Stoltenberg: Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyormiz

660
0
epa04426356 New NATO Secretary General Jens Stoltenberg gives his first press conference at Alliance headquarters in Brussels, Belgium, 01 October 2014. Two-time prime minister in Norway, Stoltenberg takes over as NATO's 13th secretary general on 01 October. EPA/OLIVIER HOSLET

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Biroq agar Rossiya NATOga qarshi kurashga bel bog’laydigan bo’lsa Stoltenberg bunga ham tayyor ekanliklarini ta’kidlab o’tdi.

“Rossiya tanlash huquqiga ega. Yoki kurash yo’lini davom ettirib yana ham ko’proq qamalda qoladi yoki hamkorlik yo’lini tanlaydi. Agar hamkorlik qilishni tanlasa bu Rossiya uchun ham NATO uchun ham foydali bo’ladi. Biz hamkorlik qilishga tayyormiz. Lekin ba’zi xizmatlar talab qilinadi. Agar qarshi kurashni tanlaydigan bo’lsa biz bunga ham tayyormiz”, dedi Stoltenberg “Foreign Affairs” jurnaliga bergan intervyusida.

“Moldoviya, Guruziya, Qrim va Sharqiy Ukrainada Rossiyaning kuch ishlatganiga guvoh bo’ldik. Rossiya barcha davlatlarning hududiy yaxlitligini va mustaqilligini hurmat qilgan Yevropa fikriga qarshi ta’sir maydonini yaratishga harakat qilmoqda”, deya qo’shimcha qildi NATO bosh kotibi.

Stoltenberg NATOning mudofaa hajmini ikki barobarga kuchaytirganini ta’kidladi. Unga ko’ra, mudofaa xarajatlarini orttirish borasida majburiyat olgan. Kelgusi 10 yil ichida NATOga a’zo davlatlar yalpi ichki mahsulotining 2% miqdoricha sarf-xarajat amalga oshiriladi.

“Sovuq urush nihoyasiga etgandan buyon mushtarak mudofaamizdagi eng katta to’siqni vujudga keltiryapmiz”, “Mudofaada doimo hoziru nozir bir tuzilmani vujudga keltiryapmiz”, dedi Stoltenberg.

Turkiston:

Rossiya o’zining xalqaro siyosatdagi vaznini ushlab turish uchun harbiy kuvvati bilan tahdid qilishdan o’zga chorasi qolmadi. U xalqaro siyosatda siyosiy, saqofiy va iqtisodiy sohalar vositasidagi kurashda deyarli mag’lubiyatga uchradi.

NATO AQShning harbiy mashinasi ekanini hisobga olganimizda, AQSh Rossiyani harbiy kurash maydoniga olib chiqish niyatida emas. Chunki Rossiya ham, AQSh yoki boshqa etakchi davlatlar kabi, dunyoni vayron qilib yuborish quvvatiga ega bo’lgan harbiy qurollar potentsialiga ega davlat. Agar u mavjud dunyo sistemasiga bo’yin sunishdan bosh tortib, xalqaro qonunlarni buzib, BMT rezolyutsiyalarini inkor qila boshlasa, AQSh yoki boshqa katta etakchi, BMTning xavfsizlik ittifoqiga a’zo davlatlar uchun juda katta muammo paydo qila olgan bo’ladi.

Chunki biz Hizb ut Tahrir partiyasining asoschisi Shayx Nabhoniy hazratlarining “Siyosiy qarashlar” va yana bir qator siyosiy ta’limotlaridan bilamizki, yadroviy qurolga ega katta etakchi davlatlar, bir birlari bilan hech qachon bevosita urushmaydi. Chunki ularning har biri, bir birlarini bir necha marotaba yo’q qilib yuborishi mumkin bo’lgan yadroviy harbiy quvvatga ega. Shuning uchun ular bir birlari bilan ikkinchi yoki ko’proq uchinchi davlatlar yurtlarida urush olib borishadi. Bu urushlarida, ular xalqaro normalarga rioya qilish shartlariga ham imkon qadar rioya qilishga harakat qilishadi.

Rossiya, oxirgi vaqtda bir oz avvaldan anglab olish qiyin bo’lgan siyosiy jihatidan beo’xshov harakatlana boshladi. U 9 may kuni, g’alabaning 70 yillik maarakasini bahona qilib, harbiy bazalarining ko’p qismini va asosiy raketalar tizimini Yevropa tomonga qaratib tizib oldi. Bu bilan Rossiya G’arb davlatlarining e’tiborini o’ziga tortishni maqsad qilgan edi. Shunday ham bo’ldi, yuqorida NATO unga javob qaytardi.

Javobga ko’ra, AQSh Rossiyaga nisbatan o’z pozitsiyasini deyarli o’zgartirgan emas. Rossiyadan talab qilinayotgan pozitsiyalar ham xuddi avvalgidek keskin. Chunki Rossiyaning tahdidi AQShga karshi qaratilgan emas, aslida Yevropa davlatlariga qaratilgan edi. Shuning uchun AQSh NATO vositasida javob beryapti. Bu bilan AQSh, Yeropaning xavfsizligi uning gardanida ekanini eslatib qo’ymoqchi. Negaki Rossiya Yevropa davlatlariga nisbatan harbiy tomonlama keskin pozitsiyalarni egallash bilan, ularni AQShga bosim berishga yoki uning himoyasidan va manfaatlaridan voz kechishlariga undamoqchi bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.