Sisining maqsadi Isroil xavfsizligini himoya qilishdir

417
0

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Sinay yarim orolidagi hujumlardan ko’zlangan asl maqsad Isroil xavfsizligini himoya qilish ekanligini bildirdi.

As-Sisi Frantsiyaning “Frans 24” telekanaliga bergan intervyusida Misr tuproqlarida Isroilga qarshi harakatlargi ruxsat berilmasligini qayd etdi.

“Sinay yarim orolidagi amaliyotlarimiz Misrning u erdagi hukmronligini kafolatlash uchundir. Bizning tuproqlarimiz Isroilga qarshi amalga oshiriladigan harakatlar uchun bazaga aylanishiga izn berishimiz mumkin emas”, deya ta’kidladi Misr prezidenti as-Sisi.

Bir necha kun avval Sinay yarim orolidagi bir uy bombalandi. Hodisada 15 kishi, jumladan ayollar va yosh bolalar halok bo’ldi. Misr mas’ullari raketaning qaerdan otilganligi haqida ma’lumot bermadi. Raketa Misr harbiylariga oid vertalyotdan otilgan bo’lishi mumkinligi aytilmoqda.

Shuningdek Misr armiyasi Sinay yarim orolida amalga oshirgan yana bir harbiy amaliyotda 10 kishi o’ldirilgan va 54 kishi terrorchilikda ayblanib qamoqqa olingan edi.

As-Sisining harbiy to’ntarishdan avval ham, keyin ham bosqinchi yahud rejimining xavfsizlik kuchlari va razvedka bo’limlari bilan tez-tez uchrashuv o’tkazganligi hamda yahudiylarning G’azoga hujumi chog’ida ham bu uchrashuvlarini davom ettirganligi ommaga oshkor bo’lib qolgan va axborot agentlialari orqali tarqatilgan edi. As-Sisi rasmiy ravishda bosqinchi yahud rejimining xavfsizligini muhim deb bilishini o’z og’zi bilan aytishi va uning xavfsizligi uchun Sinay yarim orolida harbiy amaliyot o’tkazganligini e’tirof etishi Misrdagi harbiy to’ntarishning asl maqsadini ko’rsatib turipti.

Sinay yarim orolida kechayotgan hodisalarni bahona qilgan Misr armiyasi G’azo chegarasidagi yuzlagan uylarni buzib tashladi. U chegara bo’ylab neytral zona tashkil qilishni istagida shunday qilmoqda. Olingan xabarlarga ko’ra, Misr armiyasi hozirga qadar 800 uyni buzib tashlagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.