Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvdan voz kechdi

444
0

Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvdan voz kechdi

 Amerika prezidenti Donalьd Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi bilan 12 iyun sanasiga belgilangan uchrashuvdan voz kechdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

 Nashr xabariga koʻra, Kim Chen Inga xat yoʻllagan va sammit oʻtkazilishidan voz kechish sababini KXDR tomonidan AQShga nisbatan koʻrsatilgan “ochiq dushmanlik kafiyati” bilan izohlagan.

 “Taassufki, sizning soʻnggi bayonotingizda namoyon boʻlgan dushmanlik va ochiqdan-ochiq gʻazabnoklikka tayangan holda, men ushbu uzoq vaqtdan buyon rejalashtirib kelinayotgan uchrashuvni oʻtkazishdan maqsad yoʻq deb hisoblayman”,  deyiladi Oq uy tomonidan tarqatilgan maktubda.

 Shuningdek  AQSh prezidenti Donalьd Tramp oʻz maktubida Kim Chen Inga AQShning yadroviy imkoniyatlari “ulkan”ligini maʼlum qilgan.

 “Siz oʻzingizning yadroviy imkoniyatlaringiz haqida gapirasiz, ammo bizniki shu qadar ulkan va qudratliki, men ularni ishlatishga toʻgʻri kelmasligini soʻrab, Xudoga iltijo qilaman”,- deyiladi maktubda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.