“Mushtarak arab kuchlari”ni tashkil qilish qarori tasdiqlandi

453
0

Arab davlatlari ligasi mintaqa xavfsizligiga tahdid tug’ilgan vaziyatda tezda harakatga keladigan va kurolli (jihodiy) guruhlarga qarshi kurashadigan “Mushtarak arab kuchlari” tashkil qilish qarorini qabul qildi. Yig’ilishga ishtirok etgan manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, Arab davlatlari ligasining tashqi ishlar vazirlar kengashi Misrda tashkil qilingan yig’ilishda bu qaror loyihasini tasdiqlagan.

Arab davlatlari ligasining rahbari Nabil Arabiy Ligaga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlar kengashi Misrning Sharmush-Shayx shahrida tashkil qilgan yig’ilish ortidan bu haqida jurnalistlarga bayonot berdi. Nabil Arabiyning bildirishicha, Arab davlatlari ligasining tashqi ishlar vazirlar kengashi milliy xavfsizlik ta’minlanishini nazarda tutgan qaror loyihasini tasdiqlagan. Arabiy bu loyiha ustida 2014 yil sentyabr oyidan buyon faoliyat yuritib kelinayotganligini ham tilga olib o’tdi.

Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukriy ham arab davlatlarining 26 – yig’ilishi Arab Ummatining mislsiz tahdid va zo’rovonliklarga duch kelayotgan bir paytda o’tayotganini qayd etib, “Arab davlatlari bunga qarshi barqaror qarshi kurash olib borish va masuliyatni bo’yniga olish kuchiga egadir”, dedi.

Shukri Arab diyorlari va Arab davlatlari ligasi samarali siyosat yo’lini izlashiga qaratilgan va so’zlardan amalga o’tishiga qaratilgan majburiyatni ifoda etgan bayonot chiqarilganligini ham qo’shimcha qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.