O’zbekistondagi tog’ut qamoqlarida halok bo’layotgan shahidlarning keti uzilmayapti!

770
0

01

Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

«Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u Zotga qaytguvchilarmiz, deydigan sobirlarga xushxabar bering»

O’zbekiston tog’uti jinoyatkor yahudiy Karimov qo’lida shahid bo’layotganlarning hamon keti uzilmayapti. 2013 yil 2 sentyabrda Hizbut Tahrir a’zosi birodar Naimanov Karimjon Rustamovich Rafiqi A’loga shahid sifatida ko’tarildi. Biz uni insha Alloh shahid deb hisoblaymiz va Alloh oldida hech kimni oqlamaymiz. Bu birodar 1975 yil Toshkent shahrida tug’ilgan bo’lib, 38 yoshda edi.

Birodarimiz Karimjon Hizbga a’zo bo’lmay turib, o’zbek militsiyasida ishlagan. Hizb yigitlari bilan tanishib, Hizbning islomiy hayotni qayta boshlashga bo’lgan da’vatini va O’zbekistondagi jinoyatkor rejim bilan bo’lgan kurashini tushunib etgach, Alloh Azza va Jallaning rizoligiga etishishga harakat qilib, tog’ut Karimov va uning jinoyatchi to’dasiga yordamchi bo’lib qolmaslik uchun militsiyada ishlashni tark etishga va Hizbut Tahrir safiga qo’shilishga qaror qildi. Shunday qilib, Karimjon payg’ambarlik minhoji asosida to’g’ri yo’lni tutuvchi ikkinchi Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat olib borishni boshladi.

Karimjon – Alloh uni rahmat qilsin va shahidlar safiga qo’shsin – birinchi marta 1999 yil qo’lga olinib, qamoqqa hukm qilindi va o’sha yili ozodlikka chiqdi. Hech qancha vaqt o’tmasdanoq 2000 yil yana qamoqqa olinib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Hukm muddati tugamasdan turib, 2010 yil qamoqda qayta sud qilindi va muddatiga yana 5 yil qo’shib berildi. Kamoqda Karimov jallodlari tomonidan xorlashlar, tahdidlar va qiynoqlarga to’xtovsiz ravishda duchor bo’lsa-da, biroq bu narsalar shahid birodarimiz Karimjonni zarracha kuchsizlantirolmadi. Zolimlar uni imonidan qaytarish qo’llaridan kelmagach, hech bo’lmasa Hizbdan voz kechgani haqida imzo chekib berishni, ozodlikka chiqish uchun Karimov va uning zolim gumashtalariga kechirim so’rash maktubini yozishni talab qilishardi. Biroq ular bunga qayoqdan ham muvaffaq bo’lishsin, o’zini Alloh Subhanahu va Taologa sotib bo’lgan kishi irodasini qanday ham sindira olishsin!

Jirkanchligi bilan tanilgan 6436 koloniyasida jinoyatkorlar o’zlarining manfur jinoyatlarini sodir etishib, birodarimizga ukol orqali sil kasalligi virusini yuborishdi… Karimjon kasallikka chalingach, unga davolanishga ruxsat berishmadi, kasali zo’rayib, qon tupuradigan bo’lib qoldi…

Karimjon shahid bo’lganidan keyin bir necha xavfizlik xodimlari uning pokiza tanasini sangoroddan uyiga bir necha kun o’tib olib borishdi hamda jamoatchilikka ma’lum bo’lmasligi uchun o’z jinoyatlarini yashirishga urinib, mahalla qo’mitasi a’zolari bilan til biriktirishdi va shahid tanasini tezroq ko’mib tashlashga majbur qilishdi, musulmonlarga uning janozasiga to’planishga ruxsat berishmadi. Bu nomardlar ayni harakatlari bilan o’zlarini da’vatni etkazuvchi kishilardan tirik holatlaridan tanlari titragani kabi, ularning o’liklaridan ham qo’rqishlarini isbotlashdi.

Birodarimiz Karimjon ortidan ikki o’g’il va bir qiz qoldi. Bu norasidalar qonxo’r tog’ut Karimov – unga Allohning la’nati bo’lsin – rejimi tomonidan o’ldirilgan otalarning orqasidan qolgan etimlar safiga qo’shildilar.

«Alloh yo’lida halok bo’lgan (shahid)larni «o’liklar», demang! Yo’q, ular tiriklardir, lekin sizlar (buni) sezmaysizlar» [Baqara 154]

Hizbut Tahrirning

markaziy matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.