Million shahid qoni to’kilganidan keyin Olland Jazoirga yanada ko’proq qon so’rish uchun keldi!

389
0

Matbuot bayonoti

Frantsiya prezidenti Olland 19 dekabr chorshanba kuni tarkibida 9 vazir, 12 siyosiy mas’ul va 40 biznesmen bo’lgan delegatsiyaga bosh bo’lib Jazoir poytaxtiga keldi, uni Butiflika tantanali kutib oldi!

Olland prezident Butiflika bilan uchrashganidan keyin o’tkazgan matbuot konferentsiyasida bu mamlakatning mustamlakachi sirtmog’ida zulm ko’rgan o’tmishi haqida uzr so’rashni rad etib, Jazoirga «afsus bildirish yoki uzr so’rash» uchun kelmaganini aytdi, u «Parij buning o’rniga barobar qadam tashlab oldinga siljishni istaydi hamda neft va gazga boy bu mamlakat bilan savdo-sotiqni kuchaytiradi» deb ta’kidladi.

O’z safarining ikkinchi kuni 20 dekabrda Jazoir parlamenti deputatlari oldida so’zlagan nutqida Olland bunday dedi: «132 yil davomida Jazoir vahshiy va zolim nizomga duchor bo’lib keldi» u bunday deb qo’shimcha qildi: «Bu nizomning nomi mustamlakachilikdir, men bu erda frantsuz mustamlakachiligi Jazoir halqi boshiga solgan aziyatlarni tan olaman». Bu tan olish Frantsiya Jazoir parlamentidagi «mustamlakachilikni jinoyat deb bilish» qonunini taqiqlab muzlatib qo’yganidan bir necha yil keyin bo’lmoqda.

Ollandning iflos «saxovati»ni uning «qonli repressiya»ni tan olishi yanada oshirdi. Bu qonli repressiyani frantsuz politsiyasi 1961 yil 17 oktyabrdagi namoyishga qarshi amalga oshirgan edi, o’shanda Parijda jazoirlik namoyishchilar saflarida o’nlab odamlar o’ldirilgan edi. Olland zaxarni bolga yashirib berishga ifloslarcha urinib bu repressiyani tan oldi. 1954 va 1962 yillar o’rtalarida bir yarim million odam o’ldirilib shahid bo’ldi – biz ularni shunday deb hisoblaymiz, Alloh ularga kifoya qiluvchidir – 1945 yil 8 mayda va undan keyingi kunlarda 45 ming jazoirlik o’ldirildi, ayniqsa mamlakat sharqidagi Satif, Bijoya, Sakikada viloyatlarida odamlar vahshiy frantsuz mustamlakachi kuchlari tomonidan o’ldirildi. Bu odamlar ikkinchi jahon urushi tugagani e’lon qilinganidan keyin ozodlikni talab qilib namoyishga chiqishgan edi.

Frantsiyaning bu jinoyatlari qatoriga 1960 yil 13 yanvarda qilgan jinoyati ham qo’shiladi, o’shanda Frantsiya o’zining birinchi atom bombasini Jazoir sahrosidagi Ruqon osmonida portlatgan edi. Bu portlash ekologik va insoniy falokatlarni keltirib chiqardi, o’shandan beri 52 yil o’tganiga qaramay ana shu bombaning halokatli radiatsiyasi oqibatida kelib chiqqan kasalliklar hamon davom etmoqd. Holbuki ana shu jirkanch sinovlar sababli halok bo’lgan tinch fuqarolardan hech qaysisini Frantsiya tan olmay keldi. Shuning uchun Olland Jazoir televideniesiga bergan intervyusida «Jazoir sahrosida o’tkazilgan Frantsuz yadroviy bombasi sinovlari qurbonlariga kompensatsiya to’lash qonunini tatbiq etishni» va’da qilishga majbur bo’lib «Frantsiya ularga kompensatsiya to’lash majburiyatini zimmasiga oladi», dedi.

Ey Jazoirdagi musulmonlar!

Bu prezident tarixiy mustamlakachi davlatning vorisidir, u o’z davlatining hech bir qarshiliksiz va uyalmay eng jirkanch qirg’inlarni va eng dahshatli ommaviy qirg’in qilish turlarini amalga oshirganini tan oldi. U o’sha qurbonlar nabiralaridan uzr so’rash uchun kelmaganini ochiq aytdi, balki u butunlay yuzsizlarcha va xaqoratomuz tarzda o’z davlati qilgan qabih ishlarga o’zi ham, davlati ham nadomat qilmasligini ochiq bildirdi. To’g’ri u o’z mamlakatining qabih mustamlakachiligini tan oldi, lekin hech qanday uzr so’ramadi yoki nadomat qilmadi! Undan buni kutsa bo’ladi. Chunki – ey Jazoir erkaklari va ayollari – Frantsiya sizlarning qonlaringizga hech qanday vazn yoki qiymat bermaydi. Shuning uchun bu mustamlakachi kofirlarning makru hiylalaridan juda ehtiyot bo’linglar, hokimingiz malay Butiflikaga qarshi qo’zg’olon ko’taringlar va Ollandni yurtingizdan haydab chiqaringlar.

Ey Jazoirdagi musulmonlar, ey butun olamdagi musulmonlar!

Frantsiya dinsiz va ahloqsiz mustamlakachi davlatdir, u bugun Jazoirga Jazoir jarohatlarini tirnash uchun, balki ularni yana bir jarohatlash uchun keldi. U sizlarga o’zi o’ldirgan bir yarim million shahidni eslatganidan keyin ham hech bir xijolat bo’lmayapti, uzr so’ramayapti va nadomat ham qilmayapti. Frantsiya yurtingizga o’zidagi ulkan iqtisodiy zararlar o’rnini to’lg’azish uchun yurtingiz boyliklarini talab, tashib ketish maqsadida keldi, buni sanoat korxonalarini qurish va iqtisodiy loyihalar kabi bir necha yo’llar orqali amalga oshirmoqchi. Frantsiya bir yarim million shahid yurtining bozorlarini o’zining mahsulotlariga lang ochib qo’yish uchun keldi.

Frantsiya o’zining bu jinoyatkorona rejalariga qo’shimcha o’laroq Jazoirni Mali shimolidagi o’zi «terrorchi» jamoalar deb atayotgan kishilarga qarshi xarbiy amaliyot o’tkazishga ham undamoqda. Frantsiya jazoirlik birodar Malidagi o’z birodarini o’ldirishini va ana shundan keyin Malini ham yovuz tarzda o’z mustamlakasiga aylantirishni xohlamoqda.

Frantsiya ham G’arb mustamlakachiligi nizomidagi o’z aka-ukalari kabi haqni tushunmaydi, u haqni Olland da’vo qilganidek faqat kuch bilan tushunadi. Shunday ekan o’z zaifligingizga qarshi bosh ko’taring, mustamlakachining dumlarini yurtingizdan sug’urib uloqtirib tashlang va Hizbut Tahrir bilan qo’lni qo’lga berib harakat qiling. Ana shunda xorlarcha mustamlaka bo’lish tarixidan xalos bo’lasizlar va shahidlaringiz haq-huquqlarini qayta tiklaysizlar, ahmoqona uzr so’rash va arzimas moliyaviy kompensatsiyalar orqali emas, balki jinoyatchi davlat Frantsiyadan va uning tarafida turgan har bir kimsadan Xalifalik davlati tomonidan odilona qasos olish orqali shahidlaringiz huquqini qayta tiklaysizlar. Xalifalik davlatida aziz bo’lasizlar va ishlaringiz o’nglanadi.

 

«Yomon makr-hiylalar qiladigan kimsalar uchun esa qattiq azob bordir va ularning makrlari ham halok bo’lur (ya’ni behuda ketur)» [Fotir 10]

Usmon Baxxosh

Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.