AQShning etakchi diplomati O’zbekistonga safar qiladi

476
0

Twitter tarmog’ida konferentsiya uyushtirib, Markaziy Osiyo mamlakatlari “Arab bahori” saboqlarini yodda tutmoqlari lozimligini ta’kidlagan AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha yordamchisi Robert Bleyk 22-26 aprel kunlari O’zbekiston va Qozog’istonga safar qiladi.

Olingan ma’lumotga ko’ra, Amerikaning etakchi diplomati Robert Bleyk 24-aprel kuni Toshkentda yuqori lavozimli rasmiylar bilan uchrashib, AQSh-O’zbekiston siyosiy-iqtisodiy aloqalari hamda havfsizlik masalalariga oid muzokaralar o’tkazadi.

24 aprel kuni Robert Bleyk Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Amerikaning Markaziy Osiyo yuzasidan tashqi siyosati to’g’risida ma’ruza qiladi. Shuningdek, u fuqarolik jamiyati va tadbirkor doiralar vakillari bilan uchrashadi.

Shunigdek, Bleyk O’zbekiston poytaxtida nohukumat tashkilotlar vakillari, fuqaro jamiyati a’zolari va mustaqil faollar bilan suhbatlashish umidida.

Ayni paytda AQSh Davlat departamenti Inson huquqlari bo’yicha yillik hisobotini e’lon qildi. Juma kuni e’lon qilingan hisobotda O’zbekiston “inson huquqlari bilan bog’liq vaziyat yomon bo’lgan” davlatlar qatoriga kiritilgan.

Bunday hisobotlardan bir qanchasi e’lon qilingan bo’lsa ham, biroq bu hisobotligicha qolib ketaverishi aniq. Demokratiya kapitalizm mabdasining tarkibiy qismi hisoblansa-da, iqtisodiy tuzumdan ko’ra keyingi o’rinda turadi. Inson huquqlari toptalayotgani haqida jar solayotgan “huquqbon”lar manfaatga duch kelganda har qanday huquqni chetga surishadi.

AQSh Davlat departamenti mahbuslarning huquq-tartibot organlari hodimlari tarafidan qiynoqlarga solinishi vatahqirlanishi hamda adolatli mahkamaning yo’qligi O’zbekistondagi inson huquqlari bilan bog’liq eng katta muammolar sifatida qayd etadi.

Bundan tashqari qamoqhona sharoitlarining o’ta yomonligi, qamoqhonalarni inspektsiya qilish imkonlari cheklangani kabi inson huquqlariga zid amallar saqlanib qolayotganini ta’kidlab keladi.

Qator-qator hisobotlar e’lon qilinayotgan bo’lsa ham bu muammolarni barataraf etish, inson huquqlari ahvolini yahshilash yo’lida mazmunli harakatlar yo’qligi haqida O’zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov shunday deydi: –

BMT ma’ruzachisi 2002 yilda qamoqhonalarni ko’zdan kechirgan payt qiynoqlar u erda sistematik, deb aytgandi. O’shandan buyon shuncha vaqt o’tdi, hozir vaziyat undan ham battar. Qiynoqlar haqida mahbuslarni qarindoshlaridan muntazam shikoyatlar olamiz.
Turkiston: Bu murojatlar, xuddi burgadan bo’riga shikoyat qilayotgan echkini eslatadi.
Agar shu AQShning xomiyligi bo’lmaganida, Karimovning rejimi bunchalik quturmagan bo’lar edi. Balki allaqachon qulab bitgan bo’larmidi.

Bu kabi AQSh mulozimlarining inson xuquqlari ustida olib borayotgan tadbirlari, riyokorlikdan o’zga narsa emas va bu tadbirlarning Rejimni turmalardagi musulmonlarga nisbatan olib borayotgan repressiyasiga xech qanday ta’siri bo’lmaydi.

Bu kabi natijasiz xarakatlari, ya’ni Karimov tomonidan bepisantlik, ularni xatto ranjitib o’rtalaridagi munosabatlarga ta’sir ko’rsatmaydi.

Balki Bleykning bu xatti xarakatlari, AQShning Karimovni Putin bilan iliqlashib ketishi mumkinchiligi xavotirlantirayotgani va ular bu ishlarga be’farq qaramasliklarini ifodasi bo’lib, shantaj ya’ni ogoxlantirish vazifasini xam bajaradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.