«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»
Matbuot bayonoti
Ummat ulamolari uyg’onib Suriyada jihod e’lon qilishdi, prezident Mursiy esa buni eshitib Misr xalqiga suriyalik oilalarga yaxshilik qilishni tavsiya qildi!!
76 islomiy robita va tashkilot vakillari 2013 yil 13 iyun payshanba kuni xalqaro islomiy koordinatsion kengash Qohirada o’tkazgan yig’inda Suriya xalqiga yordam berish uchun safarbarlikka va jon, mol va qurol-aslaha bilan jihod qilishga chaqirishdi. Shuningdek ular Eron kompaniyalari tovarlarini va manfaatlarini boykot qilishga ham chaqirishdi. Ular BMTga va xalqaro tashkilotlarga ularning Suriyadagi yuz berayotgan hodisalarni va jinoyatlarni qoralash hamda ularni to’xtatish borasidagi xalqaro va insonparvarlik mas’uliyatlarini ham eslatishdi.
Biz shunday savol bermoqchimiz: Xo’sh bu ulamolar safarbarlik, jon va qurol bilan jihod qilish haqidagi da’vatni kimga yo’llashmoqda? Bu da’vatni Shom tog’utini tiyib qo’yadigan qurol-aslahaga ega bo’lmagan islomiy Ummatga yo’llashmoqdami? Biz bu ulamolarni Suriyada jihod qilayotgan birinchi saflarda ko’ryapmizmi yoki ular o’z qasrlariga va telekanallariga qaytib tomosha qilib va va’z-nasihat qilishmoqdami? Nega ular bu da’vatni kazarmalarida ag’anab yotgan armiyalarga yo’llashmadi?! Qurol-aslahalari dushmanni daf qilish, biron bosqinchini qaytarish va yordam so’rab faryod qilgan biron kishini qutqarish uchun emas, aksincha pardalarda namoyish qilish va odamlarga zarba berish uchun Ummat pullariga sotib olingan va zanglab yotgan armiyalarga nega bu da’vatni yo’llashmadi?!
Ey fazilatli ulamolar: nega zolim kimsalarga berilmoqdasiz, holbuki bu zolimlar Suriyadagi ahlimizning 2 yildan ko’proq vaqtdan beri so’yilib qirg’in qilinishini indamay tomosha qilib turishibdi-ku? Turkiya va Qatar hokimlari ularga minnatdorchilik yo’llashga loyiq bo’ladigan qanday xizmat ko’rsatib qo’yishibdi? Kuni-kecha sizlarning kattangiz – qo’li musulmonlar qoniga tinimsiz belanayotgan kufr davlati Amerikaga minnatdorchilik bildirdi. Unga oppozitsiyani qurollantirish haqida fikr yuritayotganini e’lon qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Sizlar Alloh yo’lida hech bir malomatchining malomatidan qo’rqmay aytishingiz vojib bo’lgan haq so’z qaerda qoldi? Eron rejimi tovarlarini boykot qilish bu rejimni jinoyatchi Basharni qo’llab-quvvatlashdan tiyib qo’yadimi? BMT bizga masalalarimizni hal qilib beradigan tashkilotmi? Ummatning haqiqiy dushmani kim ekanini nahotki bilmasangiz?
Qolaversa prezidentning tashqi ishlar bo’yicha kotibi Xolid Qazzoz aytgan gaplar Misrdagi hokim rejim peshonasiga bosilgan sharmandalik tamg’asi emasmi axir? Qazzoz: «Suriyadagi jangga qo’shilish misrliklarning o’z ixtiyoridadir, chunki ular erkin odamlardir, shuning uchun ularni Misrga qaytganlaridan keyin aslo sud qilinmaydi», dedi. Holbuki Qazzoz bunday deyish o’rniga Shom ahliga yordam berish uchun Misr armiyasini harakatga keltirishini e’lon qilishi lozim edi, shunday emasmi?! Qazzoz o’zining bu ahvoli bilan: «Jarohatlangan Shomdagi musulmonlar or-nomuslari va hurmatlari haqida qayg’urayotgan ey g’ayur yoshlar, sizlar Suriyada jinoyatchi Bashar qo’lida o’lim topish sari boraveringlar, biz Suriyada yuz berayotgan hodisalarga nisbatan indamay tek o’tiraveramiz, aslo harakatga kelmaymiz. Sizlar qo’rqmanglar, chunki agar Alloh sizlarga najot berib sog’-salomat qaytsangiz biz sizlarni hech qachon sud qilmaymiz, chunki biz ag’darib tashlangan prezidentdan farq qilamiz», demoqda emasmi axir?!
«Qo’zg’olon prezidenti»ning Misr xalqiga yo’llagan murojaati faqat suriyalik oilalarga yaxshilik qilishni tavsiya etish mazmunidagi so’zdangina iborat bo’lgani sharmandalik emasmi axir? Agar Suriya xalqi prezident aytganidek kechayu-kunduz yordam so’rab faryod qilayotgan bo’lsa bu prezident Suriya xalqiga shahidlar va yaradorlar sonini sanashdan boshqa nima yordam ko’rsatdi?! Suriyada bo’layotgan qirg’in, majburan ko’chib ketish va vayronlikka to’la 2 yildan ko’proq vaqt o’tgandan keyingina bugun prezident bu erda Suriya elchixonasi borligini, uni yopib tashlash va elchini chiqarib yuborish zarurligini eslab qoldi! Axir 2 yildan ozroq vaqt oldin Suriya rejimiga elchi yuborgan shu prezidentning o’zi emasmi?! Holbuki qirg’in va vayronlik o’sha-o’sha edi!
Ey «qo’zg’olonchi» prezident, senga ruxsat berilgan va sen ko’radigan eng so’nggi chora mana shumi, ya’ni xalqaro Xavfsizlik kengashi orqali Suriya havo bo’shlig’ida samolyotlar uchishini taqiqlashni kuchga kiritishni talab qilishmi? Ey prezident, Shomdagi ahlimizni qutqarish yirik davlatlar fitnalarini amalga oshirish uchun Xavfsizlik Kengashida tilanchilik qilish va halok bo’lganlar ustida yig’i-sig’i qilish bilan emas, u erdagi musulmonlarning or-nomusini va qonlarini himoya qilish uchun Kanona armiyasini yuborish bilan bo’ladi! Sen o’zingni Amerika minib yuradigan ulovga aylantirib olmagin, aks holda dunyo va oxiratda ziyon ko’rasan!
«(Ey mo’minlar), sizlarga nima bo’ldiki, Alloh yo’lida va «Parvardigoro, bizni egalari zolim bo’lgan bu shahardan ozod qil va bizga o’z huzuringdan bir do’st bergin, bizga o’z huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bo’lgan bechoralar(ni ozod qilish) yo’lida jang qilmayapsizlar?!»
[Niso 75]
Sharif Zoyid Hizbut Tahrirning
Misrdagi matbuot bo’limi raisi