Qirg’iziston hukumati Islom va musulmonlarga nisbatan olib borayotgan siyosatini atayin rivojlantirmoqda

442
0

So’ngi vaqtlarda Qirg’iziston hukumati tomonidan Islom va musulmonlarga nisbatan olib borilayotgan siyosat xalq ichida bir necha yo’nalishlar asosida talqin qilinishi uchun atayin rivojlantirilmoqda. Bu Qirg’iz davlati uchun qanday holatlar keltirishi mumkin?!

Rasmiy hukumat jamiyatga singdirishga urinayotgan birinchi fikr, “islomiy radikalizm o’ta kuchayib bormoqda, u hatto Qirg’iz millati va uning qadriyatlariga katta xavf tug’dira boshladi. Unga qarshi Qirg’iz milliy mafkuramizni ilgari surishimiz kerak”, deyishmoqda.

Bu maqsadga erishish uchun ular Qirg’iz millatchiligiga asoslangan milliy elitani ishga solishdi. Ularga televideniya efirlari keng ochib berildi. Natijada ular Qirg’iz millati ichida – keng ko’lamda bo’lmasada – musulmonlarga qarshi jamoatchilik fikrini paydo qilishga o’z hissalarini qo’shishga harakat qila boshlashdi.

Boshqa bir yo’nalish bo’yicha hukumat diniy radikalizmga qarshi keskin choralar ko’rishi kerak, degan fikrni tarqata boshladi.

Bu fikr asosidagi yo’nalishni rivojlantirishda ham yuqoridagidek, jamoatchilik fikrini Suriyadagi vaziyatlarga qaratib, Qirg’iziston fuqarolarini Suriyadagi jihodda qatnashish uchun chiqib ketishayotganlari va ular Suriyada maxsus tayyorgarliklardan o’tib, Qirg’izistonda jihodiy uyushmalar paydo qilish maqsadida ortga qaytishayotganlari haqida fikr tarqata boshlashdi.

Yuqoridagi yo’nalishlar asosida olib borilgan harakatlar Qirg’iziston fuqarolarini bir necha fikriy bo’linishlarga olib keldi. Qirg’iz millatiga mansub bo’lmagan Qirg’iziston fuqorolari o’zlarini Qirg’iz millati tomonidan kamsitilayotgandek his qilishmoqda, natijasida ularda jamiyat farovonligi yo’lida harakat qilish tuyg’usi so’nib bormoqda. Chunki milliy mafkura Qirg’izistonda faqat Qirg’iz millatini himoya qila oladi va bu millat tilini, urfini, qadriyatini, tarixi va ma’rifatini ilgari surib, boshqa millat vakillari uchun bunday imkoniyat yaratib bera olmaydi. Aksincha, milliy mafkura o’z tabiatiga ko’ra boshqa milliy saqofatlarni jamiyatdan surib chiqarish sari keskin harakatlanaveradi. Bu esa millatlararo keskinliklarni kuchaytirib boraveradi.

Islomiy tuyg’ulari kuchli bo’lgan fuqorolar rasmiy hukumat ketayotgan yo’nalishlardan O’zbekiston va Qozog’iston stsenariylari boshlanayotganidan xavfsiray boshlashdi. Bu qatlam vakillari milliy mafkuradan ta’sirlanmaydi. Lekin ular Islom va musulmonlarga qarshi maxsus olib borilayotgan bo’xton va yasama amaliyotlarni ko’rib, e’tiqodda o’zlarini kamsitilayotgandek seza boshlashdi. Ularning ba’zilari radikallashib muhojirlikka qarab yo’l olsa, ba’zilari shu erda hukumatga nisbatan ishonchsizlik pozitsiyasini tutib olishdi. Hukumat xizmatlarida bo’lgan islomiy xizmatchilar ham og’ir axvolga tushib qolishgan. Ularning ba’zilari tili boshqayu, qalbi boshqa shaxslarga o’xshab qolishdi. Yana bir qismi siyosiy va jamoiy ishlardan o’zlarini umuman chetga torta boshlashdi.

Kuch tuzilma xodimlari esa o’zlariga tobe bo’lib qolgan din arboblarini o’zlarining iflos qilmishlariga sheriklik bo’lishga majbur qilishmoqda. Hukumat esa ularni o’zining qabix va bo’hton ustida olib borayotgan amaliyotlariga shar’iy tus berishga undab, musulmonlarni chalg’itish sari qattiq majburlamoqda.

Ularning izmiga yurishga rozi bo’lmagan va hukumat tomonidan ilgari surilayotgan yuqoridagi kabi buzuq fikrlarga to’siq bo’lishi mumkin bo’lgan Roshod qori Kamolovni qamashdi. Bu shaxsning pozitsiyasi umuman boshqacha bo’lib turibdi. U jamiyatda borayotgan har qanday holatda ham o’zini chetga tortgani yo’q. Yetib kelayotgan xabarlarga ko’ra, Roshod qori hatto qamoqxonada ham da’vat ishlarini jadallik bilan olib borayapti. Bu inson nafaqat Qirg’iziston va O’rta Osiyoda, balki undan ham kengroq mintaqada o’z muxlislariga ega bo’lgan ulamolardan ekanligidan uni jamiyatimizdan vaqtincha uzib turishga jazm qilishdi.

Lekin haqiqiy kurash shaxslarga qarshi yo’naltirilgan emas. Balki Islom mafkurasiga va shu mafkuradan ta’sirlangan musulmonlarning faoliyatiga chek qo’yish ko’zda tutilgan. Qirg’izistonda jamiyatni Islom mafkurasi asosida tarbiyalash ishi asosan Hizb ut-Tahrir jamoasi tomonidan olib borilayotgani sababli, kurashning asosi Hizb faoliyati va uning a’zolariga qarshi qaratilgan. Lekin Hizb ut-Tahrirning faoliyatida noqonuniy harakatlar mavjud bo’lmagani, uning faoliyati faqata fikriy va siyosiy kurash olib borishga cheklanganligi sababli hukumat unga qarshi qonuniy ish-choralar olib bora olmaydi. Shu sababli Qirg’iziston hukumati ham o’zbek hukumati kabi islomiy jangari harakatlarning sun’iy vahimasini paydo qilish orqali Hizb ut-Tahrirni nishonga oldi. Bu albatta Qirg’izistondan tashqaridagi kuchlar tomonidan uyushtirilgan va yo’naltirib kelinayotgan ishlar edi. Biroq Qirg’iz xukumati bu ishlarda o’zi uchun qandaydir manfaat bor deb o’ylab, avvalida qattiq va faol ish olib bordi. Lekin Qirg’izistonda yaqinda kutilayotgan parlament saylovlari va umuman siyosiy va iqtisodiy tang holatlar xalq noroziliklariga sabab bo’lishi mumkinligi hukumat vakillarini biroz o’ylantirib qo’ydi. Siyosiy elita ichida darz ketishi mumkin bo’lgan xavfli holat yuzaga kela boshladi.

Rasmiy hukumat uzoqni ko’ra bilmay olib borgan harakatlari natijasida vujudga kelgan ayni vaziyatdan xalqaro siyosiy kuchlar va ba’zi mahalliy partiyalar saylovoldi targ’ibot ishlarida hukumat va unga tobe partiyalarga qarshi foydalanishga qattiq harakat qilishadi. Bu ham davlat xavfsizligi uchun qo’shimcha yana bir muammolar keltirib chiqaradigan, yuqoridagi muammolarga qo’shimcha xavfli vaziyatlar paydo qilishi mumkin bo’lgan yana bir holat bo’ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.