BO’LINISh SABABLARI VA BIRLAShISh YO’LI

494
0

Har qanday inson hayotda duch kelayotgan muammolarini o’zi echa olmaydi, o’zgaga murojat qilishi tabiiy. Duch kelgan muammosi shaxsiy bo’lsa, uni to’g’ri echib, foydalanishi yoki noto’g’ri echib, ziyon ko’rishi o’zigagina aloqador bo’ladi. Agar muammo jamiyatga taalluqli bo’lsa, uni to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishining ko’pchilikga ahamiyati bor. Qoloq insonlar, hayotdagi muammolarining echimi kelib chiqadigan manba’ni tekshirib, shu manba’ni to’g’ri ekanligiga qanoat hosil qilmasdan o’zi ishongan “lider”iga taqlid qilishadi, echimlarini ulardan so’rab hal qiladilar. Insonlarning tushunishi bir-birlaridan farq qilishini hisobga olsak, muammosning echimlari hilma-hil bo’lib qoladi, natijada har bir liderning atrofida unga ishongan insonlardan tashkil topgan guruh paydo bo’ladi, xalq bir necha guruhlarga bo’linib ketadi. O’z lideri nimani to’g’ri degan bo’lsa, o’sha to’g’ri, nimani noto’g’ri desa o’sha noto’gri yoki kimni dushman qilib ko’rsatsa, u dushman, do’st qilib ko’rsatsa, do’st hisoblanadi, chunki xalqda o’z liderlarining so’zlarini tekshirib ko’radigan manba’ning o’zi yo’q. Natijada liderlarning qarori bilan ichki nizolar kuchayadi. Xalq bir necha guruhlarga bo’linib, bir-birlari bilan dushmanchilik qilishadi, hatto bir millatning vakillari ham shimollik-janublik yoki ikki uruqqa mansublik asosida dushmanlarga aylanib qolishi mumkin. Bunday xalqning kelajagi yo’q, xech qachon yuksalmaydi. Bir xalqning yuksalishi avvalo ularning bir lider atrofida bir butun bo’lib yuksalish tomon intilishi bilan bo’ladi. Hamma o’zi bilgan tomoniga tortish bilan xech qanday oldiga siljish bo’lmasligi barchaga ma’lum. Xalqni birligini hosil qilish uchun bir oilaning vakillarini boshqarishga cheklab qo’yadigan(m:qadimdagi forslarda raxbarlik podshoh oilasiga mansub, uni bu oiladan xech kimning talashishga haqqi yo’q degan) urf bilan yoki diktatura(m: O’zbekistondagi I.Karimov rejimiga o’hshash kuch) bilan bo’lishi mumkin. Biroq, rahbarlikni bir oilaga cheklab qo’yadigan urf, agar o’sha oilaning navbatdagi vakili rahbarlikka noloyiq yoki yosh bo’lib, undan boshqasi yo’q bo’lsa, faqat o’shani rahbar qilish bu axmoqlik, boshqasini qilish esa o’sha xalqdagi rahbarlik asosini buzish bo’ladi. Bundan tashqari yuksalishga intilish uchun xalq oldida xech qanday dastur ishlab chiqilmay, balki rahbar oilaning o’z xohish-istaklaridan kelib chiqqan qarorlari bilan boshqarish xalqni axmoq qilishdan boshqa narsa bo’lmaydi. Diktaturaning umri qisqa, Misrdagi H.Muborak, Suriyadagi B.Asad rejimlari bunga dalil bo’ladi. Bunda ham xalq ish olib borishi uchun hamma birdek murojat qiladigan nizom bo’lmaydi, mavjud nizom ham diktatorning xohish-istagi bo’yicha xohlagan tomonga o’zgartiriladi. O’zbekistonda ham I.Karimov o’ziga qarshi xech qanday fikrni, xarakatni chiqishiga yo’l qo’ymayotgan bo’lsada, atrofiga “prezident aytgan bo’lsa toshbaqa ham uchadi” degan kimsalarni to’plab, go’yoki zohirda xalqning birligiga erishgandek bo’lib ko’rinsada, lekin ichki, xaqiqiy birlik mavjud emas, balki portlash arafasida turibdi.

Xaqiqiy birlik inson zotiga birdek qaraydigan mabda asosida bo’ladi.

Ular uchta: sotsializm, kapitalizm va islom.

Birnchisi-Sotsializm mabdasi. Uning muvafaqiyatsizlikka uchragani dalilga muhtoj emas. Bu mabdani davlat yordamiga muhtoj, uysiz, ishsiz qolgan och-yalang’ochlar qabul qiladi. Uning asosi bo’lgan dinsizlikni hech bir aqli raso inson qabul qilmaydi. SSSRda ham ishning boshida hiyla-nayranglar bilan bir qancha xalqlar shu mabda asosida birlashdi, milionlagan insonlarning birligi vujudga keldi va taraqqiyotda ancha ilgarilab ketgan Yevropadan o’zib ketdi, birinchi bo’lib kosmosga parvoz qildi. Lekin bu mabda inson tabiati bo’lgan dindorlik va mol-mulkni yaxshi ko’rishga qarshi bo’lganligidan uning targ’ibotchilari bo’lmish ruslar birinchilardan bo’lib, xech qanday xorijiy bosimsiz mabdalaridan voz kechib, SSSRda oshkora bo’lmasada, ruslar siyosatiga, ya’ni millatchilikga o’tishdi. Ba’zi ziyolilar SSSRni yuz tuban ketayotganini, yaqinda parchalanishi ayta boshlashdi. M:A.I.Soljenitsn SSSR qulaguncha AQShga borib jon saqladi. AQShning 37-chi prezidenti R.M.N?kson (1969—1974) ham SSSRni urishsiz, qurolsiz parchalaymiz deb shunga ishora qilgan. Ya’ni milionlagan xalqlarni birlashtirib turgan asosdan voz kechish o’sha xalqni parchalanishiga olib keladi.

Ikkinchisi-Kapitalizm mabdasi. U ham xalqlarni birlashtirib, taraqqiyot cho’qqilarigacha olib chiqqan bo’lsada, ohirida o’sha xalqlarga balo bo’ldi. Yechimini topishdan ojizligini oshkor qilayotgan iqtisodiy krizslar, ijtimoiy tomondan oilalarni, kelajak avlodni tugab borayotgani, butun bir xalqning batamom yo’q bo’lib ketish xavfi, minglagan begunoh insonlarning o’lishi, ayollar, qariyalar va yosh bolalarning qirg’inlarga uchrashi shu mabdaning “samarasi”dir, ya’ni bu mabdaning asosi bo’lmish “dinni xayotdan ajratish”ga butun koinotni, jumladan insonni ham yaratuchisi Alloh Taoloni xayot ishlaridan ajratishdan ushbu balolar kelib chiqyapdi. Yevropa o’zlaridagi dindorlarni zulmidan qutilish uchun bir chora sifatida bu xatoga, baloga girifdor bo’lishdi. Bizchi? Nega axmoqlarcha kofirlarga taqlid qilyapmiz? Bizdagi balo-ofatlar aynan dindan uzoqlashganimiz uchun, dinimizga quloq solmaganimiz uchun emasmi?!

Uchunchisi: butun insoniyatni birlashtirib, ikki dunyo saodatiga erishtiruvchi Islom mabdasidir. Bu mabda inson aqliga xitob qiladi va uning tabiatiga to’g’ri keladi. Bu mabdani qabul qilish uchun avvalo aqidasini aqlan echib olishni shart qilgan.Bu mabdaning amaldagi muvaffaqiyatlarining xususan ikki ishda tengi yo’qdir.

1.Islom butun arab xalqini toifachilik-qabilachilik zulmatlarida, jaholat qorong’uliklarida tentirab yurgan qoloq fikriy holatdan tonggi quyoshi arablarnigina emas, balki butun olamni qamrab olgan, Islom nuri bilan jilvalangan fikriy uyg’onish asriga olib chiqdi. Mana Fors, Iroq, Shom o’lkalari, Misr va Shimoliy Afrika xalqlar har biri o’ziga xos millat bo’lib, biri ikkinchisiga o’xshamas va har biri o’ziga xos tiliga ega edi. Fors mamlakatidagi fors millati Shomdagi rumliklardan, Misrdagi qibtiylardan va Shimoliy Afrikadagi barbarlardan farq qilar edi. Ularning odatlari, an’analari va dinlari ham har xil edi. Ularning barchasi Islom hokimiyati soyasida yashab, Islomni tushuna boshlagach, hammasi Islomga kirib keldi va yagona ummat – Islom Ummatiga aylandi. Shuning uchun ham bu xalq va millatlarni birlashtirishdagi Islom mafkurasining muvaffaqiyati mislsiz edi. Holbuki, Islom mafkurasini etkazishdagi aloqa vositalari tuyalardan iborat bo’lsa, tushuntirish (targ’ib qilish) vositalari til (so’z) va qalamdangina iborat edi.

2.Islom Ummati o’n ikki asr butun dunyoda dunyoqarash, madaniyat, saqofat hamda ilm-fan sohalarida eng oliy Ummat bo’lib kelgan bo’lsa, Islom davlati dunyodagi eng buyuk va eng qudratli davlat edi. Bu mabda nafaqat bir millat ichidagi bir necha guruhlarni, balki yuzlagan millatlarni birlashtirib, bitta Ummatga aylantirish imkoniga ega va bunday asosni butun insoniyat birlashib turib ham ishlab chiqa olmaydi.

Alloh Taolo aytadi:

 

„Ayting: «Qasamki, agar bor insu jin mana shu Qur’onni o’xshashini keltirish yo’lida birlashib, bir-birlariga yordamchi bo’lsalar-da, uning o’xshashini keltira olmaslar“. [17:88]

Islom davlati va Islom Ummati mabdani tarqatishdan yuz o’girib, Islomga da’vat qilishda etiborsizlik qilib, Islomni tushunish va uni tatbiq qilishda jiddiy nuqsonlarga yo’l qo’ygach, boshqa millatlar o’rtasida o’z-o’zidan obro’sizlanib qoldi.

Shuning uchun avvalo bu mabdani o’z o’rniga, ya’ni inson muammolariga echim kelib chiqadigan asos o’rniga tez qaytarishimiz va boshqa asoslarni uloqtirishimiz kerak.

Alloh Taolo aytadi:

 

“Kim Mening eslatmamdan yuz o’girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo’lur va Biz uni qiyomat kunida ko’r holda tiriltirurmiz”. [20:124]

Ikkinchidan: yaqinlarimizdan, atrofimizdagilardan shu mabda asosida ish yuritish zarurligini tushuntirishimiz zarar. Chunki hayotimiz yaxshilanishi qavmning o’nglanishiga bog’liq.

Alloh Taolo aytadi:

 

– „Aniqki, to biron qavm o’zlarini o’zgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini o’zgartirmas“. [13:11]

Uchunchidan: yangi duch kelayotgan har qanday ishda Islomga murojaat qilishimiz kerak, ya’ni o’sha voqe’likni yaxshilab o’rganib, so’ngra shu mavzu’dagi Allohning hukmini bilishimiz va o’sha asosida ish yuritishimiz va bu echimga to’g’ri deb ishonishimiz, bo’ysunishimiz vojib.

Alloh Taolo aytadi:

 

„Yo’q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o’z o’rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to’la taslim bo’lmagunlaricha-bo’yinsunmagunlaricha zinhor mo’min bo’la olmaydilar“. [4:65]

To’rtinchidan: Islomning har bir hukmlarida, xatto ziyonga o’hshab ko’ringan va har qancha kichik, arzimas ishda ham, unga muvofiq ish yuritish kerak. Undan zarracha chalg’ish u halokatdir.

Alloh Taolo aytadi:

 

“Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qo’yishlaridan ehtiyot bo’ling!” [5:49]

Muttaqiy.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.