Islom ulamolari kengashining raisi qamalishi mumkinmi?!

594
0

001

allainjules.com saytining egasi Allen Jyulning http://allainjules.com/2013/07/14/alerte-info-egypte-limam-yusuf-al-qaradawi-arrete-et-incarcere-au-caire/

http://allainjules.com/2013/07/14/alerte-info-egypte-limam-yusuf-al-qaradawi-arrete-et-incarcere-au-caire/

adreslari orqali tarqatgan xabariga ko’ra, asli Misrlik bo’lgan, lekin Qatarda yashab kelgan taniqli olim, Islom ulamolari kengashining raisi Yusuf Qurzoviy Qatardan Misrga deportatsiya qilingandan keyin, Misrga tushishida aeroportda xibsga olingan. U xozirda uy qamog’ida yoki xaqiqiy qamoqda saqlanayotgani haqida aniq ma’lumot yo’q.

Misr xukumati maxsus xizmati unga nisbatan, musulmonlar va shialar o’rtasida, va musulmonlar va xristianlar o’rtasida o’zaro nafrat tarqatganlik, xamda Suriya qo’zg’oloniga, Iroqqa va Misrga musulmonlarni targ’ib qilib jihodga chaqirganlik kabi ayblarni qo’ymoqchi.

Eslatib o’tamiz: sobiq prezident Mursiyning tashqi ishlar bo’yicha kotibi Xolid Qazzoz «Suriyadagi jangga qo’shilish misrliklarning o’z ixtiyoridadir, chunki ular erkin odamlardir, shuning uchun ularni Misrga qaytganlaridan keyin aslo sud qilinmaydi», deya bayonot bergan edi.

Ma’lumki Yusuf Qurzoviy Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy hokimiyatdan chetlatilgandan so’ng uni tarafini olib, hokimiyatga qaytarilishini talab qilgan edi. Shuningdek u sal avvalroq o’z ma’ruzasida Asad Armiyasi safida jang olib borayotgan Hizbulloh guruhini “Hizbush shayton”, deb atagan edi. O’shanda u musulmonlarni umumiy shaklda jihodga undagan hamda Eronning Asadga ko’rsatgan dastagini va Rossiyaning Kavkaz va Chechenistontonda qilgan jinoyatlarini tilga olib, bu davlatlarini Islom va musulmonlarni dushmani deb atagan edi. Biroq u Afg’onistonda va Iroqda qo’li musulmonlar qoniga belangan Amerika haqida salbiy fikr bildirishdan o’zini tiygan, aksincha, oppozitsiyani qurollantirish haqida fikr yuritayotganini e’lon qilgani uchun unga minnatdorchilik bildirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.