Turkiya diniy vaziyatni yaxshilash uchun 10 million dollar ajratadi

393
0

images Turkiyaga ish safari bilan borgan Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev o’z safari natijalari bo’yicha o’tkazgan matbuot anjumanida prezident, Turkiya diniy sohada islohotlar o’tkazish uchun Qirg’izistonga 10 million dollar ajratishini ma’lum qildi.

“Diniy isloxot masalalari bo’yicha juda katta qo’llov oldik. Sizlarga ma’lumki, biz “Iymon” deb nomlangan maxsus fond tashkil etdik. Diniy sohada vaziyatni yaxshilash uchun moliyalashni shundan boshlashga qaror qilindi”, – dedi Atambaev.

“Albatta masala juda ham qiyin va e’tiborsiz qoldirilgan. Bizda esa har doimgidek pul yo’q. Lekin biz qo’llab-quvvatlashga erishdik va 10 million dollar ajratiladi. Har qanday islohot pul talab qiladi”, – dedi prezident.

Turkiston:

AQSh hukumati Markaziy Osiyodagi birorta respublika bilan aloqalarini yaxshilamoqchi yoki o’z ta’sirini o’tkazmoqchi bo’lsa bu ishni Turkiya orqali amalga oshiradi. Turkiya Amerika uchun turkiyzabon musulmon davlatlari ustidan o’z ta’sir ko’lamini oshirishda foydalanuvchi qurolga aylanib qolgan.

2003 yildan beri Turkiyani boshqarib kelayotgan bosh vazir Rejep Erdog’on – AQShning ruxsati bilan – o’zining sobiq hamkasblaridan farqli ravishda Islom dini va qadriyatlarini jamiyatda tarqalishiga, ularning ta’biri bilan aytganda, mo”tadil Islomni kuchayishga imkoniyat berdi. Shulardan biri 2007 yilda institut va universitetlarda muslima qizlar uchun hijob kiyishga ruxsat berilishi bo’ldi. Mana shu yo’l bilan Erdog’on Turkiya musulmonlari ishonchiga kirishga muvaffaq bo’ldi.

Diniy sohada isloxotlar o’tkazish uchun ajratilgan 10 million dollar Turkiya modelini Qirg’izistonda ham tatbiq etilishiga hamda rasmiy hukumat o’z siyosatini qo’llab-quvvatlovchi mo”tadil Islomchilarni paydo qilishga sarflanishi mumkin.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.