Rossiya yollanma askarlari Asad uchun jang olib bormoqda

458
0

000

Suriya qo’zg’oloni boshlangandan to hozirgi kunga qadar Rossiya Asadga turli qurol yaroq bilan dastak berib kelayotgani ma’lum. Ammo bugunga kelib, yuzlagan Rossiyaning yollanma askarlari Asad rejimi tomonida turib jang olib borayotgani o’rtaga chiqdi.

Rossiya federal xavfsizlik xizmati (FSB) boshlig’ining o’rinborasari Vladimir Simirnov 300-400 atrofida Rossiyaning yollanma askarlari Asad rejimi tomonida turib jang olib borayotganini ma’lum qildi.

O’tgan may oyida federal xavfsizlik xizmatining boshlig’i Aleksandr Bortnikov Rossiya, Yevropa va O’rta Osiyodan jami bo’lib 200ga yaqin yollanma askarning Asad rejimi tomonida turib jang olib borayotganini taxmin qilgan edi. Biroq uning o’rin bosari oshkor qilgan raqamlar esa faqat Rossiyaning o’zidan borgan yollanma askarlarning soni taxmin qilingandan ancha ko’pligini ochib tashladi.

Federal xavfsizlik xizmati boshlig’ining o’rinborasari Simirnov bu ma’lumotni oshkor qilar ekan, rus yollanma jangchilarining vatanga qaytishlarida Rossiya xavfsizligi uchun katta xatar tug’dirishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Rossiya qonunchiligida bu masalaga bog’liq biror narsa ustida bahs yuritilmaganligini ochiqlagan Simirnov “Bu ishni yaxshilab ko’rib chiqishimiz zarur”, deya ta’kidladi.

Simirnov Shanxay hamkorlik tashkilotining yig’ilishidan so’ng bayonot berib, bu mavzu yig’ilish asnosida ko’tarilmaganligini, biroq rus mas’ullari xos ravishda boshqa davlatlar namoyondalari bilan bu mavzuni muhokama qilganligini aytib o’tdi. Unga ko’ra boshqa davlatlar ham ayni mavzuda o’z xavotirlarini bildirishgan.

Turkiston:

Rossiyaning Suriya masalasida tutgan o’rni, uning dunyo xamjamiyati oldidagi obruyiga katta putur etkazdi. Endi yuqoridagi bayonotlar tasdiqlansa, AQSh Suriya urushidagi provokatsiyaga olib boruvchi vaxshiyliklarning barchasini Rus askarlariga to’ngashga qattiq xarakat qilishi mumkin. Chunki Putin aytganidek Asad rejimi Rossiyadan ko’ra AQShga ko’proq yaqin xamkorlikda keladi.

AQSh Rossiyadan Suriya masalasida juda makkorona foydalanib keladi. U o’z manfaatlari uchun “Xizbullox” ni paydo qilishda va uni dastaklab turishda Rossiya bilan Erondan foydalandi. “Xizbullox” esa o’z navbatida, mintaqadagi suniylar bilan shiyalar muvozanatini ushlab turishdan tashqari, Isroilga qarshi pravokatsiyalik urushlar paydo qilib, unga bir qancha erlarni bosib olishiga imkoniyatlar yaratdi.

Rossiya esa, Yaqin Sharq masalalarining echimlarida ishtirok etayotgandek ko’rsatilinayotganidan rozi edi. U xatto mana shu arzimas ishtirokidan maxrum bo’lib qolishdan xavotirga tushib, katta siyosiy xatolar sodir eta boshladi. Agarda yuqoridagi askariy aralashuvlari tasdiqlansa, bu uning siyosiy xatolarining navbatdagisi bo’ladi.

Askariy aralashuvdan AQSh va YeI davlatlari o’zlarini tiyib turishibdi. Negaki bu aralashuvda, Afg’onistondan ko’ra xavfliroq oqibatlarga olib kalish extimoli juda baland.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.