Xo’jandda ham hijob ta’qiqlandi

887
0

Tojikiston respublikasi So’g’d viloyati Xo’jand shahri meri Rajabboy Axmadzoda 28 mart kuni shahar rasmiy vakillari, bo’lib boshliqlari va IIV xodimlari ishtirokida bo’lib o’tgan yig’ilishda kuch organlari xodimlari, mahallalar, yoshlar, ayollar masalalari bo’yicha ishlash bo’limlari hamda din ishlari bo’yicha boshqarma xodimlariga so’g’dliklarni turli xil radikal va estremistik partiya va harakatlarga qo’shilib ketishni oldini olish, shuningdek ayollarni milliy madaniyatga xos bo’lmagan hijob kiyishlariga yo’l qo’ymaslik vazifasini topshirdi.

Bundan tashqari, mahalla aholisi bilan bu yo’nalishda tushintirish ishlarini kuchaytirishga ko’rsatma bergan shahar meri kiyim sotish shaxobchalarida eroncha va afg’oncha kiyimlarni sotilishini oldini olish uchun maxsus reydlar o’tkazish zarurligini ta’kidlab o’tdi.

Din ishlari boshqarmasi va ichki ishlar bo’limi boshliqlariga “Ibodat marosimlari Hanafiy mazhabi asosida ado etilishi”ni ta’minlash uchun barcha Jome masjidlarida doimiy nazorat o’rnatish topshirig’i berdi.

Xo’jand shahar meri shuningdek, milliy an’analarga muvofiq to’g’ri kiyinishni shakillantirish uchun ayollar orasida tushintirish ishlarini yo’lga qo’yishga hamda yuqorida zikr qilingan mavzularni yoritishda OAVlari, ayniqa televideniyaning roli muhimligiga e’tibor qaratdi.

Turkiston:

Imomali Rahmon boshchiligidagi Tojikiston hukumati ayollarni hijob kiyishiga, erkaklarni saqol qo’yishi va 18 yoshga to’lmagan yigitlarni masjidlarga kirishiga to’sqinlik qilgani sari jamiyat ichida qaramay hijobli ayollarning soni kundan kunga ortib boryapti, Juma kunlari esa masjidlar odamlar, jumladan o’spirin yoshlar bilan to’lib ketmoqda.

Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan tinimsiz kurashishiga qaramay jamiyat ichida islomiy ko’rinishlar va islomiy qadriyatlar keng tarqalib borishi, azizlikni Alloh xuzuridan emas, balki bandasi xuzuridan istayotgan prezident va uning yugurdaklarini yanada keskinroq choralar ko’rishga, yanada vahshilashishlariga olib kelmoqda.

Poytaxt Dushanbeda va bundan tashqari Sug’d viloyati kabi mamlakatning shimoliy mintaqalarida hijob kiyishga bo’lgan intilish yaqqol ko’zga tashlana boshladi. Bu mintaqalarda hijob bilan yurishni afzal ko’rgan ayollar soni avvalgiga qaraganda ancha yuqori. Boshqa mintaqalarda ham ro’mol bilan yuradiganlar ko’pchilikni tashkil qilib bormoqda.

Tojik hukumatiga qarashli ayollar qo’mitasi tarafidan o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, hijob kiygan ayollarning aksariyati hijobga diniy vazifa, ya’ni shar’iy hukm va himoya vositasi sifatida qarashi ma’lum bo’ldi.

Shuning uchun ham bir xovuch buzuq ayollar tomonidan joriy qilingan 8 mart kunini munosabati bilan o’tkazilgan yig’ilishda Tojikiston tog’uti Imomali Rahmon qora libos va hijob kiyish milliy madaniyatga yot ekanligini aytib, bunday kiyingan ayollarni tanqid qilgan edi. Allohga osiy bo’lishda o’z prezidentidan ortda qolishni xohlamagan shahar va viloyat hokimlari ham bu yo’lda kimo’zarga poygaga kirishib ketishdi. Bu yo’lda o’zlari vaqtinchalik egallab turgan lavozim va qo’l ostilarida itoatda bo’lib turgan kuch organlari quvvatiga suyanib, Allohning roziligi va Uning xohish-istagini inobatga olmay qo’yishdi.

 Alloh Taolo aytadi:

 يُرِيدُونَ لِيُطْفِئُوا نُورَ الله بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ”. الصف

“Ular Allohning nurini og’izlari (ya’ni behuda gaplari) bilan o’chirmoqchi bo’lurlar. Alloh esa, garchi kofirlar istamasalarda, O’z nurini to’la (butun dunyoga) yoyguvchidir”. (Saf. 8)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.