O’zbekstonda 6.5 mln. dollarlik loyiha amalga oshiriladi

466
0

O’zbekiston energetika sohasida 2015 yilgacha jami qiymati $6,5 mlrd.ga teng bo’lgan 48ta energetika loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda «O’zbekenergo» davlat aktsiyadorlik kompaniyasi raisi o’rinbosari Ro’ziqul Raimov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Bular 3 milliard 124 million dollarga teng loyihalar bo’lib, ulardan 12 tasi issiqlik energetikasiga oid loyihalardir. Shuningdek, 444 million dollarlik 10 ta gidroenergetika sohasidagi va 1 milliard 849 million dollarga teng elektr tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish sohasidagi 14ta sarmoyaviy loyihalar, yana jami qiymati 875 million dollarlik 12 ta loyiha boshqa energetika sohalarida amalga oshiriladi, deya ta’kidladi Rayimov.

Ammo shuncha loyiha amalga oshirilishiga qaramay, «O’zbekenergo» kompaniyasining ma’lum qilishicha, 1 apreldan e’tiboran elektr energiyasi, issiq va sovuq suv ta’minoti uchun tariflar qimmatlashadi.

«Gazeta.uz»ning sahifasining yozishicha, hozirgisidan 7,4 foizga qimmatroq bo’lgan yangi narxlar 15 mart kuni Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

«O’zbekenergo» saytida e’lon qilingan tariflar reestriga ko’ra, aholiga etkazib beriladigan elektr energiyasining 1 kVt/soati 104,4 so’mdan 112,2 so’mgacha, elektr plitalar bilan jihozlangan turar joy aholisi uchun esa 52,2 so’mdan 56,1 so’mgacha qimmatlashadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.