi Mun, Markaziy Osiyo bo’ylab, mintaqadagi barcha yaralarimizni bir qator tirnab kelayapti. U muammolarni muolaja qilishni emas, balki shu muammolarimizni bizlarga bir qaror eslatib o’tish bilan, bizlarning mintaqalarimizni G’arb sistemasiga bo’lgan tobe’ligimizni mustahkamlab qo’ymoqchi. Ha u bizni shantaj qilayapti desak ham bo’laveradi.

Ya’ni, Islom dini sistema (Mabda) sifatida qad ko’tara boshladi. Buni bir qator G’arb olami matafakkir olimlar ham e’tirof etib, insoniyat inqirozga uchrab borayotgan demokratiyaga asoslangan kapitalizm sistemasiga alternativ Islom sistemasiga qiziqa boshlashdi. Islom dinining hayotga qaytishi ikki yo’l bilan amalga oshadi.

Birinchisi, etakchi guruxni islomiy mafkuradan ta’sirlanishi bilan.Bunda o’sha etakchi gurux Hizbning boshqaruv dastur loihasidan ta’sirlanib, Islom Mabda’si uchun jamiyat eshigini o’zi ochib beradi. Ular Islomni to’laligicha tadbiq qila boshlashadi. Albatta Islom ahkomlari tatbiq qilinayotgan ummat, fikran shu hukmlarni qabul qila oladigan darajada tayyor bo’lishi shart.

Ikkinchisi, xalq Islom hukmlarini o’zi uchun hayotida amal qilib kelayotgan urflari qilib oladi. Bunda ummat, o’zidagi ilgarigi Islomga zid bo’lgan barcha urflarini birin ketin uloqtira boshlaydi. Bir birlari bilan olib borilayotgan barcha muomilalaridagi aloqalarni ham islomiylashtira boshlashadi. Shundan keyin shu xalq, bir birlari bilan aloqalarini kufr asosida olib borishga majburlaydigan bir qator to’siqlarga duch keladi. Bu to’siqlar kufr dasturlariga asoslangan hukumatlar tomonidan ilgari suriladi. Shunda xalq bilan hukumatlar o’rtalarida kelishmovchiliklar kelib chiqadi va kuchayib boraveradi. Oxir oqibat xalq, Islomni jamiyatga kirishi uchun yo’l ochib beradi. (Hizb ut Tahrir, jamiyatga kirish kitobida batafsil) Qozog’istondagi diniy anjumanlar, yuqoridagi fikrlarga muvofiq, Islomiy ahkomlar odamlar o’rtalaridagi aloqalariga asos bo’lib qolishini yoki hatto islomiy fikrlar ularning o’z g’arizalarini to’ydirishda, halol haromni asos qilib olishini oldini olishga qaratildi. Chunki kufr olami, kufr qadriyatlarining bizlarning yurtlarimizda keskin qadrsizlanib borayotganidan va uning o’rnini islomiy qadriyatlar egallab, fuqorolar o’rtalarida urfga aylanib borayotgan aloqalar asosi islomiy shar’iy hukmlar bo’lib qolayotganidan o’ta qattiq tashvishda. Oxirgi yillarda, kufr bayramlari deyarli Musulmonlar tomonidan inkor qilina boshlandi. Islomiy bayramlarga bo’lgan e’tiborlar, kufr olamini dahshatga soladigan darajada kuchayib borayapti.

Pan Gi Mun, Islom qadriyatlariga qarshi be’vosita o’zi kurasha olmaydi. U hukumatlarga, yuqoridagi olib borayotgan shantaj siyosati singari iflos amaliyotlar bilan yashirin bosimlar beradi. O’z navbatida hukumatlarimiz, mo”tadil deb nomlab olishgan za’if birodarlarimiz vositasida,Islom va Musulmonlarga qarshi kurasha boshlashdi. Ular nomi islomiy bo’lgan anjumanlar o’tkazib, o’zlari ta’in qilgan bir qator diniy etakchilarga yo’llanmalar berishadi. Ularga Haj marosimlarida keng imkoniyatlar yaratib berish yoki kitoblarini nashralardan chiqarib boylik ortirib olishlari uchun bir qator engilliklar yaratib berish orqali, ularni o’z birodarlariga qarshi qo’yishadi. Oxiri ularni o’zlarining bir vakili qilib olish bilan bosim berib, hatto ochiq kufrga dalolat qiladigan ishlarda ishtirok etishga majbur qilishadi.

Yuqorida Pan Gi Mun ziyorat qilayotgan, suv muammolari, milliy va diniy nizolar chiqqan yoki chiqishi mumkin bo’lgan mintaqalar muammolari, shularning hammasi ular uchun bizlarga bosim berish nuqtalari ekanini eslatib o’tayapti.

Albatta Pan Gi Mun Rossiya olib borayotgan siyosatga ham teskari pozitsiyada. U Qirg’iz parlamenti oxirgi vaqtlarda qabul qilayotgan bir qator, inson huquqlarini himoya qilish tashkilatlariga qarshi qonunlarni Prizident veto qo’yish bilan to’xtatib qolishini ham talab qiladi. Yuqorida u eslatib o’tib borayotgan bir qator bosim berish richaglari, shu qonunlarni to’xtatib qolish uchun ham ishlayveradi. Lekin bu, bir sistemaning ichidagi va shu sistema qoidalariga muvofiq olib borilayotgan o’z aro janglarning biri.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.