Markaziy Osiyoga harbiy yordam nima uchun berilmoqda?

317
0

Yaqinda AQSh Kongressida “Markaziy Osiyoda bugun diniy ekstremizm va terrorizm xavfi qanchalik yuqori”, degan savol o’rtaga tashlandi, deya xabar qiladi Amerika ovozi.

Obama ma’muriyati nazarida favqulodda tahdid yo’q, ammo xavfsizlik bobida mintaqaga yordam berish kerak. Chunki, deydi diplomatlar, bu Amerika manfaatlari uchun ham xizmat qiladi.

“Heritage” jamg’armasi ilmiy xodimi Ariel Koen fikricha, nafaqat Markaziy Osiyo balki Rossiya va umuman sobiq ittifoqning ko’plab burchaklarida islomiy radikalizm xavfi mavjud va Amerika unga qarshi kurashda davlatlarni quvvatlashi kerak.

“2001-yilning 11-sentabridan oldin ham Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston diniy ekstremistlardan xavotirlanib, Vashingtondan yordam so’ragan, ammo davlatimiz e’tibor bermagan. Afg’onistonni tark etarkanmiz, terrorizmga qarshi kurash hamon davom etayotgani va hamkorlik qilish muhim ekanini unutmaslik kerak”, – deydi Koen.

“CLI Solutions” degan xususiy firmada strategik maslahatchi Natan Barrik terrorizm xavfi bor va bu boradagi hamkorlikni cheklamaslik kerak, deydi. Ammo AQShning o’zi moliyaviy jihatdan qiyin bir vaziyatda yashayotgan paytda mintaqada hozirgidan ortiqcha xarajat qilishga hojat yo’q.

AQSh mudofaa oliygohi professori Stiven Blankning tahlilicha, 2014-yildan keyin Markaziy Osiyo tinchligiga asosiy tahdid tashqaridan emas, ichki omillardan keladi. Barcha davlatlarda rahbariyat chirigan va xalq talablariga javob bermaydi. Ikki yirik jamiyat O’zbekiston va Qozog’iston keksa prezidentlar, yakkahokimlar qo’lida, deydi u. Ulardan keyin hokimiyat uchun kurash avj olmaydi deyishga asos yo’q, deydi olim. Siyosiy-iqtisodiy muammolar kun sayin chuqurlashmoqda, bu esa faqat beqarorlikka etaklaydi. Radikalizmga undovchi faktorlar ham shular, deydi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.