Arakanlik musulmonlar uchun ilk bor yig’ilish o’tkazildi

410
0

Va nihoyat BMT Xavfsizlik kengashi Arakan musulmonlari uchun ilk bor yig’ilish tashkil qildi. Yopiq shaklda o’tgan yig’ilishda Arakanlik musulmonlar boshidan kechirayotgan muammolar va inson huquqlarining buzilish hollari muhokama qilindi. Yig’ilishga telekonferentsiya orqali bog’langan BMT inson huquqlarining oliy komissari Zayd Ra’d al-Husayn Myanmardagi inson huquqlariga doir vaziyat haqida ma’lumot berdi.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Samanta Pover yig’ilish ortidan o’zining Twitter sahifasida bu yig’ilishni “birinchi va tarixiy yig’ilish”, deya baholadi. Uning izohlashicha, Myanmardagi inson huquqlari buzilishi barqarorlik va demokratik rivojlanish uchun salbiy ta’sir qiladi.

Kengashning ba’zi a’zolari bu mavzuning BMT Xavfsizlik kengashida muhokama qilinishini tanqid ostiga olishdi. Ularga ko’ra, bu masala Muanmarning ichki muammosidir. Mutaxassislarning fikricha, yig’ilish ortidan hech qanday bayonot berilmaganligini hisobga olganda, yaqin vaqt ichida BMT Xavfsizlik kengashi bu muammoni hal qilish uchun qadam tashlashi kutilmaydi.

Turkiston:

Dunyoning barcha erlaridagi musulmonlar kabi Myanmar musulmonlariga nisbatan uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan zulmlar 2012 yilda avjiga chiqqan edi. Bir necha yildirki, mahalliy butparastlar ozchilikni tashkil qiluvchi musulmonlarni dunyo ko’z o’ngida ayovsiz qirg’in qilib kelmoqda. Inson huquqlari tashkilotlaridan birortasi, hatto BMT ham ularning ahvolidan bexabar qolgan emas. Chunki qirg’inlar, tiriklayin yoqib yuborishlar, o’lguncha azoblashlar oshkoro ravishda, butun dunyoning ko’z o’ngida amalga oshirilmoqda. Ammo bu holat bir necha yildan beri davom etib kelayotgan bo’lsa ham na BMT va na boshqa biror tashkilot ularning dodiga quloq solishga shoshilmayapti.

Aslida BMT er yuzida tinchlikni mustahkamlash, xavfsizlikni ta’minlash, millatlar o’rtasida do’stlik munosabatini rivojlantirish, davlatlar va xalqlar o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish da’vosi bilan tuzilgan xalqaro tashkilotdir. Bu haqida BMT ustavida ko’rsatib o’tilgan. Shuning uchun u umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg’unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.

Dunyo xalqlari o’rtasida tinchlikni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi ham tashkil qilingan. Bu kengashning vazifasi tinchlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo’lgan janjallar ustidan tekshiruv o’tkazishdir. Xalqlar o’rtasida nizo chiqsa vaziyatning og’irlashishiga yo’l qo’ymaslik uchun tegishli chorar-tadbilar tavsiya qiladi. Tomonlar bu tavsiyalarni bajarmagan taqdirda temir yo’l, dengiz va havo yo’llari, pochta, telegraf, radio yoki iqtisodiy aloqalarni to’xtatish huquqiga ega. Xalqlar o’rtasidagi tinchlikni saqlashga mazkur tadbirlar ham kifoya qilmasa, u holda qurolli kuchlarni ishga solishga haqli. Bu huquq faqat BMTning Xavfsizlik kengashiga berilgan.

Shuncha imkoniyat va huquqlarga ega bo’lishiga qaramay BMT xavfsizlik kengashi Arakanlik musulmonlarni jirkanch suratda qirg’in qilayotgan, oylab dengizlar o’rtasida kemalarda qolib ketishi oqibatida ochlikdan, suvsizlikdan halok bo’lishiga sabab bo’layotgan butparastlarning qiliqlarini uzoqdan jimgina kuzatib turipti. Shuncha vaqtdan buyon endi bir yig’ilish tashkil qilgan edi, biroq bundan ham natija chiqishiga umid yo’q. Chunki o’layotganlar, qirg’in qilinayotganlar, nomuslari toptalayotganlar musulmonlardir.

Shuncha narsadan keyin ham BMTdan va uning xavfsizlik kengashidan yordam kutish, ulardan echim talab qilish axmoqlikdan o’zga narsa emas. BMT ustavida ko’rsatilgan «er yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash» kabi yaltiroq so’zlar BMTning asl mohiyatidan bexabar soddalarni tuzoqqa ilintirish uchun aytilgan so’zlardir.

Qiyomuddin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.