AQSh va Yevropa Suriyada muvaffaqiyatsizlikka uchradi

526
0

000

AQSh Suriyadagi vaziyatga baho berar ekan, o’zini ovutishga harakat qilmoqda. Vashingtonning hisobicha, Asad rejimiga qarshi kurashayotgan muxolifatning aksariyat qismini shariat hukmini xohlovchilar emas, balki demakratiyaga rozi bo’ladigan mo’tadil qarashdagi musulmonlar tashkil etadi.

Bu fikrni ma’qullagan AQSh prezidenti Barak Obama ko’ra, aksar Suriya aholisi demoqratiyani yoqlayotgan milliy koalitsiya bilan hamfikrdir. “Biz bilan hamkorlikda ishlayogan Suriya muxolifati va Suriya aholisining aksariyati ozod, tinch va sharafli hayot kechirishni istaydi”, – deydi AQSh rahbari.

Sobiq razvedka xodimi Ruel Mark Gerext fikricha, Suriyada islomiy guruhlarning etakchi kuchga aylanishi amri mahol. “Kichik jihodiy tashkilotlarning – hatto ular soni 10-20 ming bo’lsa ham – Assaddan keyingi Suriyada asosiy kuchga aylanishiga shubha qilaman”, – deydi u.

Biroq shayx Abu Mus’ab ash-Shomiy bu borada haqiqatlarni gapirar ekan, Vashingtonni xomtama bo’layotganini bildirdi.

“Aslida ular qo’rqishyapti. Chunki Allohning va’dasi va Rosululloh s.a.v.ning sunnati Xalifalikning qaytishi bilan Shom o’lkasida Islom hukmini hayotga qaytishini ta’kidlab turipti. Ularni mana shu narsa dahshatga solmoqda. Shuning uchun kofir G’arb qo’zg’olon etakchiligini va Shom o’lkasidagi ummat etakchiligini qo’lga kiritish uchun rejalar tuzmoqda, konferentsiyalar o’tkazmoqda. Musulmonlar orasidan ba’zilarni o’zlariga qaratib olib, Suriyadagi malay nizomni o’z o’rnida qoldirishmoqchi”, deydi u Juma kuni musulmonlarga qarata qilgan xutbasida.

“Lekin – deya so’zini davom ettiradi Fozil shayx – Allohga hamdlar bo’lsinki, bugunga qadar ularning barcha siyosiy rejalari barbod bo’ldi. O’tkazayotgan konferensiyalari, barcha-barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Men ularning muvaffaqiyatsizlikka yuz tutish sababini o’z ko’zi bilan ko’rgan guvoh sifatida aytib beraman. Men shaxsan o’zim G’utadan to Dayr az-Zurgacha bo’lgan muxolif kuchlar va Islomiy Otryadlar tarkibidagi mujohidlar hamda qo’zg’olonchilar bilan yuzma-yuz uchrashdim, ular bilan o’tirib suhbatlashdim. Shunga amin bo’ldimki, ulardan 90 foizi Islom hukmi qaytishi xohlashadi. AQSh va Yevropa urinishlarining muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganining asosiy sababi mana shudir. Ularning o’zlari tashkil qilgan milliy koalitsiya va o’zlariga qaratib olgan etakchilar qo’zg’olon boshqaruvini qo’lga olishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Chunki voqelik ularning ziddiga qarab ketmoqda. Mujohidlar, qo’zg’olonchilar va butun Shom ahli Islomni xohlashmoqda”, deya ta’kidladi shayx Abu Mus’ab ash-Shomiy xutba davomida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.