Asad harbiylari tahdid qilmoqda

410
0

загруженное

“Chiqmagan jondan umid”, deganlaridek, Asad rejimi ham bekinib yotgan joyidan tahdid qilishni davom ettirmoqda. Suriya harbiylari mamlakatga qilinadigan ehtimoliy hujum oqibatlaridan ogohlantirdi.

Xarbiy manbaning ta’kidlashicha, agar Damashqqa hujum uyushtirilsa buning evaziga Damashq Tel-Avivni nishonga oladi. Unga ko’ra, Suriyaga qilingan hujum Yahud vujudiga zarba berish uchun Damashq qo’liga taqilgan kishanlarni echib yuboradi.

“Agar urush alanga olsa, Isroil vujudi urush o’tida jizg’anak bo’ladi. Bu nizoga qo’shni mamlakatlar ham aralashib ketadi”, dedi Suriya qo’shini tarkibidagi yuqori darajali mas’ul.

Ismini oshkor qilmagan bu harbiy mas’ul “Suriya to’rtta raketaning tushishi bilan qulaydi, deb o’ylash xatodir”, deya qo’shimcha qildi.

G’arb bir tarafdan hujumga undayotgan bo’lsada, ikkinchi tarafdan Suriya rejimini zayiflashtirish oqibatida ba’zi muammolar kelib chiqishidan ogohlantirmoqda. Uning aytishicha, agar bu amalga oshsa, Isroil vujudi xatar ostida qolishi mumkin. Chunki Suriya rejimini zayiflashtirishga bo’lgan harakat Isroil vujudiga hujum qilish va unga xatar tug’dirishning kaliti hisoblanadi.

Isroil manbasiga ko’ra ayni mavzu borasida Isroil bilan AQSh o’rtasida tinimsiz muloqot olib borilmoqda. Isroil radiosining xabar qilishicha, milliy xavfsizlik vaziri Ya’qub Omi Darur va harbiy reja tuzuvchi shu’baning raisi Namrud Sxeffer boshchiligidagi delegatsiya bu xususda AQSh milliy xafsizlik bo’yicha prezident maslahatchisi Syuzan Rays bilan vashingtonda muzokara olib bormoqda. Milliy xavfsiz kengashining so’zchisi Keytlin Xeydenning ma’lum qilishicha, Syuzan Rays Isroil hay’ati bilan Eron, Misr, Suriya va bir qator mintaqalararo xavfsizlik mavzusini muhokama qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.