AQSh Davlat Departamenti O’zbekistondagi vaziyatdan xavotir bildirdi

327
0

AQSh Davlat Departamenti O’zbekistondagi inson huquqlari borasi yangi hisobot taqdim qildi. Hisobotda 2012 yili O’zbekistonda davlat va uning organlari tomonidan fuqarolarni noqonunuiy o’ldirilishining tasdiqlanmagan holatlar tilga olingan.

Masalan, dekabr oyida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashagan 40 yoshli Shovkatjon Nurmatovning jasadi qamoqxondan keltirilib, yaqinlaridan zudlik bilan hech qanday tekshiruvlarsiz dafn etilishi talab qilinganligi ham qayd etilgan. Hisobotda yana qamoqxonada vafot etgan qator mahbuslar haqida batafsil ma’lumot yo’qligi qayd qilingan.

Shuningdek, Davlat Departamentiga ko’ra, O’zbekistonda huquq tartibot organlari va xavfsizlik xodimlari hibs ostidagilarni mutassil ravishda kaltaklab, tazyiq ostiga olishadi. Bundan tashqari O’zbekiston qamoqxonlaridagi sharoitlar o’ta og’ir va mahbuslar hayotiga tahdid soluvchi darajada, deya ta’riflangan.

Diniy ayblar bilan qamashlar davom etayotganligi yoda avval qamalganlarning muddatlari uzaytirilayotgan hollari keltirib o’tilgan.

Bu kabi hisobotlar har yili e’lon qilinadi va xavotirlar bildiriladi, lekin hisobotligicha qolib ketaveradi, kelgusi yilda yana hisobot.

HRU inson huquqlari tashkiloti deyarli har yili O’zbekistonda inson huquqlari vaziyati ayanchli ekanini hisobotda e’lon qiladi va bu hisobotlar ommaviy axborot vositalari orqali dunyoga tarqatiladi.

Joriy 2013 yil ham Hyuman Rayts Uotch tashkiloti shunday hisobotni e’lon qildi. Unda aytilishicha, O’zbekistonda inson huquqlariga oid vaziyat 2012 yilda umuman o’zgarmagan va ayanchli bo’lib qolmoqda. 665 sahifalik hisobotning O’zbekistonga oid qismi Toshkent hukumatining hamon qamoqda qiynoqlar keng qo’llayotgani kabi muammolar ko’tarilgan. Bu muammolarning har biriga oid konkret misollar ham keltiriladi hujjatda.

Xuddi shuningdek, 2012 yilda ham HRU O’zbekistondagi ahvolni tanqid qilgan edi. O’zbekistonda inson haqlari bilan bog’liq vaziyat mutlaqo qoniqarsizligicha qolayotgani, davlat belgilab bergan qolip ichida harakatlanishni istamagan dindorlarni ta’qib qilishda davom etayotgani va 2011 yilda O’zbekistonda 100 dan ziyod kishi diniy ekstremizmda ayblanib hibsga olingani yoki sudlanganini qayd etiladi, hisobotda.

2002 yilda BMTning qiynoqlar bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Teo Van Boven

“O’zbekistonda qiynoqlar muntazam qo’llanadi”, degan xulosaga kelgan edi. Mana unga o’n yildan oshiq vaqt o’tgan bo’lsa hamqiynoq darajasi kuchaysa kuchaydiki, susaygani yo’q.

Unda bu hisobotlarning nima foydasi bor degan savol tug’ulishi tabiiy. Foydasi bor albatta! Lekin kimga… O’rni kelganda bundan unumli foydalanish mumkin. Mana masalan Karimov Rossiyaga borib Vladimr Putin bilan bir muddat xilvatda qolgandan shubhalangan Amerika darhol Robert Bleykning tili bilan O’zbekistondagi inson huquqlari borasida tashvish bildira boshladi, go’yoki avval O’zbekistondagi vaziyatdan bexabardek. Shunda ham demokratiyani yoqlagan va shu ustida jon kuydiradigan insonlarning huquqlari borasida tashvish bildiradi. O’zbekiston ham ularga yoqish uchun dindorlarni emas, naq demokratiya shovvozlarini ozod qilish kerakligini yaxshi biladi. E’tiqodi uchun qamalganlar tilga olingan bo’yicha qolib ketaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.