Jantoro Satibaldiyev ham hibsga olindi

540
0

Jantoro Satibaldiyev ham hibsga olindi

Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 18 iyunda Qirgʻizistonning sobiq bosh vaziri Jantoro Satibaldiyev Bishkek issiqlik energiya markazini (IEM) modernizatsiya qilishda yoʻl qoʻyilgan korruptsiyaga aloqadorlik gumoni bilan hibsga olindi.

 Maʼlumki, yanvar oyida IEMda yuz bergan avariyadan keyin Qirgʻizistonda ushbu strategik obʼektning modernizatsiya qilinishi boʻyicha yirik mojaro avj olgan. IEM Xitoy mablagʻlari hisobiga modernizatsiya qilingan va bunga 386 mln dollar sarflangan. Shuningdek, ushbu ish boʻyicha avvalroq Qirgʻizistonning yana bir sobiq bosh vaziri Sapar Isakov, Bishkekning sobiq meri Kubanichbek Kulmatov, sobiq energetika vaziri Osmonbek Artikbayev hibsga olingandi.

 Satibaldiyev jinoyat kodeksining “Jinoyatda ishtirok etish” va “Korruptsiya” moddalarida koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etish gumoni bilan ushlangan. Satibaldiyev IEMning modernizatsiyasi boʻyicha hujjatlar imzolangan vaqtda mamlakat  bosh vaziri lavozimini egallagan. U ayni vaqtda vaqtinchalik izolyatorga joʻnatilgan. Sud yaqin orada unga nisbatan ehtiyot chorasini belgilaydi.

Turkiston:

Bir necha yildan keyin Qirgʻiziston Xitoydan olgan qarzlarini toʻlay boshlaydi. Xitoy va shunga oʻxshash boy va yirik davlatlar Qirgʻizistonga qarz berayotganda, davlat rahbaridan tortib, butun yetakchi guruh vakillari bu mablagʻlarni talon taroj qilib yuborishlarini juda yaxshi bilishar edi. Ular hatto shu vaziyatdan manfaatdor hamki, balki unday boʻlmasa qarz berishmagan boʻlishar edi!

Olamiy donor davlatlar va tashkilotlar zaif va muhtoj mamlakatlarga qarz berishar ekan, bu mamlakatlarning muhtojliklarini bartaraf qilishni qasd qilishmaydi. Balki, oʻsha muhtojliklardan foydalanib, ularning boʻyniga toʻlay olmaydigan qarzlarni ilib qoʻyishni maqsad qilishadi! Keyin bergan qazlaridan bir necha oʻn barobar ortiq biror manfaatini roʻyobga chiqarib olishadi. Xitoy Tojikistonning yuz minglagan gektar yerlarini tortib olgani singari!

Buning uchun, qarz olayotgan mamlakatlar bu mablagʻlarni manfaatli oʻrinlarga sarflamasligi kerak. Shuning uchun xalqaro siyosiy taʼsir quvvatiga ega boʻlgan yirik davlatlar oʻzlari berayotgan qarzlarini tasarrufoti bilan qiziqishmaydi, uni nazorat ham qilishmaydi. Negaki ular bu mablagʻlarini qaytarib ola olmay qolishdan xavotirlanishmaydi. Xalqaro qonun va qoidalar, xalqaro sud, barchasi ularning manfaati uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari ular, kerak boʻlganda harbiy bosim bilan boʻlsa ham qarzlarini undira olishlari uchun bu zaif mamlakatlarni xalqaro qonunlar vositasida harbiy jihatdan oʻta zaif holatda ushlab turishadi.

Qirgʻizistonga eʼtibor bering, bir birlarini qamab tugata olisharmikin! Yangilari saltanatga kelib, ular ham yana oʻgʻrilikni davom ettirishadi. Keyingilari kelganida, yana avvalgilarini taʼqib qila boshlaydi. Tashqi mamlakatlardan qarz olish esa davom etaveradi! Shunday ekan, xalqaro global siyosiy va iqtisodiy sistema ichida Qirgʻiziston singari davlatlar uchun belgilab berilgan korridor bilan borar ekanmiz, hech qachon siyosiy va iqtisodiy farovonlikka erisha olmaymiz. Chunki yirik davlatlar bizga qarz berish orqali bizni mustamlaka qilib turishlari uchun, rivojlanib ketishimizni oldini olishadi. Chunki ular bundan ziyon koʻrib qolishadi. Qirgʻiziston esa, hatto iqtisodiy rivojlanish programmalarini ham xalqaro kuchlar maslahatiga muvofiq ishlab chiqadi. Bu esa, xuddi qoʻyni boʻriga amonat qoldirgandek harakat olib borish hisoblanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.