Qirg’iziston premer-ministri OBSYe maxsus vakili bilan uchrashdi.

414
0

images

28 avgust kuni Qirg’iziston poytaxti Bishkekda premer-ministr Toqon Mamitovning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (OBSYe) Parlamentik Assambleyasining Markaziy Osiyodagi maxsus vakili Terri Mariani bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Qirg’iziston Respublikasi hukumati matbuot xizmati ma’lum qilishicha, uchrashuvda T. Mamitov OBSYe bilan hamkorligi tufayli Qirg’iziston hukumati chegaralar xavfsizligi, noqonuniy narkotik savdosi hamda g’oyri-qonuniy hijratga qarshi kurash xususida loihalar belgilaganligi va ularni xayotga tatbiq qilishga xozirlik ko’rayotganligini belgiladi.

Shuningdek vitse-premer maxsus vakilga Qirg’iziston Respublikasi OBSYe yordamida Markaziy Osiyoning ruhoniylari rahbarlari bilan huquq qo’rg’ov muassasalari rahbarlarining uchrashuvini uyushtirishlikni rejalashtirayotganligini aytdi. “Ruhoniylar rahbarlarini yoshlarga diniy tarbiya berishlikka va diniy terrorchilikka bog’liq muammolarni hal etish uchun jalb qilish zarur”, – dedi u.

O’z navbatida Terri Mariani Qirg’iziston Respublikasi bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini izhor qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.