Amerikaliklarda Xorijiy mojarolarga aralashmaslik kayfiyati kuchli

365
0

Amerika Iroq va Afg’onistonga qilgan urushlardan ko’zlagan maqsadiga eta olmaganligi hech kimga sir bo’lmay qoldi. Balki bu urushlar unga trillionlab dollarga tushdi. Amerika xalqi bu mojarolardan foyda yo’qligini anglab etdi. Harbiylarni vatanga qaytarib, chet eldagi harakatlarni to’xtating deya talab qilayotgan fuqarolar soni juda ko’pchilikni tashkil qiladi.

Yaqinda Amerika fuqarolari o’rtasida olib borilgan ommaviy so’rovda loaqal bir kishi ham tashqi davlatlar ishlariga arashishni yoqlamadi.

Tadqiqotchi Kerol Doertining aytishicha, ommaviy so’rovlar har qancha qayta-qayta o’tkazilmasin faqat shu kabi javoblar olinyapti.

Mutaxassislarning fikricha, ikki yirik urushdan keyin boshqa bunday mojarolarga aralashmaslik kayfiyati kuchli. Yaqin Sharqdagi jarayonlardan, qolaversa, Xitoyning agressiv xatti-harakatlaridan xavotir bor. Omma dunyoning qaynoq nuqtalaridan uzoqroqda yurishni istaydi.

Afg’onistonda hozirgacha davom etayotgan urush. Iroqdachi? Shuncha pul sarflab, minglab askarimizni boy berib, nimaga erishdik deb so’raydi ko’pchilik, deydi “Suriyaga Ko’mak” tashkiloti vakili Den Leyman.

“Ehtimol amerikaliklar tashqi siyosatda liderlikdan chekinish vaqti kelganini uqtirayotgandir. Lekin dunyoda ro’y berayotgan mojarolarni hal etishda Amerikaning yordami havodek zarur”, – deydi u.

Ammo faollar nazarida Suriya singari davlatlardagi fojeyalarga ko’z yumib bo’lmaydi. Ularning fikricha, AQSh global liderlikni boy bermasligi kerak.

2011-yilda tuzilgan “Suriyaga Ko’mak” nomli nohukumat tashkilot Suriyadagi ayrim isyonchi guruhlarga noharbiy ko’mak uzatadi. Yordam oladigan tomonlar demokratik tamoyillarga sodiq bo’lishi, Jabha al-Nusra Fronti singari ekstremistik guruh bo’lmasligi yoki ular bilan hamkorlik qilmasligi shart deb belgilangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.