Turkiya bosh vaziri Erdogan to’g’risida xabar qilinishicha, u o’zining 2012 yilning iyulidagi Rossiya safaridan qaytganidan so’ng turk telekanallarning birida chiqish qilib, ayni safarini izohlar ekan, o’zining Rossiya prezidenti Vladimir Putinga: «Sizlar bizni Shanxay Beshlik Tashkilotingizga a’zo qilishga harakat qilavering, biz o’z navbatimizda, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish mavzusini qayta ko’rib chiqamiz», degan so’zlarini keltirdi. Yaqindagina uning aynan o’sha telekanal tomonidan o’ziga berilgan savolga yana shunga o’xshash so’zlarni takrorlab, bunday degani xabar qilingandi: «Sizlar bizni Shanxay Beshlik Tashkilotingizga a’zo qilinglar, biz Yevropa Ittifoqiga – Allohga omonat, biz sizlardan chiqyapmiz, deylik, bo’lmasa, nega ular bunchalik cho’zishgani cho’zishgan?».
Shubhasiz, bosh vazirning bu so’zlari garchi haqiqatdan uzoq bo’lsa-da hamda Yevrittifoq tomoniga bir risola yuborish qabilidagi so’zlar bo’lsa-da, biroq yurtda yangicha ishlar paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Masalan, Turkiyaning Yevroittifoqqa a’zo bo’lishi masalasida NATO bosh sekretari Rasmussen «NATO tarafidan hech qanday qarshilik yo’q», dedi. Bir vaqtning o’zida, Amerika tashqi ishlar vazirligi voizasi Viktoriya Noland xonim ham bu mavzu to’g’risida: «Agar biz Turkiyaning NATOga a’zoligini e’tiborga oladigan bo’lsak, ayni vaqtning o’zida Turkiyaning ishi o’ta dahshatlidir», deb bayonot berdi. Bunday bayonotlardan ko’rinib turibdiki, Amerika ham, Yevropa ham ayni pozitsiyalarga jiddiy qarayotgani yo’q.
Ma’lumki, Turkiya respublikasi Lozanna bitimi ortidan Xalifalikni bekor qildi, keyin yuzini G’arb tomonga burdi. O’sha kundan boshlab u xuddi sichqon bilan o’yin o’ynayotgandek, o’z qadriyatlari bilan o’ynashib, G’arbdan qudrat va azizlik so’rab yalinib kelyapti. Turkiya respublikasi zamonida tiklangan barcha hukumatlar o’zlariga avvaldan chizib berilgan marraga etish ustida, ya’ni Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishga erishish yo’lida bir-birlari bilan musobaqalashib kelishgan. Ulardan Adolat va Taraqqiyot partiyasi hukumati esa ayni sohada hammasidan ilg’or chiqib qoldi. Shu jihatdanki, u o’zidan oldingi hukumatlar tashlamagan qadamlarni tashlashga jur’at qilib, «Yevropa Ittifoqi vazirligi», degan yangi vazirlik yaratdi. Keyin Turkiyaning Yevroittifoqqa a’zo bo’lishi mubohasalari boshlanganiga 50 yil to’lishi, degan narsaning o’zi bilan turklar bosh vazir Erdoganni «Yevropaning ochuvchisi» qilib ko’rsatadigan bo’lishdi. G’arbga shaydo bo’lishgan bu hukmdorlar Yevropa Ittifoqi nasroniy oilaga xos ittifoq ekanini, Turkiyaning unga kirishi amri maholligini bilishsa-da, biroq shu G’arbga bo’lgan o’z ishqivozliklaridan hamon voz kechishgani yo’q. Chunki ular o’zlarini zaifhol sezishadi va kuchli bo’lishning yagona yo’li kofirlar tomonda turishda, deb o’ylaydilar, holbuki ularning zaiflashishlariga va xorlashlariga sabab bo’lgan shu kofirlarning o’zi.
Hozir bosh vazir Erdogan o’zini go’yo yangi alternativ topib olgan qilib ko’rsatyapti. Ya’ni o’zining navbatdagi bayonoti orqali u Yevroittifoq o’rniga Shanxay Beshlik Tashkiloti, degan yangi alternativni bayon qildi, shuningdek, avvalda Yevroittifoqiga qilgani kabi, endi Rossiyaga xorlarcha yalinib, undan yaxshilik kutyapti, u xuddi bo’ridan marhamat so’rayotgan echkiga o’xshaydi. Chunki Rossiya bilan Xitoy mutasaddiyligi ostidagi ushbu Shanxay tashkilotiga a’zo davlatlar Islom va musulmonlarga dushmanlik jihatidan Yevropa davlatlaridan qolishmaydi. Aytingchi, bugun Erdoganning musulmonlarga zulm qilganlar tarafida turishi, turganda ham ularga chin dildan ishonib turishi ajdodlarining doimo kofirlarga qarshi pozitsiyada turib kelganlarini bilmasligi sabablimi? Zero, bu kofirlarning ishi musulmonlarga zulm qilish bo’lgan, u bo’lsa doimo o’z ma’ruzasida o’tgan bobolari va ulug’lari bilan maqtanib keladi!
Axir, Checheniston va Afg’onistonda yuzlab musulmonlarni qirg’in qilgan mana shu Rossiya Federatsiyasi bugun Suriyada musulmonlar qonini daryo qilib oqizayotgan Bashar Asadning eng katta tarafdorlaridan emasmi? Sharqiy Turkistondagi musulmon birodarlarimizga qarshi qirg’in sodir etgan, ularni hatto o’z ibodat va marosimlariga amal qilishdan man qilgan mana shu kommunistik Xitoy emasmi? O’zining o’n sakkiz yoshga etmagan fuqarolarini namoz o’qishdan man qilayotgan, masjidlarga videokameralar o’rnatib, mo’minlar ustidan josuslik qilayotgan mana shu Tojikiston emasmi? Jamoat joylarida namoz o’qishni man qilayotgan mana shu jinoyatkor Qozog’iston emasmi? Keyin, musulmonlarga qarshi qiynoq turlarining hammasini qoldirmay qo’llayotgan, qamoqxonalari go’yo ommaviy qabristonlarga o’xshab qolgan, tog’utlikda chegara bilmayotgan va Allohdan ham o’zini oliy tutayotgan diktator Karimov hukmronligi ostidagi mana shu O’zbekiston emasmi? Hanuz qo’llari musulmonlar qoniga belanib turgan mana shu xudosiz zolim mustabid hukmdorlar bilan hamkorlik qilish va yaqin bo’lish musulmonlarga xiyonat qilish sanalmaydimi? Xoh g’arblik kofirlar bo’lsin, xoh sharqlik, sizlar ularning musulmonlarga qarshi rejalarini ko’ra-bila turib, qanday o’shalarning safidan joy olishga bor kuchingizni sarflayapsiz? Axir, qiblangizni Yevropa va Rossiyadan burib, Haq Taboraka va Taolo tarafga o’zgartirishning vaqti kelmadimi?
Alloh Taolo bunday dedi:
«Ular mo’minlarni qo’yib kofirlarni do’st tutishadi. O’sha kofirlar oldidan kuch-qudrat izlashadimi?! (Ovora bo’ladilar!) Chunki bor kuch-qudrat Allohnikidir» [Niso 139]
Haqiqiy kuch qudrat na Amerikaniki, na parchalanish arafasida turgan Yevroittifoqniki va na qiyofasi noaniq bo’lgan Shanxay beshlik tashkilotiniki bo’lsin. Albatta, to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlati yaqinda eng katta kuch qudrat sohibi bo’ladi va shu qudrati fazli bilan musulmonlarning zolimlarni qo’rquvga soluvchi o’z qudratlarini qayta olib beradi. Bu esa barcha musulmonlar uchun yaroqli va birdan-bir alternativdir. Endi Xalifalik uchun faoliyat qilayotgan va kuch qudratni o’zlaridan, ya’ni musulmonlardan umid qilayotgan zotlarga qarshi chiqayotganlarga kelsak, yaqinda ular kuch qudrat kimniki bo’lishini anglab etadilar.
Hizbut Tahrir 21 robiul-avval 1434h
Turkiya viloyati 2 fevral 2013m