Fiqhdan namunalar

496
0

фикх-199x300

بسم الله الرحمن الرحيم

Amirlik Amirlik, rayosat va qiyodat bitta ma’nodadir. Rais, qoid (etakchi) va amir bitta ma’nodadir. Ammo xalifalik dunyodagi hamma musulmonlarning rayosatidir va u amirlikdan bo’lib, amirlik sirasiga kiradi. Demak xalifa amirdir va mo’minlar amiri deb ataladi. Demak amirlik umumiyroq, xalifalik esa xosroqdir. Ikkalasi ham rayosatdir. Xalifalik kalimasi hammaga ma’lum mansabga xos bo’lsa, amirlik kalimasi barcha amir uchun umumiydir. Musulmonlar o’zlariga bir amirni tiklashga buyurilganlaridek, xalifani tiklashga ham buyurilganlar. Chunki amirlik boshqaruv turlaridan biridir. Demak u boshqarish topshirilgan narsa bo’yicha boshliqlikdir. U bilan xalifalik o’rtasidagi farq shuki, xalifalik dunyodagi hamma musulmonlar ustidan umumiydir, amirlik esa boshqaruvni topshirishgan kishiga va boshqarishni unga topshirishgan narsaga xosdir. Amirlik boshqaruvni topshirishgan kishidan boshqaga o’tmaganidek boshqarishni unga topshirgan narsadan boshqa narsaga ham o’tmaydi. Rayosat, qiyodat va amirlik uslub emas, shar’iy hukmdir. Demak musulmonlar Alloh buyurgan narsalar va shariat olib kelgan narsa chegarasida shu uchchovi doirasidan chiqmasligi vojib.

Musulmonlardan har qanday jamoat o’zaro mushtarak ishni bajarsa o’ziga bir amirni tiklashi bu jamoaga farzdir. Ammo agar ish har birida alohida-alohida bo’lsa, u holda jamoadan o’ziga bir amirni tiklashi talab qilinmaydi. Chunki amirlik jamoat ustidan o’zaro mushtarak ishdagina tiklanadi. Ana shunda amir saltanatga ega bo’ladi va hal qiluvchi so’z uniki bo’ladi. Har qanday jamoat o’rtasida bir mushtarak ishning vujudga kelishi ularga o’zlariga bir amirni tiklashni muqarrar qilib qo’yadi. Aks holda bu ish ularning o’rtasida pala-partish bo’lib qoladi va unda buzilish yuz beradi. O’zaro mushtarak ishni bajaradigan jamoat uchun bir raisni tiklash musulmonlarga farz ekanligiga kelsak, bunga dalil quyidagi hadislardir: Ibn Hanbal Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qildi, Nabiy (s.a.v)dedilar:«Sahro erida ketayotgan uch kishiga o’zlariga bittalarini amir qilib olmasliklari halol bo’lmaydi». Bazzor sahih isnod bilan rivoyat qiladi, Umar ibn Xattob (r.a) dedi: «Agar uchtangiz safarda bo’lsangiz o’zingizga bittangizni amir qilib olinglar. Rosululloh (s.a.v)buyurgan amir o’shadir». Bazzor sahih isnod Ibn Umardan rivoyat qiladi, Rosululloh (s.a.v)dedilar: «Agar uch kishi safarda bo’lishsa, bittalarini amir qilib olishsin». Abu Said Xudriy rivoyat qiladi, Nabiy (s.a.v)dedilar: «Agar uch kishi safarga chiqsa, bittalarini amir qilib olishsin». Abu Dovud rivoyati. Uchta yoki undan oshiq odamning o’zlariga bittalarini amir qilib olishlari shar’iy hukm ekanligi mana shu hadislarda ochiq ko’rinib turibdi. Endi Rosululloh s.a. ning hadislardagi: «sahroda», «safarda» degan so’zlariga kelsak, bu so’zlar ularning sahroda o’zaro mushtarak ish ustida jamlangan bo’lishlariga yoki safarda ketayotganlariga yoki shunga o’xshash mushtarak ishlarga dalolat qiladi. Demak buning sirasiga hizb, jamiyat, sariyya, armiya, mahalla, shahar, o’lka va boshqalar ham kiradi. Zero bu hukm sahrolik erda ketayotgan yoki safarda bo’lgan uch kishi uchun shar’iy hukm ekan, kattaroq sondagi kishilar uchun yoki kattaroq ish uchun u allaqachon shar’iy hukm bo’ladi. Demak bu hadislar sahroda ketishni ham, safarni ham va bu ikkisidan ko’ra kattaroq bo’lgan boshqa ishlarni ham o’z ichiga olib, umumiy bo’ladi. Chunki mafhumul muvofaqa(mafhumul muvofaqa – lafzning dalolatidan tushuniladigan ma’no lafzning o’zidan tushuniladigan ma’noga muvofiq kelsa bu mafhumul muvofaqa bo’ladi, masalan, «Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa (qiyomat kunida) o’shani ko’rur» oyatining mafhumul muvofaqasi «kim zarra misqolidan ko’proq yaxshilik qilsa albatta uni ko’radi».) shunga dalolat qiladi. Zero usul qoidasi shuki, xitob mazmuni o’z ichiga olgan narsaga amal qilinadi. Masalan bir narsaga buyurilsa yoki bir narsadan qaytarilsa, bu narsaning mafhumi ham mantuq bilan birga buyurilgan va qaytarilgan narsa ichiga kiradi hamda buyruq va qaytaruv mantuqning o’zigagina xos bo’lmaydi. Ya’ni bir narsaga buyurilsa yoki bir narsadan qaytarilsa bu buyruq va qaytaruv shu buyurilgan yoki qaytarilgan narsadan ko’ra birlamchilikda ko’proq va kattaroq bo’lgan boshqa narsalarni ham o’z ichiga oladi. Bunga misol ota-onani so’kish va urishning haromligidir. Buni

Alloh Taoloning:

«Ularga qarab «uf» tortma» [Isro: 23]

degan qavli dalolatidan tushunib olamiz. Ya’ni ota-onaga “uff” deyishni harom qilgan oyatdan ularni sukish va urish albatta haromligini bilb olamiz. Yetimlarning molini nobud qilishning haromligi.

Buni Alloh Taoloning:

«Yetimlarning mollarini zulm yo’li bilan eydigan kimsalar…» [Niso: 10]

degan qavli dalolatidan tushunib olamiz. Omonatdor kishining qintordan oz bo’lgan omonatni ham egasiga qaytarishi, omonatdor bo’lmagan kimsaning bir dinordan oshiq bo’lgan omonatni allaqachon qaytarmasligi.

Buni Alloh Taoloning:

«Ahli kitob orasida shunday kishilar borki, unga behisob molni omonat qo’ysangiz, xiyonat qilmay sizga qaytaradi. Ularning orasida yana shundaylari ham borki, unga bir dinorni ishonib bersangiz ham sizga qaytib bermaydi» [Oli Imron: 75]

degan qavlidan tushunib olamiz. Shuningdek Rosululloh (s.a.v)safarda va sahroda bir kishini amir qilib olishga buyurdilar. Bu buyruq safar va sahroda ketib borishdan ko’ra muhimroq va kattaroq bo’lgan narsalarga ham tegishli bo’lib, ularni allaqachon o’z ichiga oladi. Chunki xitob mazmuni dalolat qiladigan har bir narsa shu buyruq ichiga kiradi. Yuqoridagi hadislarda ko’rinib turgan bu mafhumul muvofaqani Rosululloh (s.a.v)qilgan ish qo’llab-quvvatlaydi. Zero Payg’ambarimiz (s.a.v)safardan ko’ra muhimroq bo’lgan narsalarda ham bir amirni tayin qilganlar. Masalan hajda, g’azotda, valoyatda amir qildilar.

Bu bir makonda yoki o’zaro mushtarak ishda har qanday jamoat ustidan bir amir tiklanishining vojibligi to’g’risidagi dalillardir. Ammo bu amir bitta bo’lishi lozim. Bittadan ko’p bo’lishi joiz emas. Shariat shuni buyurdi. Demak Islom jamoiy qiyodat va jamoiy rayosatni tan olmaydi. Aksincha Islomda qiyodat faqat fardiy (bitta) bo’ladi. Shuning uchun rais yoki amir yoki rahbar bitta bo’lishi vojib. Bittadan ko’p bo’lishi joiz emas. Bunga dalil yuqoridagi hadislar nassida va Rosululloh (s.a.v)qilgan ishda ochiq ko’rinib turibdi. Masalan bu hadislarning hammasida «أَحَدَهُمْ», «أَحَدَكُمْ» ya’ni bittalarini, bittangizni, deyilmoqda. «Ahad» kalimasi sonlardan bittaga dalolat qiladi, undan ko’pga dalolat qilmaydi. Buni mafhumul muxolafa(mafhumul muxolafa – lafzning dalolatidan tushuniladigan ma’no lafzning o’zidan tushuniladigan ma’noning muxolifi-ziddi bo’lsa bu mafhumul muxolafa bo’ladi,)dan tushunib olinadi. Mafhumul muxolafaga – agar uni bekor qiladigan biron nass kelmasa – son, sifat, g’oya va shartda amal qilinadi. Demak mafhumul muxolafa faqat bitta holatda, ya’ni uni bekor qiladigan biron nass kelgandagina bekor bo’ladi. Bunga misol

Alloh Taoloning ushbu qavlidir:

«Poklikni istagan cho’rilaringizni zinokorlik qilishga majburlamanglar» [Nur: 33]

Buning mafhumul muxolafasi «agar poklikni istashmasa majbur qilinadilar», degan mazmun bo’ladi. Lekin bu mafhumul muxolafa

Alloh Taoloning:

«Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzuqlik va eng yomon yo’ldir» [Isro: 32]

degan qavli bilan bekor bo’ladi. Demak agar mafhumul muxolafani bekor qiladigan biron nass kelmasa, u holda unga amal qilinadi. Bunga misol Alloh Taoloning ushbu qavlidir: «Zinokor ayol va zinokor erkak – ulardan har (birini yuz darradan uringlar» [Nur: 2] Va Rosululloh s.a. ning: «Suv ikki ko’zaga etsa nopok bo’lmaydi», degan so’zidir. Bu ikki nassdagi hukm maxsus son bilan cheklab qo’yildi. Uning bu cheklanishi shu sondan boshqasi unga xilof ekaniga dalolat qiladi. Masalan bu ikki nassdan biri yuz darradan oshig’i joiz emasligiga, ikkinchisi esa ikki ko’zadan kam suv nopok bo’lishiga dalolat qilyapti. Shunga ko’ra Rosululloh s.a. ning bu hadislardagi: «bittalarini amir qilib olsinlar», «bittalarini amir qilib olmasliklari halol bo’lmaydi», «bittangizni amir qilib olinglar», degan so’zlarining mafhumul muxolafasi bittadan ko’p kishini amir qilib olish joiz emasligiga dalolat qiladi. Shunga asosan amirlik faqat bitta bo’ldi. Bittadan ko’p bo’lishi mutlaqo joiz emas. Bunga hadislar nassining mantuqi ham, mafhumi ham dalolat qilyapti. Buni Rosululloh (s.a.v)qilgan ish ham quvvatlaydi. Chunki Payg’ambarimiz (s.a.v)o’zi amir qilgan barcha hodisalarda faqat bitta kishini amir qildilar, biron joyda bittadan ko’p kishini mutlaqo amir qilmadilar.

Ammo Rosululloh s.a.ning Muozni va Abu Musoni Yamanga yuborib, ikkovlariga:

«Yengil qilinglar, og’ir qilmanglar, xursand qilinglar, nafratlantirmanglar, ittifoq qilinglar» deb aytgani haqidagi hadisga kelsak, bu hadis Payg’ambarimiz s.a.ning bitta joyga ikki kishini amir qilganiga dalolat qilmaydi. Bu hadis Buxoriyda ushbu nass bilan kelgan: Bizga Muslim, bizga Sho”ba, bizga Said ibn Abu Burda otasidan hadis rivoyat qilib bunday dedi: Nabiy (s.a.v)uning bobosi Abu Musoni va Muozni Yamanga yuborayotib bunday dedilar: «Yengil qilinglar, og’ir qilmanglar, xursand qilinglar, nafratlantirmanglar, ittifoq qilinglar». Shu hadisning o’zi g’azotlar bobida ushbu nass bilan ham kelgan: Bizga Muso, bizga Abu Avona, bizga Abdulmalik Abu Burdadan hadis rivoyat qildi: Rosululloh (s.a.v)Abu Musoni va Muoz ibn Jabalni Yamanga yubordilar. Ularning har birini Yamanning boshqa-boshqa tarafiga yubordilar. So’ngra bunday dedilar: «Yengil qilinglar, og’ir qilmanglar, xursand qilinglar, nafratlantirmanglar». Shundan keyin har biri o’zining ishiga jo’nab ketdi. Payg’ambarimiz (s.a.v)ikkovini Yamanning boshqa-boshqa tarafiga amir qilganligi aytilgan keyingi rivoyat oldingi rivoyatni tafsir qiladi. Demak ikkalasi bitta joyda amir bo’lishmagan. Aksincha har biri boshqa-boshqa joyga amir bo’lgan. Shunga ko’ra bitta ishga va bitta joyga ikki kishining boshliq bo’lishi hecham joiz emas. Aksincha boshliq faqat bitta bo’lishi lozim. Bundan ko’p bo’lishi harom. Lekin shuni ham bilish lozimki, Islomda rayosat, amirlik va qiyodat gegemonlik emas. Chunki gegemonlik gegemonga tobe bo’lishni taqozo qiladi. Islomda rayosat raisga ishlarni boshqarish huquqini, o’zi bosh bo’lgan ishdagi sultonlik huquqini va o’z raisligi ostiga kiradigan har bir narsani ijro qilish huquqini beradi, xolos. Bular u amir qilib tiklangan salohiyatlar bo’yicha va u rais qilib tiklangan ishga nisbatan shariat unga bergan huquqlar doirasida bo’ladi.

Endi musulmonlar yurtlarida hozir keng tarqalgan majlis yoki lajna (komissiya) yoki idoriy hay’at yoki shunga o’xshash nomlar bilan jamoiy rayosatni tuzib, unga rayosat salohiyatlari berilayotganiga kelsak, bu – agar rayosat ana shu hay’at yoki majlis yoki lajnaning huquqi qilib qo’yilsa – shariatga xilofdir. Ammo agar lajna yoki majlis yoki hay’at og’irliklarni ko’tarish, ishlar to’g’risida bahs-munozara qilish va maslahat uchun tuzilgan bo’lsa, bu joiz va u Islomdandir. Chunki musulmonlar maqtalgan narsalardan biri ularning ishlari o’zaro sho’ro-maslahat bilan bo’lishidir. Bu paytda lajna yoki hay’at yoki majlisning ra’yi e’tibor jihatidan ishlarni ado etish bilan bog’liq bo’ladigan narsalarda ko’pchilik ovoz bilan majburiy bo’ladi. Hukmlar, fikrga olib keladigan ra’ylar, mutaxassislik ra’ylari va ta’riflar bilan bog’liq bo’lgan narsalarda ular sho’ro uchun tuziladi, xolos. Ammo kommunizm ideologlari rahbariyatning jamoiy yoki fardiy (yakka tartibda) bo’lishi haqida talashib-tortishgan narsalarga kelsak, Islomda uni bahs qilishga o’rin yo’q. Chunki Islom rahbariyat fardiy bo’lishini nass bilan va amalda belgilab qo’ydi. Bunga sahobalar ijmo qildi. Ummat hamma asrlar davomida shunga amal qilib keldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.