Amerikaga Afg’oniston va Pokistonda mavjud bo’lib turishini yo’q qiluvchi zarba yo’llang

358
0

gerb

Ey qabila oqsoqollari, qurolli kuchlar va xavfsizlik xodimlaridan iborat musulmonlar!

Shubhasiz, bugun Amerika Afg’onistondagi musulmonlarni Pokistondagi birodarlaridan ajratib turuvchi soxta chegaraning ikki tomonida ham, Qabilalar mintaqasida ham ulkan krizisga yuz tutdi. Uning bu mintaqaga qilgan urushi uni tarixda olib borgan barcha urushlaridagi eng og’ir botqoqqa g’arq qildi. Amerikaning bu urushlarining barchasidan shu narsalar fosh bo’ldiki, u har qancha rivojlangan qurol-aslaha va texnikaga ega bo’lmasin, shularni ishga solish uchun odamlar istagiga va qaroriga muhtoj bo’lib qolgan hamda amerikalik askarlar jang qilishni bilmaydigan qo’rqoqlardan o’zga kimsa emas, jangohda musulmonlarga duch kelishdan cho’chishlari – xoh urush paytida, xoh urushdan keyin bo’lsin – ularni o’z joniga qasd qilishdek telbalarcha xatti-harakat qilishga undadi! Amerika duch kelgan iqtisodiy krizis unga qattiq ta’sir qilib, moliyaviy potentsialini zaiflashtirdi va harbiy sarf-xarajatlarini qayta ko’rib chiqishga majbur qildi. Natijada, Amerika bunday o’tkir krizisdan uni qutqarishlari uchun Davha, Bryussel, Islomobod, Qobul va boshqa shaharlarda o’zining yaqinu uzoq malaylarini to’pladi. Uning bu muxlis malaylari bo’lmaganda edi, u salibchilik urushidan to shu kungacha sodir etgan ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo’lolmagan bo’lardi. Uning yuvindixo’r hokimlari bo’lmaganda edi, Pokiston darvozalari Amerika qurolli kuchlari uchun lang ochib berilmagan bo’lardi hamda Amerika mintaqada urush olib borish va uni boshqarib turish uchun zarur josuslik ma’lumotlarini qo’lga kiritolmasdi!

Amerika bunday sara malaylardan biror kun ham behojat bo’lgan emas. Misol uchun, u Qabilalar mintaqasida musulmonlarning qaqshatqich qarshiliklariga duch kelgan paytda Pokiston ichkarisida fitna urushini boshlash uchun malaylarini to’plab, Amerikaga qarshi bir saf bo’lib kurashish o’rniga, musulmon bilan musulmonni urishtirish uchun qurolli kuchlarni o’z musulmon birodarlariga qarshi qo’ydi! So’ng siyosiy va harbiy qasamyodlarini buzgan bu kimsalar Raymond Devis singari ajnabiyning yurt fuqarolari va qurolli kuchlariga qarshi portlash amaliyotlari sodir etishiga yo’l qo’yishdi. Portlash amaliyotlari sodir etishdan maqsad esa ular bilan mujohidlar o’rtasida dushmanlik oloviga o’t qalab, birini ikkinchisiga qarshi qo’yish bo’ldi! Buning ustiga, Musharraf ham, Kiyoniy ham, boshqalar ham Amerikaga jon-dillari bilan va avvalda aslo guvohi bo’linmagan darajada xizmat qilishib, Pokistonda Amerika josuslari uchun bazalar ochib berishdi. Amerikaning Markaziy razvedka boshqarmasi, Federal tergov byurosi va Maxsus harbiy tashkilot kabi agentliklardagi bu josuslar yurtimizda qo’rqinchli vaziyat yaratishga harakat qilishdi. Bu xizmatlarga qo’shimcha, yana ular shu yillar mobaynida qurol-yarog’ va yonilg’i kabi qo’shimcha yordamlar olib o’tish uchun salibchilarga yo’llarni ochib berishdi.

Hozir esa, garchi musulmonlar bir-birlariga qarshi qo’yilganlariga qaramay, Amerika hamon mag’lubiyat ketidan mag’lubiyatga uchramoqda. Uning oldida muzokara olib borish, unga gijgijlash uchun muhit tayyorlash va Amerika qurolli kuchlaridan o’zga echim yo’q, degan narsani tan oldirish uchun yana Qatarda aynan shu xoin hokimlarni to’plashdan o’zga yo’l qolmadi. Go’yo bu bosqinchi kuchlar, musulmonlar erlaridan bir qarichi ustida bo’lsa ham, muzokara qilish va tan olinish huquqiga egaday! Shuningdek, bu xoinlar Amerika yordamida Qabilalar mintaqasidagi musulmonlar va qurolli kuchlar irodalarini bukish orqali ularni salibchilarga qarshi jihod qilish burchlaridan voz kechishga undashdi. Toki, Amerika «Afg’onistondan ma’lum darajada chiqib ketish» degan narsani dastak qilib, so’ng bunday chiqib ketishni musulmonlar uchun g’alaba qilib tasvirlab, bu ikki yurtda doimiy tarzda o’rnashib qolsin!

Ey qudrat egalari, ansorlar avlodlari!

Siz bugun qudratli pozitsiyada turibsiz, dushmaningiz bo’lsa zaif ahvolda turibdi. Unutmang, nusrat bir soatli sabr ortida. Bas, amerikalik bosqinchilar yo ularning vakili bilan muvofiqlashuvga rozi bo’lishingiz aslo durust emas. Kiyoniy, Navoz Sharif va Karzay kabi arzongarov malaylarning shahidlaringiz qoni ustida savdolashishlariga yo’l qo’ymang, bu shahidlar amerikalik bosqinchi kuchlarni tang ahvolga tushishga, natijada, ularning hal qiluvchi zarbalaridan qo’rqib yotishga majbur qilgandilar. Sizning mustahkam imoningiz va kuchli azm-qaroringizga qarshi tilbiriktirishlariga yo’l bermang, chunki Alloh I siz bilan birgadir va amallaringiz savobini hargiz kamaytirmaydi:

«Bas, siz sustkashlik qilmang va o’zlaringiz oliy bo’lgan hollaringizda yarashishga ham chaqirmang, Alloh sizlar bilan birgadir va U hargiz qilgan amallaringizning (savob-mukofotini) kamaytirmaydi» [Muhammad 35]

Amerika rejasini barbod qilish va Kiyoniy-Shariflarga shayton vasvasasini unuttirib qo’yadigan dars berish sizga topshirilgan. Siz bu yuvindixo’rlarni sharmandalarcha quvilib chiqishga majbur qilayotgan paytingizda quloqlariga quyib qo’ying, ular insha Alloh, kirib kelayotgan to’g’ri yo’lni tutuvchi xalifa qo’lida albatta mahkamaga tortilajaklar va loyiq jazolarini olajaklar. Ularga eslatib qo’ying, bu jazo Allohning azobi oldida juda oz bo’lib, qachon Alloh eru samoni tep-tekis qilgan kunda tanalari qilmishlariga guvohlik beradi, o’zlari haqqa egilmagan holda g’o’dayib olishadi. Xo’sh, ular vaqt kech bo’lmasdan oldin hozir bundan qo’rqib-titrasharmikin?!

Xalifalik davlatining mintaqada qayta barpo etilishini ta’minlash ham sizga yuklangan, albatta. Bu esa Amerika bosqinchiligiga butkul zarba bo’ladi. Bu zarba mintaqadagi salibchilikning mavjud bo’lib turishiga yakun yasaydi hamda Ummat uchun va Amerikaning zo’ravonligidan tinkasi qurigan barcha xalqlar uchun haqiqiy xursandchilik zarbasi bo’ladi. Amerika Suriya yo Pokiston yoki biror davlatda Xalifalik qayta barpo etilishini to’xtatish borasida omadi chopmayotgan bir paytda, bu xalqlar ayni zarbani uning o’zining mintaqadagi vujudiga yo’naltiradilar.

Siz Amerikaning elchixonalari, bazalari va boshqa mustamlakalarini yopib tashlovchi Xalifalik davlatini barpo eting, shunda barcha islomiy yurtlar uning najasidan pok bo’ladi. Salibchilarning yordamchi kuchlari yo’llarini qirqadigan, osmonimizda uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlarining uchishiga yo’l qo’ymaydigan, fitna urushini o’chirib, barchamizni birlashtiradigan, haq din va uning ahliga nusrat beradigan davlatni qayta barpo eting.

Hizbut Tahrir sizni pokiza yurt bo’lmish Pokistonda Xalifalik davlatini qayta barpo etish uchun ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta etakchiligi ostida ushbu Hizbga yordam berishga da’vat qiladi. Bas, kimingiz bu da’vatni qabul qilib, mo’min kishilar dillariga orom bag’ishlaydi?!

«Barchangiz Allohning arqoniga (mahkam) bog’laning va firqa-firqa bo’lmang, Allohning sizga bergan ne’matini eslang: bir-biringizga dushman bo’lgan paytlaringizda dillaringizni oshno qilib qo’ydi, siz Uning ne’mati sabab birodarlarga aylandingiz, do’zax chohining yoqasida turgan edingiz, sizni undan xalos qildi, shoyad haq yo’lni toparsiz deb Alloh sizga o’z oyatlarini mana shunday bayon qiladi» [Oli Imron 103]

Hizbut Tahrir 12 sha’bon 1434h

Pokiston viloyati 21 iyun 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.