Hassan Ali Alining ayolning shar’iy libosiga oid savoliga javob

1207
0

00

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Savol: Assalamu alaykum!

Savolim hijob haqida. U dalili bor bir farzmi yoki bir odat bo’lib, keyin ozod ayolni cho’ridan farqlab turish uchun farz qilinganmi, «chunki aslida hijob sinfiy mazmunga ega qonun bo’lib, undan ozod ayolni cho’ridan farqlab turish maqsad qilingan, sahobalar uni shunday tushunganlar. Umar ibn Xattob Madinani aylanib yurardi, agar biror hijoblangan cho’rini ko’rib qolsa, uni o’zining mashhur darrasi bilan urib, boshidan hijobini tushirib yuborardi va: nega cho’rilar ozod ayollarga o’xshab qolishyapti? – derdi. Xullas, aytmoqchimanki, bugun – alhamdu lillah – na joriyalar, na qullar yo’q bo’lgan zamonda jilbob kiyish sababi soqit bo’lgan, Qur’onda ham, Sunnatda ham: hijob farz, chunki u fitnani daf qiladi yo o’chiradi, degan gap yo’q. Kim shunday desa, u gunohkor bo’ladi va Allohga yolg’on to’qib chiqargan bo’ladi. Ayol hijob kiysa va Alloh shunga buyurgan degan e’tiqodda hijobga da’vat qilsa, katta gunoh qilgan bo’ladi, chunki u Alloh ham, Rosuli ham aytmagan qonunlarni farz qilib olgan insonlarni Allohning hukmi borasida sherik qildi hamda ularni Qur’on risolati va uning to’g’ri yo’lidan adashtirdi. Hijob islomiy farz emas, balki u Islomdan oldin mavjud bo’lgan ijtimoiy odatlardan bo’lib, dinlarga mutlaqo aloqasi yo’q. Eng yomon ish, odat va an’analar bilan Allohning Qur’oni Karimidagi buyruqlari o’rtasini aralashtirib yuborishdir. Chunki birorta odatni Allohning dargohidan kelgan deyish Allohga shirk keltirish va Jalla Jaloluhu haqida yolg’on to’qish singari yolg’on da’vodir». Sizdan shu gapga izoh berasiz degan umiddaman, sizga Alloh baraka ato qilib, bizni ham, sizlarni ham hidoyat qilsin.

Javob: Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Ayol kishining shar’iy libosining dalillari ochiq-oydin. Bu libos odamlar odatlanishgan bo’lsa bor, odatlanishmagan bo’lsa yo’q bo’lgan odatlar bobidan emas. Balki Alloh Subhanahu va Taoloning ayolarga buyurgan farzidir:

Shariat ayolga uyidan umumiy hayotga chiqqanda muayyan shar’iy libosni vojib qildi. Ayolga bozorlarga chiqqanda yoki umumiy ko’chada yurganda kiyimi ustidan kiyadigan boshqa kiyimi bo’lishini vojib qildi. Uning kiyimlarining ustidan kiyadigan va uni qadamlarini (oyoqlarining to’piqdan pastki qismini) to’sib turadigan darajada pastga tushiradigan shar’iy ma’nodagi jilbobi bo’lishini vojib qildi. Agar jilbobi bo’lmasa, qo’shnisi yo dugonasi yoki qarindoshidan jilbob olib turadi. Agar olishga qodir bo’lmasa yoki hech kim berib turmasa, jilbobsiz ko’chaga chiqishi mumkin emas. Agar kiyimlarining ustidan kiyadigan jilbobsiz ko’chaga chiqsa gunohkor bo’ladi. Chunki bu holda ayol Alloh unga farz qilgan amalni tark qilgan bo’ladi. Bu hukmlar ayolning pastki libosiga taalluqlidir. Ustki libosga nisbatan esa, ayolning ro’moli yoki unga o’xshash, uning o’rnini bosadigan libosi bo’lishi, bu libos boshining barcha qismini, bo’ynining hamma tomonini va ko’ylakning ko’krakdagi ochiq joylarini o’rab turishi kerak. Hamda bu libos bozorga chiqish yoki umumiy ko’chada yurish uchun tayyorlangan bo’lishi, ya’ni liboslarining ustidan kiyiladigan bo’lishi kerak. Mana shu ikki libosi (ya’ni, kiyimlarining ustki va pastki qismlarini o’rab turadigan libosi) bo’lsa, ayol o’z uyidan bozorlarga chiqishi yoki umumiy ko’chada yurishi, ya’ni umumiy hayotga chiqishi mumkin. Agar bu ikki libosi bo’lmasa, biror holatda ham chiqishi mumkin emas. Chunki bu ikki libosni kiyishga bo’lgan buyruq umumiy kelgan bo’lib, uni xoslovchi hukm mutlaqo kelmagan. Shunga ko’ra, u barcha holatlarda ham umumiyligicha qoladi.

Umumiy hayot uchun shunday ikki libos bo’lishi vojibligiga quyidagi oyatlar dalil bo’ladi. Ustki libos haqida Alloh shunday deydi:

«Ko’rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (nomahramlarga) ko’rsatmasinlar va ko’kraklarini ro’mollari bilan to’ssinlar!» [Nur 31] Alloh Taolo pastki libos haqida shunday deydi:

«Ey Payg’ambar, juftlaringizga, qizlaringizga va mo’minlarning ayollariga ayting, ustlariga jilboblarini tushirsinlar!» [Ahzob 59] Ummu Atiyya rivoyat qiladi:

«أَمَرَنَا رَسُولُ اللَّهِ  أَنْ نُخْرِجَهُنَّ فِى الْفِطْرِ وَالأَضْحَى، الْعَوَاتِقَ وَالْحُيَّضَ وَذَوَاتِ الْخُدُورِ، فَأَمَّا الْحُيَّضُ فَيَعْتَزِلْنَ الصَّلاَةَ وَيَشْهَدْنَ الْخَيْرَ، وَدَعْوَةَ الْمُسْلِمِينَ. قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِحْدَانَا لاَ يَكُونُ لَهَا جِلْبَابٌ، قَالَ: لِتُلْبِسْهَا أُخْتُهَا مِنْ جِلْبَابِهَا»

«Rosululloh s.a.v. bizga bo’yiga etgan qizlarni, hayz ko’rib turgan va unashtirilgan qizlarni ramazon va qurbon hayitlariga chiqarishimizni buyurdilar. Hayz ko’rib turganlari namozdan chetlashadilar, yaxshilikka va musulmonlarning duosiga guvoh bo’ladilar». Aytdimki: «Birortamizning jilbobi bo’lmasa-chi?». Dedilar: «Unga opasi (dugonasi) jilbobini kiydirsin». (Muslim rivoyati). Ushbu dalillar ayolning umumiy hayotdagi libosini aniq-ravshan bayon qilib beryapti. Alloh Taolo bu ikki oyatda ayolga umumiy hayotda kiyishi vojib qilingan libosni aniq va to’liq sifatlab berdi. Ayolning ustki libosi haqida Alloh Taolo shunday deydi:

«Ko’kraklarini ro’mollari bilan to’ssinlar» [Nur 31]

Ya’ni bosh yopinchiqlarini bo’yinlariga, ko’kraklariga o’rasinlar, ko’ylak va kiyim yoqasidan ko’rinib turadigan bo’yin va ko’kraklarini berkitsinlar. Ayollarning pastki libosi haqida esa shunday deydi:

«Ustlariga jilboblarini tushirsinlar!» [Ahzob 59]

Ya’ni ko’chaga chiqish uchun kiyimlari ustidan kiygan jilboblarini pastgacha tushib turadigan qilib uzun qilsinlar. Ayolning ushbu libosining umumiy ko’rinishi haqida shunday deydi:

«Ko’rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (nomahramlarga) ko’rsatmasinlar» [Nur 31]

ya’ni quloq, bilak, boldir kabi ziynat o’rinlarini ko’rsatmasinlar. Bu oyat nozil bo’lgan davrda, ya’ni Rosululloh s.a.v.ning davrlarida umumiy hayotda ko’rinib turgan joylar, ya’ni yuz va qo’l kaftlari bundan mustasnodir. Mana shu aniq sifatlash orqali ayolning umumiy hayotdagi libosi nima va qanday bo’lishi vojibligi yorqin ma’lum bo’ladi. Ummu Atiyyaning hadisi ayol ko’chaga chiqqanda kiyimi ustidan kiyadigan jilbobi bo’lishi vojibligini ochiq bayon qildi. U Rosulullo s.a.v.dan «Birortamizning jilbobi bo’lmasa-chi?» – deb so’raganda unga shunday javob berdilar: «Unga opasi (dugonasi) o’z jilbobini kiydirsin». Ya’ni u Rosululloh s.a.v.dan: «Ko’chaga chiqishi uchun kiyimi ustidan kiyadigan jilbobi yo’q bo’lsa-chi?» – deb so’raganida, Rosululloh s.a.v. unga dugonasi kiyimi ustidan kiyadigan jilbobini berib turishini amr qildilar. Buning ma’nosi, agar dugonasi berib turmasa, ko’chaga chiqishi mumkin emas. Bu esa hadisdagi buyruq farz ekaniga ishoradir, ya’ni ayol ko’chaga chiqishni xohlasa, kiyimi ustidan jilbob kiyishi farz bo’lib, uni kiymasa chiqmaydi.

Jilbob qadamlarni ham yopib turadigan darajada pastgacha tushib turishi shart. Chunki Alloh oyatda aytadi:

«Ustlariga jilboblarini tushirsinlar!» [Ahzob 59]

ya’ni jilboblarini uzaytirsinlar. Chunki bu erdagi «min» ba’zisini degan maonoda emas, balki bayon ma’nosida kelgan. Ya’ni jilbobni pastgacha tushirib uzaytirsinlar. Chunki Ibn Umardan rivoyat qilinishicha, Rosululloh s.a.v. dedilar:

«مَنْ جَرَّ ثَوْبَهُ خُيَلاَءَ لَمْ يَنْظُرِ اللَّهُ إِلَيْهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، فَقَالَتْ أُمُّ سَلَمَةَ: فَكَيْفَ يَصْنَعُ النِّسَاءُ بِذُيُولِهِنَّ؟ قَالَ: يُرْخِينَ شِبْرًا، قَالَتْ: إِذًا تَنْكَشِفَ أَقْدَامُهُنَّ؟ قَالَ: يُرْخِينَ ذِرَاعًا لاَ يَزِدْنَ عَلَيْهِ»

«Kimki takabburlik qilib etaklarini sudrab yursa, qiyomat kuni Alloh unga qaramaydi». Shunda Ummu Salama so’radi: «Unda ayollar etaklarini nima qiladilar?». Dedilar: «(Tizzalaridan) bir qarich tushirsinlar (uzun qilsinlar)». Dedi: «Unda qadamlari ochilib qolar ekan-da?» Dedilar: «(Tizzalaridan) bir ziro (ya’ni bir bilak) uzunligicha uzaytirsinlar. Bundan ziyoda qilmasinlar». Termiziy rivoyat qilib, bu hasan sahih hadis, degan. Bu esa ayol kiyimi ustidan kiyadigan jilbobi qadamlarni yopib turadigan darajada uzun bo’lish lozimligini ochiq bildiryapti. Agar qadamlar paypoq yoki maxsi bilan berkitilgan bo’lsa, bu narsa jilbob uzun qilib tushirilganiga dalolat qiladigan shaklda uzun tushirilganining o’rniga o’tmaydi. Bu holatda oyoqlar berk bo’lgani uchun ularni o’rashga zarurat yo’q. Lekin bu holatda ham jilbob uzun tushib turishi zarur. Toki bu kiyim ayol umumiy hayotda kiyishi vojib bo’lgan kiyimi ekanligi ravshan bilinib tursin va unda Allohning «tushirsinlar», degan so’zi ro’yobga chiqsin.

Ko’rib turganingizdek, bu nususlarda aniq belgilab berilgan va dalolatida hech qanday noaniqlik va xiralik bo’lmagan libosdir. Ummu Atiyya jilbobi bo’lmasa nima qilishi haqida so’raganda, Rosululloh s.a.v. qo’shnisidan olib turishini aytdilar, bu esa bu libos shar’iy vojib ekaniga kuchli dalolat qiladi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

1 muharram 1434h    4 noyabr 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.