Qo’shma Shtatlari Suriya muxolifatiga yordami hajmini ikki marotaba ko’paytiradi. Shunday qilib o’limga olib bormaydigan qurol-aslaxa (neletalnoe) va dori-darmon uchun 250 mln dollar ajratiladi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Djon Kerri shanba kuni Istambulda bo’lib o’tgan «Suriya do’stlari» uchrashuvida bayon qildi.
“Bugun bu erda yig’ilgan barcha mamlakatlar ministrlari nizoning tinchlik yo’li bilan siyosiy hal qilinishligiga etishishlikka harakat qilmoqda va ular ajratgan yordam to’lig’incha faqat Suriya muxolifatining Oliy harbiy kengashiga yuborilishligining kafolatini bermoqda”, – dedi Kerri.
Suriya Milliy koalitsiya etakchisi Muoz al-Xotib mamlakat kelajagini hal qilishda xalq birdam bo’lishligi kerakligini aytdi.
“Hech qanday tahqirlashlikka yo’l qo’ymay, biz suriyalik fuqarolarning har biriga o’z taqdiri va Suriya kelajagini hal qilishlik imkoniyatini kafolatlab berishga tayyormiz, – bayon qildi Muoz. – Biz Suriyada odillik qaror topishini xohlaymiz. Suriyadagi bu siyosiy kuchlar rejimdan qasos olishlik ishtiyoqida emas”.
Djon Kerri o’z sheriklarini beriladigan yordam hajmini bir mlrd dollar miqdorigacha etkazishlikka chaqirdi.
So’l harakatlar vakillari uchrashuv o’tayotgan bino qoshida namoish uyushtirdilar. Turkiyani Suriya majorosiga qo’shib olishlariga qarshi norozilik belgisi sifatida ular NATO bayrog’ini yoqib yubordilar.