Saudiya muftisi: Namozxonlar siyosatni tushunishmaydi

311
0

1

Saudiya bosh muftisi Abdulaziz Oli Shayx masjid imom xatiblarini siyosiy ishlar haqida gapirmaslikka chaqirdi. “Chunki namozxonlar bu narsani tushunishmaydi”, dedi u.

“Vatan” saytining yozishicha, Saudiya muftisi imom xatiblardan xutbalarini jamiyatdagi muammolarning muolajasi haqidagi fikrlardan toza tutishga chaqirib, musulmonlar tushunmaydigan narsalar ya’ni siyosat haqida gapirishdan uzoq turishni talab qilgan. Mufti siyosat musulmonlar voqeidan uzoq bo’lganligi sababli ular buni tushunmay qolganligini da’vo qilgan.

Oli shayx imom xatiblarni namozxonlarni siyosiy ishlar bilan mashg’ul qilmaslikka chaqirar ekan, “Namozxonlar tushunmaydigan va idrok qila olmaydigan narsalardan uzoq bo’lish vojibdir”, deydi.

U o’tgan haftada Misr xalqini aqlni ishlatishga chaqirgan va fitna olovini o’chirib, imkoni boricha kelishib olishga da’vat qilgan edi.

Shuningdek, Saudiya muftisi – uning ta’biri bilan aytganda – baxtsizlikka yuz tutgan davlatlarga borib jihod qilishga da’vat qilishdan imom xatiblarini ogohlantirgan edi.

Saudiyadagi islomiy ishlar vazirligi poytaxt Riyozdagi Shayx Muhammad ibn Abdulvahhob jome masjidining imomini xutba qilayotganda to’xtatib qo’ydi. Chunki u xutba izidan yigitlarni qo’liga qurol olib, qo’zg’olon bo’layotgan davlatlarga borib jihod qilishga undash ummat ulamolari va ayollari uchun o’ta muhimligi haqida gapirayotgan edi.

Turkiston:

Saudiya G’arb imperialistlarining manfaati yo’lida, ummati Muxammad SAV ziyoniga juda katta ishlar qilib keladi.

Shulardan eng muhimlari, Islom ta’limotini G’arb tuzib bergan asosda qurib, buzuq va qalbaki olimlar tayorlaydigan muhit paydo qildi. Ular Islomdagi ilm olish tariqatini buzishdi. Zero ilm xayot muammolarini muolaja qilishda shariy hukmlarni nususlardan to’g’ri istinbot qilish bilan, uni xayotimizning barcha jabhalarini boshqarishini taminlash maqsadida olinishi lozim edi.

Buning uchun, Islomni xayotimizni boshqara oladigan siyosiy mabda’ (sistema) deb, fikrat va tariqatdan tashkil topgan tuzm sifatida o’rganish va o’rgatishlari lozim edi. Ular aksincha Islom ta’limotini nazariy, tarixiy, falsafiy va ilmiy asoslarga qurib olishdi. Xaqiqiy usuli fiqx ilmini buzib, unga mutloq yaroqsiz shaxslarni ham nususlardan o’zibilarmonlik bilan ijtixod qiladigan qilib tarbiyaladi. Oqibatda shar’iy hukmlarni istinbot qilish, xatto har bir arabcha bilgan talabaga oddiy xol bo’lib qoldi. Natijada muftiylarining yuqoridagi kabi bayonotlarini, qanchalar Islomga teskari ekanligini ham seza olmaydigan qilib qo’ydi. Muftiyning shu so’zni aytishga jura’t qilayotganining o’zi, yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlaydi.

Aslida muftiy shunday desa to’g’ri bo’lar edi: xozirgi ustimizda ketayotgan kufr dunyo siyosati, bizlar uchun be’gona. Biz Islom va musulmonlarga, dunyoning qaerida bo’lmasin yordam qo’lini cho’zishimiz vojib. Lekin kufr sistemasi yoki siyosati asosida emas. U bizlarga do’st emaski, bizlarga Islomni oliy qilishimizda to’g’ri yo’llarni tuzib bersa. Biz Islom siyosati asosida xarakatlanib, malomatchining malomatiga parvo qilmagan xolda, ustimizdagi kufr siyosatlarini uloqtirib tashlaylik. U bizlarni ba’zilarimizni so’yiladigan ho’kkizlardek semirtirdi. Boshqalarimiz qo’shni bo’la turib ochidan o’layotganlarini ko’rdik va undan qo’rqqanimizdan musulmon birodarlarimizga yordam bera olmadik. Zero o’zimizdan ortib qolgan oziq ovqatlarni xayvonot qo’riqxonalariga olib borib tashladik. Endi kufr bizlarning bir qismimizni qatli omm qila turib, qolganlarimizni sukut qilishga chaqirdi. Agar biz musulmon bo’lsak nima qilishimiz lozim bo’lsa shuni qilaylik.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.