“Musulmon birodarlar”ga 48 soatlik ultimatum e’lon qilindi

434
0

12

Misrdagi xarbiy qo’mandonlik payshanba, 25 iyul kuni “musulmon birodarlar”ga 48 soatlik ultimatum e’lon qildi, deb xabar qiladi Reuters.

Sobiq hokimyatda bo’lgan radikal islomiy xarakatning siyosiy tartibni va tinchlikni o’rnatish planiga qo’shilishliklariga shanba kunining o’rtalarigacha imkoni bor:

“Birinchidan biz xech narsa qilmaymiz, ammo “ixvon”ni liderlari yoki uning taraftorlari tomonidan bo’ladigan har qanday zo’ravonlikka yoki qora terrorizmga karshi qattiq chora ko’ramiz. Ularning xoh-istaklaridan qutilish maqsadida qilayotgan tinchlik namoishchilarni himoya qilish bizning zimmamizda” deb, Misr xarbiy boshqarmasi bayonot berdi.

Eslatib o’tish joyizki, xarbiy qo’mandonlik 3 iyulda “musulmon birodarlar”ning qo’llovidagi Muhammad Mursiyni Misr prizidentligidan chetlatgan edi. Musulmon birodarlar bo’lgan ishlarni xarbiy to’ntarish deb baholashib, vaqtinchalik hokimiyat bilan hamkorlikni rad qilib kelayapdi. bu xarakatning liderlaridan bir nechtasiga tartibsizliklarni vujudga keltirishda ayblashgan va 14 iyulda ularning mulklari muzlatilgan. Prokratura 24 iyul kuni “ihvonil muslimin”ning lideri Muhammad Badiy va uning sakkiz safdoshini qo’lga olish uchun order bergan.

Misr mudofa minstiri Abdul Fattoh Sisiy Misr xalqini juma, 26 iyul kuni ko’chalarga chiqib, armiyaga “yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tartibsizliklar va terrorizmga qarshi kurashish” vakolatini berishga chaqirdi. Shu o’rinda birodarlar, har qanday tartibsizliklarni bartaraf etishlariga vaqtinchalik hokimiyatning qonuniy imkonlari bor degan fikrda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.