Peshovar aeroportiga va boshqa mintaqalarga qilingan hujum xiyonatkorona zarbalardir va Amerikaning Islomga qarshi urushini bizning urush degan e’tiborda qabul qilishga bizni majburlashga bo’lgan urinishlardir

373
0

Matbuot bayonoti

Shanba kuni kech soat 8:30da «terrorchilar» Peshovar aeroportiga hujum qilishdi, bir necha soatdan keyin Britaniya axborot vositalari va eng avvalo VVS axborot kanali Tolibon harakatining rasmiy vakili Ehson Avloh Ehson bu hujum javobgarligini shu harakat o’z bo’yniga olganini e’lon qilgani haqida xabar tarqatdi. Vaholanki Ehson deb atalayotgan bu kimsa hech kim tanimaydigan noma’lum shaxsdir.Ana shundan keyin axborot kanallari bu xabarni zo’r berib tarqata boshladi. Hukumat ekspertlari – to’g’rirog’i karnaylari – o’z fikrlarini bildirib, Amerikaning Islomga va mintaqadagi musulmonlarga qarshi bu urushini qabul qilishimiz kerakligi va askarlarimizni bu fitna urushiga qurbonlar sifatida berishni davom ettirish zarurligi haqida vaysay boshlashdi.

Ana shu hujumdan keyin hukumat Pashtakara mintaqasi va Bara yo’lida keng ko’lamli harbiy amaliyot o’tkazishga qaror qildi. Axborot vaziri Miyon Iftixor Husayn mukammal amaliyot o’tkazilishini talab qildi. Undan oldin 2012 yil 12 dekabrda Amerika mudofaa vaziri Leon Panetta Qobulga qilgan safari chog’ida armiya shtab boshlig’i general Ashfaq Parvez Kiyoniyning «terrorchilarning xavfsiz boshpanalariga qo’shimcha zarbalar berishga urinib ko’rish» istagida ekanini, shuning uchun Amerika mudofaa vazirligi Amerika kongressiga Pokiston uchun koalitsiyani qo’llab-quvvatlash fondi doirasida 700 million ajratish kerakligini ma’lum qilganini bildirgan edi.Bu pullar to’kilgan qonlar uchun go’yo bir xun to’lovidek!

Pokistonlik ikki tinch fuqaroni amerikalik qotil Raymond Devis kuppa-kunduzi o’ldirganidan keyin Pokiston musulmonlariga Raymond Devis tarmog’ining harbiy va boshqa inshootlarga qilingan hujumlarda qo’li borligi, bundan maqsad Amerikaning fitna urushini xalq qo’llab-quvvatlashiga erishish uchun qo’rquv muhitini paydo qilish bo’lgani ma’lum bo’lib qoldi. Siyosiy va harbiy rahbariyatdagi xoinlarning Amerika markaziy razvedka boshqarmasining va «Blackwater» kabi maxsus tashkilotlarning Pokistonning barcha tomonlarida, xususan Qabilalar mintaqasida josuslik qilishiga va terrorchilik aktlarini amalga oshirishiga ruxsat berishgani ham musulmonlarga ma’lum bo’lib qoldi. Qurolli kuchlardagi musulmonlar o’zlarining Qabilalar mintaqalaridagi birodarlariga qarshi jang qilishni istamaydilar, shuning uchun ularning qo’llab-quvvatloviga erishish maqsadida ularga «Biz Qabilalar mintaqalarida musulmonlarga qarshi emas, kofirlarga qarshi urush qilyapmiz» deb aytishdi. Shu maqsadda keng doirada yolg’onlarni tarqatishdi, masalan «terrorchilarning bazalarida mast qiluvchi ichimlik keng tarqalgan», «terrorchilar orasida xatna qilinmagan kimsalar ko’p» degan ertaklarni to’qib chiqarishdi. Hozir esa boshqa bir ertakni to’qib chiqarishdi. Bu ertak badanida shayton surati chizilgan tatuirovka bor murdani ko’rsatishganidir! Hozir bu tatuirovka suratini keng doirada zo’r berib tarqatishyapti. Demak siyosiy va harbiy rahbariyatdagi xoinlar o’zlarining «Biz kuchlarimizni Qabilalar mintaqalariga musulmonlarga qarshi urush qilish uchun emas, balki kofirlarga qarshi urush qilish uchun yubormoqchimiz» degan safsatalariga odamlarni ishontirishga urinishmoqda. Biroq odamlar o’zlarining xoin hokimlar va ularning amerikalik xo’jayinlari tomonidan ahmoq qilinishlarini qat’iyan rad qilmoqdalar.

Bu xoin hokimlar o’zlarining amerikalik xo’jayinlari buyruqlariga binoan musulmonlarga qarshi urush qilishmoqda. Bu xoinlar o’tgan sakkiz yil davomida Qabilalar mintaqasini butunlay jang maydoniga aylantirishdi. Buning oqibatida minglab tinch fuqarolar va askarlar halok bo’ldi, Qabilalardagi millionlab odamlar o’z yurtlarida boshpana izlashga majbur qilindi va butun mamlakat tartibsizlik girdobida kun kechiradigan bo’lib qoldi. «Blackwater»ning yirik shaharlarda va harbiy qismlar joylashgan mintaqalarda «tinch, xavfsiz uylari» borligi to’g’risida axborot vositalarida xabarlar tarqalgan, buni bir necha sobiq diplomatlar va armiya harbiylari bir necha marta aytishgan edi. Lekin haqiqiy terrorchilarning bu tinch boshpanalarini ildizi bilan quritib tashlash uchun hozirgacha hech qanday chora ko’rilgani yo’q. Aksincha Amerikaning bu mintaqadagi manfaatlarini amalga oshirish uchun bu xoin hokimlar minglab askarlarimizni shu fitna urush oloviga otishdi, lekin bu xoinlar «Blackwater»ning muhim harbiy kazarma komplekslari joylashgan mintaqalardagi yoki Lahor kabi aholi o’ta zich joylashgan yirik shaharlardagi yashirin uyalariga qarshi hech qanday chora ko’rishmadi. Bu esa shu xoinlarning bozorlarda, harbiy va boshqa inshootlarda portlashlar to’xtashini istashmasligini ochiq ko’rsatib turibdi, aksincha bu xoinlar shu hujumlardan Amerikaning Islom va musulmonlarga qarshi qilayotgan urushini oqlash uchun bir bahona sifatida foydalanishmoqda. Agar bu hokimlar bizga chindan ham do’st bo’lishganida edi, ana shu amerikalik yollanmalarning Pokistonga shunchaki kirishiga ham ruxsat berishmagan bo’lardi.

Demak odamlar boshiga tushgan musibat mana shu xoin hokimlar va ko’ksimizga zulukdek yopishgan mustamlakachilik nizomining o’zidir. Shuning uchun bu hokimlar modomiki «axlatlar savati»ga irg’itilmas ekan va modomiki Islom bilan hukm yuritadigan bitta xalifaga bay’at berilmas ekan musulmonlar hech qachon azizu mukkarram bo’la olmaydilar.

Zero Rosululloh bunday dedilar:

 

«Imom qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi». (Muslim rivoyati). Shuning uchun musulmonlar bugun mana shu qalqon yo’qligi sababli o’zlarining erlarida ham tinch-omon yashay olishmayapti.

Ey musulmonlar! Biz sizlarni Xalifalikni tiklab mana shu qalqonni yana paydo qilishga chaqiramiz. Biz sizlarni bu shar’iy vojibga vafo qilish uchun Hizbut Tahrir bilan elkama-elka turishga chaqiramiz.

Ey qurolli kuchlar safidagi muxlis zobitlar! Sizlar Rosululloh ning:

 

«So’ng payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo’ladi» (Ahmad rivoyati) degan bashoratini ro’yobga chiqarish uchun Hizbut Tahrir bilan elkama-elka turishingiz vojib.

Shahzod Shayx

Hizbut Tahrirning Pokistondagi rasmiy notig’i o’rinbosari

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.