Qirg’izistonliklar xitoylik fuqarolar ekspantsiyasidan xavotirda.

432
0

Hitoyning Qirg’iziston hududiga asta-sekin kirib kelish jarayoni mamlakatning xavfsizligi va mustaqilligiga tahdid tug’diradi. Bunday xavotirni «Qirg’izistonni qutqarish uchun» jamoiy harakat a’zosi Mukar Cholponbaev muxbirlar bilan bo’lgan uchrashuvda bildirdi. Uning fikricha, fuqarolik ekspantsiya (yoyilishlik) jarayoni ketmoqda.

Faolning belgilashicha, 2012 yilda Qirg’izistonga ishlagani kelgan 10 ming odamning yarmini xitoyliklar tuzgan. Cholponbaevning tasdiqlashicha, aynan xitoyliklarning mahalliy aholiga raqobati tufayli Qirg’iziston fuqarolari loyiqroq ish haqi izlab mamlakat tashqarisiga chiqib ketmoqda.

“Yaqinda Xitoydan kelayotgan yuk mashinasi halokatga uchradi va yuklar orasida mamlakatga noqonuniy kirib kelayotgan xitoyliklar ham bor ekanligi aniqlandi. Biz xitoylik fuqarolar ekspantsiyasini to’xtatishlikni talab qilamiz, axir xitoylik mexmonlar aybi bilan ular va mahalliy aholi o’rtasida doimiy nizolar kelib chiqmoqda va natija kasalxona bilan tugamoqda. Biz Xitoydan kelganlarning barchasini ro’yxatdan o’tkazishlikni so’raymiz. Noqonuniy kirib kelganlarni mamlakatdan chiqarib yuborish zarur”, -deydi u.

Yaqinda Orlovka hamda Qurshobda yuz bergan nizolarning tashabbuschilari ham Qirg’izistonga ish izlab kelgan xitoyliklar ekanligini eslatdi Mukar Cholponbaev. Orlovkada xitoyliklar «So’l qirg’oqli Toldibuloq» konini o’zlashtirib, qirg’izistonliklarga qaraganda o’zlariga katta ish haqqi belgilaganliklari tufayli nizo chiqqan.

Qurshobda esa 2013 yilning boshida ular Qirg’iziston fuqarosini cho’ntak telefonini o’g’irlaganlikda ayblab mahalliy aholi bilan ommaviy mushtlashishni keltirib chiqarishgan. Qirg’iz faollari xitoyliklar ekspantsiyasini to’xtatishlik borasida avval ham harakatlar qilgan. Bir necha yil ilgari «Dordoy» bozorida o’z tijoratini ochgan xitoylik kelgindilarga qarshi Qirg’izistonda katta amaliyot boshlangan edi. O’shanda xitoyliklarni mamlakatdan ketishga majbur qilishga harakat bo’lgan, hatto, ba’zilarining savdo do’konlarini yoqib ham yuborishgan. Biroq mamlakatdan tadbirkorlarning ommaviy oqib chiqib ketishi ro’y bermadi.
Turkiston:
Xa yuqoridagi arboblar tomonidan ko’tarilayotgan tashvishli mavzu’lar o’rinli. Xitoyning mustamlaka qilish uslublaridan biri va asosiysi, yuqorida keltirilayotgan o’z xalqini ekspantsiya qilish uslubidir.

Uyg’urustonni egallab olishida bunga namunalar ko’rish mumkin. Bu uslub, Xitoy uchun deyarli mustamlaka qilishdagi yagona uslub bo’lib, qolganlaridan u iqtisodiy rivojlanishiga sharoitlar yaratilib berilish evaziga, xalqaro siyosatdagi etakchi davlatlar bilan dunyo muvozanatini ushlab qolishdagi yashirin bitimlarga asosan voz kechgan.

Bu uslub esa, ekspantsiya etarli quvvatga ega bo’lganida, ya’ni muayyan davlatga ta’sir o’tkaza oladigan darajadagi sonni tashkil etganida, ularning xuquqlari, madaniyatlarini ximoyasi, insoniy va fikriy erkinliklarini ximoya qilishga Xitoy tomoni qattiq kirishadi. Buni xatto AQShdagi Xitoylarning ustida olib borib va muayyan muoffaqqiyatlarga erisha olganidan bilamiz.

Shundan kelib chiqib ayta olamizki, yaqin kelajakda Xansu millatiga mansub shaxslar fuqorolik talab qila boshlaydi, o’zlarining din va madaniyatlariga sharoitlar yaratishni talab qila boshlashadi. Bu ish Xitoyni Qirg’izistonga davlat dangalidagi bosim bilan olib borilganida, uncha uzoq kechmaydi. Uning maqsadi esa, O’rta Osiyoning ma’lum xududini o’z avtonomiyasi qilib olishdir.

Qirg’iziston esa, bundan xozircha faqat AQSh va Rossiyaning ximoyalari bilan saqlanib turibdi, lekin qachongacha? Bu xuddi ma’lum muddatga belgilangan vaqt minasiga o’xshaydi. Qirg’iz chinovniklarning korruptsiyalashib, davlat manfaatlarini oyog’ osti qilayotganlari, Xitoyning rejalarini ancha rivojlantirmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.