Tojikiston oltin konlarini yarmi Xitoy kompaniyalari qo’lida

833
0

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, ayni vaqtda Tojikistondagi oltin konlarini yarmidan ko’prog’i o’zlashtirish uchun Xitoy kompaniyalarga o’tkazib berilgan. Xitoy kompaniyalari mazkur konlarni 60 foiz aktsiyalariga egalik qilmoqda.

Tojikiston hukumati qoshidagi geologiya bosh boshqarmasi boshlig’i Murod Jumazodaning so’zlariga ko’ra, aniqlangan oltin zahirasi 500 tonnadan oshadi. Ammo u oltin zahirasi bundan ham ko’proq bo’lishi mumkinligini aytib o’tdi.

Jumazodaning qayd etishicha, Xitoy kompaniyalari foydali qazilma konlarini o’zlashtirishda katta tajribaga ega, ammo Tojikiston hukumati qo’shni davlat kompaniyalariga biror konni o’zlashtirish uchun topshirayotgan vaqtda o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi.

Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi ma’lumotiga ko’ra, 2014 yilning 11 oyi mobaynida mamlakatdagi oltin qazib olish korxonalari tomonidan 3 tonnadan ziyod oltin qazib olingan, bu ko’rsatkich 2013 yilga solishtirganda 600 kilogrammga ko’p.

“Oltin qazib chiqarishni oshishi yangi texnologiyalarni joriy etilishi bilan bog’liq, bu ish sifatini yaxshilash imkonini ham berdi”, – dedi tog’- kon metallurgiya sanoati boshqarmasi rahbari Baxtiyor Sharipov.

O’z navbatida Tojikistonda oltin qazib olish bo’yicha faoliyat olib borayotgan Xitoy kompaniyalari tojik hukumati bilan hamkorlik masalalari bo’yicha izoh berishdan bosh tortgan bo’lsa, Tojikiston hukumati ham bu masala bo’yicha batafsil ma’lumot bermay kelmoqda.

Ammo oltin qazib olish sohasida ishlaydigan mahalliy kompaniya rahbarlaridan birining aytishicha, Tojikiston hukumati Xitoy kompaniyalariga oltin konlarini o’zlashtirish uchun ulkan imtiyozlar berib kelmoqda. Uning so’zlariga ko’ra, soliq tortishdagi imtiyozlar bilan bir qatorda oltin konlarini o’zlashtirgan aksariyat Xitoy kompaniyalari umumiy daromadning 50 foizidan 75 foizigacha ega chiqishmoqda.

Ayni vaqtda 2 milliard 200 million dollardan oshgan Tojikiston tashqi qarzining yarmidan ko’prog’i Xitoyga tegishli. Yaqinda Xitoy hukumati Tojikistonga yana 6 milliard dollar sarmoya kiritishga va’da qildi.

Turkiston:

Bu Qirg’izistonga 1994 yildagi, Kanadaning “Gold Company” xalqaro kompaniyasini kirib kelishini eslatadi. Xozirda shu kompaniya bilan Qirg’iziston o’rtasida navbatdagi sud jaroyoni borayapti. Xar galgidek Qirg’iz xukumati bu xalqaro sud protsesini yutkazishi aniq bo’lib turibdi. Bu o’ta shov shuvli jaroyon bo’lganidan, uni batafsil yoritmoqchi emasmiz. Lekin bu shartnoma, Qirg’iziston xalqi uchun ulkan zararlar olib kelayotgani aniq fakt bo’lib turibdi. AQShning ximoyasi ostidagi bu Kanada kompaniyasi, Qirg’izistonda o’zining 20 yillik faoliyati mobaynida, Qirg’izistonning minglagan tonna qimmatbaxo er osti boyliklarini olib chiqib ketishadi. Qirg’iz xukumati, ularni nafaqat to’xta olishmadi, balki xozirda ulardan Qirg’izistonga tegishli qonuniy ulushlarini undira olishmayapti.

Shularni bila turib Tojik raxbariyati yuqoridagi shartnomalarni imzolashdimi? Bu nafaqat Tojik xalqining, balki butun Islom olamining, Musulmonlarning umumiy mulki xisoblanadi. I Raxmon xam xuddi Akaev kabi vaqti kelib o’z taxdidan ketadi. Uning xiyonati xam xozirdagi Akaevning xiyonati singari bizlarning gardanimizda ulkan muammo bo’lib qoladi. Xitoy Tojikistonga yotqizayotgan xarajatlarini undira olishidan xotirjam. U xalqaro siyosatda nufuzli davlat. Bu shartnomalar avvalida o’ta manfaatli qilib ko’rsatiladi. Lekin bu zamonaviy sarrob singari, loixaning makrli bir tomoni xalos.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.