Suriyadagi musulmonlarni xalos qilish uchun asr jinoyatchisidan yordam so’rash ojizlik va ko’rlikdir

375
0

01

Jinoyatchi baaschi rejim 2013 yil 21 avgust chorshanba kuni Shom yurtida kimyoviy qurol bilan minglab musulmonlarni qirg’in qildi. Bu qirg’in ortidan oldinroq Suriyada kimyoviy qurollarning qo’llanishi o’ziga nisbatan qizil chiziq hisoblanishini e’lon qilgan Amerika o’zining harbiy zarba berishi ehtimoli borligiga imo-ishora qildi. Bunga bir tomondan Yevropaning Amerikani qiyin ahvolga solib qo’ygani sabab bo’lgan bo’lsa, boshqa tomondan Amerika o’zining xalqaro mavqeini saqlab qolish uchun shunga majbur bo’ldi. Biroq bu zarbaning tabiati, qaysi ko’lamda bo’lishi hamda qaysi vaqtgacha bo’lishi, bularning barchasi noma’lum bo’lib qolaverdi! Chunki Obamaning shu zarbaga taalluqli o’zining qarorini kongress a’zolariga havola qilishi bu ishlarni kongressda muhokama va ko’rib chiqish o’rniga aylantiradi…

Zolim Asad rejimiga yanada ko’proq qirg’inlarni amalga oshira olishi uchun barcha vositalar bilan ketma-ket muhlatlar berib kelgan Amerika va G’arb davlatlari Suriyada yuz minglab odamlarning qirg’in qilinishi qarshisida qasddan qo’l qovushtirib keldi. Kofirlarning bu qirg’inlarni to’xtatish uchun hech narsa qilmagani tushunish mumkin bo’lgan ishdir. Ammo eng ko’pchilik aholisi musulmonlar bo’lgan davlatlar hokimlarining va hech narsaga yaramaydigan islomiy hamkorlik tashkilotidan tortib o’z birodarlariga qarshi qilinayotgan zulm qarshisida yuzaki chora bo’lishdan nariga o’tmaydigan Arab Davlatlari ligasigacha bo’lgan tashkilotlarning ojiz holda qo’l qovushtirib turaverishi va kofirlardan qo’rqib ulardan yordam so’rashi tushunish hecham mumkin bo’lmagan ishdir! Chunki islomiy yurtlardagi bugungi hokimlar o’zlarining musulmon birodarlarini zolim Bashardan qutqazish maqsadida zarba berish uchun o’zlarining armiyalarini harakatga keltirish o’rniga zulmdan qochib kelgan musulmonlarga boshpana va taom berish bilangina kifoyalanib qo’ya qolishdi.

Alloh Taolo dedi:

«Sizlar hojilarga suv berishni va Masjidul Haromni obod qilishni — Allohga va Oxirat kuniga imon keltirgan hamda Alloh yo’lida kurashgan zotlar(ning amallariga) teng, deb bildingizmi?! Ular Alloh nazdida teng emaslar, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas» [Tavba 19]

Turkiya va butun olam hokimlari Amerika qanday qadam qo’yishini kutib turgan bir vaqtda bosh vazir Erdogan bunday dedi: «Chekli operatsiyani amalga oshirish etarli emas, bu zarba bir kun yoki ikki kun davomida hujum va chekinish amaliyoti bo’lishi o’rniga rejimni yakson qilishga olib kelishi lozim…». Jumhuriyat prezidenti Abdulloh Gul ham xuddi shu mavzu xususida bunday dedi: «Harbiy zarba biron siyosiy strategiyani ishlab chiqmasdan turib biron natijani beradi, deb o’ylamayman».

Biz Hizbut Tahrir – Turkiya viloyati a’zolari esa bu ish bilan shug’ullanayotganlarga bunday deb nido yo’llaymiz: ey jumhuriyat prezidenti Abdulloh Gul! Suriyaning musulmon xalqini qutqazadigan strategiyani kim belgilashi kerak? Islom va musulmonlarning dushmani Amerikami yoki Suriyaning musulmon xalqini birodarim deb hisoblagan senmi? Unday bo’lsa Alloh Taolo rizoligiga ham, odamlarning roziligiga ham erishishingga sabab bo’luvchi ishga qadam qo’yishing uchun o’zing bosh qo’mondon sifatida sening buyrug’ing ostida armiyalarni harakatga keltirishingga nima narsa to’sqinlik qilyapti?

Senchi ey bosh vazir Erdogan! Sening musulmon Suriya xalqini asr jinoyatchisi va qotil Amerikaning «rahm-shafqati» ostiga qo’yib qo’yishing qo’ylarni bo’riga omonat qilib topshirgan kimsaning ishi kabi bo’lib qolmaydimi?! Yoki sen Amerika bundan oldin islomiy yurtlarga harbiy bosqin qilib kirgan paytida qanday jinoyatlarni qilganini unutib qo’ydingmi? Ammo biz Iroqda million musulmon shu qotil Amerika tomonidan qanday o’ldirilganiga, yuz minglab bolalar etim qolganiga, minglab muslima ayollar amerikaliklarning vahshiyligiga duchor bo’lganiga guvoh bo’ldik. Biz Afg’onistonda ham qurolsiz begunoh tinch fuqarolar NATO kuchlari tomonidan o’ldirilganiga, muqaddas Kitobimiz Mushafi sharif bu razillar tomonidan qanday tahqirlanganiga guvoh bo’ldik. Bundan oldin esa biz Bosniya va Gertsegovinada BMT kuchlari musulmonlarni serb «qassob»larga – ular ham o’z navbatida musulmonlarni qirg’in qilib genotsidni amalga oshirishlari uchun – qanday topshirganiga ham guvoh bo’lganmiz. Yoki sizlar biz guvoh bo’lgan bu hodisalarga guvoh bo’lmaganmisiz?!

Qolaversa, Amerika tayyorlayotgan bu harbiy zarbaga nishon muxlis mujohidlar emas, Asad rejimi bo’lishini qanday kafolatlay olasan? Hech shubha yo’qki, bu zarbadan maqsad Amerika va G’arb Suriya uchun Baas rejimidan keyin istayotgan demokratiya loyihasini qat’iyan rad etayotgan qarshilik harakatidagi jamoatlar va otryadlarni jazolashdir. Demak kofirlarning maqsadi kofir G’arb loyihasini rad etayotgan va Islomiy Xalifalik davlatini tiklashga harakat qilayotgan har bir musulmonga shikast etkazishdir.

Ey bosh vazir Erdogan! Biz boshimizdan kechirib aziyat chekayotgan xoru zorlik holati musulmonlarni albatta alamlantiradi. Chunki ular o’zlariga yordam va ko’mak qo’lini cho’zadigan bitta hokimga o’ta muhtoj bo’lib turishibdi. Shuning uchun ikki yil oldin bir suriyalik qizcha o’zining «oh, Mo”tasim» va «oh, Erdogan» degan mashhur faryodini yo’llagan edi. Biron shijoatli Mo”tasim chiqib qolarmikin degan umidda shu nidoni yo’llagan edi. Boniyos aholisi ham – ular yo’llagan murojaatda kelganidek – o’zlarini himoya qiladigan Mo”tasimning kelishiga intizor bo’lishgan edi. Hozir ham Shomda yuraklari kimyoviy qurollar qo’llanganligi sababli tilka-pora bo’lgan bolalar o’zlarini qutqazadigan ana shu Mo”tasimni intizorlik bilan kutishmoqda. Alloh haqqi, bu faryodlarni eshitmayapsizmi?

Alloh Taolo dedi:

«Agar ular din yo’lida sizlardan yordam so’rasalar, yordam qilish zimmangizdadir» [Anfol 72]

Shuni yaxshi bilginki, Suriya xalqi sen istayotganingdek Amerika va G’arb davlatlarining «yordam berishi»ni aslo istamaydi. Chunki Suriya xalqi bugun o’tmishda bo’lganidek o’ziga yordam uchun etib keladigan islomiy armiyalarni kutmoqda. Zero Suriya xalqi nusrat faqat Alloh Subhanahu va Taolo huzuridangina kelishiga imon keltirgan va ayni vaqtda bu xalq kofir davlatlar tayyorlayotgan zarbani qat’iyan rad etmoqda. U cheklangan zarba bo’ladimi yoki keng ko’lamli zarba bo’ladimi, hech farqsiz uni qat’iyan rad etmoqda. Suriya xalqi ham o’z ishida hozircha mag’lub bo’lib turgan qolgan islomiy xalqlar kabi bitta xalifani tiklashni istamoqda. Bu xalifa uni, oilalarini, or-nomuslarini, yurtlarini, dinini himoya qiladi. Ya’ni bu xalq Rosul s.av.ning:

«إِنَّمَا الإمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Imom bamisoli ortida turib jang qilinadigan va himoyalaniladigan bir qalqondir» (sahih Buxoriy) degan hadisida kelganidek bir qalqonni istamoqda. Ey musulmonlar! Amerika va G’arb BMT niqobi ostida homiylik qilayotgan iflos siyosatlar na Suriya uchun va na boshqa har qaysi mazlum yurtlar uchun aslo echim bo’lolmasligini tushunib etishingiz vaqti allaqachon keldi. Chunki mustamlakachi kofir musulmonga hech qachon yordam bermaydi. Aksincha yordam, nusrat faqat yolg’iz Alloh Subhanahu va Taolo huzuridangina keladi. Musulmonlarning xalos bo’lishi uchun yagona yo’l Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritadigan roshid Xalifalik davlatini tiklashdir. Shuning uchun mana shunga harakat qilishlaringiz kerak yoki unga harakat qilayotganlarga yordam berishlaringiz kerak. Allohga haqiqiy tavakkal qilinglar. Zero nusrat faqat Alloh Subhanahu va Taolo huzuridangina keladi.

Alloh Taolo dedi:

«Nusrat faqat Allohning dargohidan bo’lur. Haqiqatan, Alloh g’olib va hikmatlidir» [Anfol 10]

Hizbut Tahrir

28 shavvol 1434h Turkiya viloyati

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.