Almazbek Atambaev arab davlatlariga safar qiladi

401
0

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev 2-8 dekbar kunlari rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarga boradi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Almazbek Atambaev 2-4 dekabr kunlari Saudiya Arabistonida bo’lib, mazkur mamlakat rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Birlashgan Arab Amirliklariga safar 4-7 dekabr, Qatar safari esa 7-8 dekabr kunlariga rejalashtirilgan.

Tashriflar asnosida savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Turkiston:

Qirg’iziston, AQSh tomonidan moliyaviy tuzoqlar qo’yilgan xududga kirib bormoqda. Bu Atambaev uchun o’ta xavfli o’yin. AQSh o’ziga tobe’ davlatlar va yirik kompaniyalar orqali investitsiya yoki boshqa bir ma’lum tarmoqlarni o’niktirish uchun gran xisobida pullar olib kirib, davlatni qarzga botiradi. So’ng bu kompaniyalarning qarzlari evaziga o’sha yirik korxonalarni go’yoki tortib oladi. O’zbekistondagi Daevoo kompaniyasi kabi. Yoki o’sha investor (xaqdor) davlatlar orqali, o’z manfaatlari yo’lida bir vaqtda bosim yasay oladi.

Asosiy xavf shundaki, Atambaev ikki katta davlatlar orasida, ular tomonidan qo’yilayotgan ikki bir biriga qarama qarshi yo’nalishdagi shartnomalarni imzolab yuborishi kutiladi. Imzolamay turib va’da qilingan qo’shtirnoq ichidagi moliyaviy ko’maklar ko’rsatilmaydi. Atambaev esa, o’z rejimini saqlab qolish maqsadida xar narsaga tayyor. Vaziyat xam, o’sha mablag’larga o’ta muxtoj xolatda. Buni AQSh va AQShparast quvvatlar xam juda yaxshi anglab turishipti. E’tibor bergan bo’lsanglar Qirg’izistonga oxirgi paytda Shveytsariya prizidenti, Soress janoblari, va yana bir qancha kapitalist rasmiylari serqatnov bo’la boshlashdi. Rossiya xam shoshilinch kelib 500 millionlik jamg’arma fondi tuzib ketdi. Bularning xammasi Atambaev atrofidagi korruptsiyaga peshonasigacha botgan rejim uchun berilayotgan pora desak mubolag’a bo’lmaydi. Ular Atambaev xoxlaganida xam bu mablag’larning katta qismi o’z o’rniga etib bormasligini bilishadi xam xoxlashadi xam. Chunki u kolonizatorlarni Qirg’iziston davlati, uning xalqining sharoiti va axvoli zarracha qiziqtirmaydi. Ular rejimni o’z tomonlariga xar xil nayranglar bilan bo’lsa xam jalb qilishmoqchi xalos. Atambaev Akaevning ikki tomonlama olib borgan siyosatini qaytara olmaydi. Negaki Rossiya ilgarigi qudratida emas. Ilgari Rossiya kuchli bo’lgani va SNGga a’zo davlatlari unga qattiq siyosiy tobe’ ekanligidan, ulardan xotirjam, bexavotir edi. Xozir vaziyat mutlaqo o’zgacha. Rossiya xar bir davlatning qo’lloviga muxtoj, shuning uchun bu ishga u katta axamiyat beradi. Bu degani Ukrainaga berganichalik bo’lmasa xam, shunga yaqin e’tibor beradi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.