Bu kun oxir zamon bo’ldi
Мullalar zolim tomon bo’ldi
Munofiqlar imom bo’lib
Musulmonga yomon bo’ldi
Ularda yo’q diyonat
Islomgadir hiyonat
Ul fosiq bid’atchilar
Shariatga ziyon bo’ldi
Hamon yaxshi insonlar
o’z Yurtida uzlatda
Qaro yuzli kazzoblar
Doimo ma’iyshatda
Xaqni aytgan mullalar
Zindon ichra zulmatda
Temur beton ichinda
Sarg’ayib samon bo’ldi
Oqni qaro deganlar
Harom ta’om eganlar
Xalqni aldab yurganlar
Zolimdan omon bo’ldi
Mullalik da’vo qilganlar
Sunnatga qarshi turganlar
Shariatni buzganlar
Barchaga ayon bo’ldi
Xaqiqatdan adashgan
Imomlikni talashgan
Olimlarni kamatgan
Zaharlik chayon bo’ldi
Boshiga toj kiyganlar
Yurtboshiman deganlar
Olimlarni eganlar
AJDARHO ilon bo’ldi.