بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Savolga javob
G‘azo aholisini ko‘chirish
Savol:
(Al-Jazira veb-sayti 2025 yil 26 yanvarda quyidagilarni nashr qildi: «Amerika prezidenti Donald Tramp (Isroil)ning G‘azo sektoriga qarshi olib borgan urushi ortidan yuzaga kelgan gumanitar inqiroz sababli falastinlik qochoqlardan yana-da ko‘prog‘ini qabul qilish borasida Iordaniya, Misr va boshqa arab davlatlariga bosim o‘tkazishini aytdi.. Bu vaqtinchalik taklifmi yoki uzoq muddatga cho‘ziladigan holatmi, degan savolga Tramp: u ham, bu ham bo‘lishi mumkin, deb javob berdi). Xo‘sh, bu – Trampning Iordaniya va Misr hukmdorlarini bo‘g‘uvchi noqulay ahvolga solishini anglatadimi? Ayniqsa ular bu ko‘chirishga rozi emasligini oldindan aytib kelishayotgan edi, chindan ham bu shuni anglatadimi? Bu – Trampning aynan G‘azo sektorini yahudiy vujudiga qo‘shib yuborish uchun uni tub aholisidan bo‘shatishni rejalashtirayotganini bildiradimi? Ayniqsa arablar, balki musulmonlar ustida turgan barcha hukmdorlar yahudiylarga qarshi hech bir harakatsiz, qabriston sukunatidek jim turishgan bir paytda, bu shu narsani anglatadimi? Bu – Amerika siyosatida qandaydir o‘zgarish bo‘lganini bildiradimi yoki siyosat o‘sha-o‘shayu faqat boshqa bir uslubda davom etayotganini anglatadimi?
Javob:
Yuqoridagi savollarga aniq javob berish uchun quyidagi ishlarni ko‘rib chiqamiz:
Tramp o‘z maqsadlarini, o‘tmishdoshi Baydenning aksi o‘laroq, yashirib o‘tirmayapti, balki ochiq aytyapti. Masalan, Bayden odamlarni Amerikaning ikki davlat yechimi loyihasini amalga oshirishga harakat qilayotganiga gumonlantirib, umidlantirib kelayotgandi. Lekin u aslida ma’nosiz gap edi! Al-Jazira o‘zining veb-saytida 2024 yil 4 yanvarda quyidagilarni nashr qilgandi: (Amerika prezidenti Jo Bayden juma oqshomida, ikki davlat yechimning bir necha modellari borligini aytib, bir qancha davlatlar o‘z qurolli kuchlariga ega bo‘lmasdan turib ham, BMTga a’zo ekanligiga ishora qilib o‘tdi… Al-Jazira, 2024 yil 4 yanvar). Ya’ni Bayden ana shu taxlit davlatga – qurolli kuchlari yo‘q davlat bo‘lishiga ishora qilgan edi! Tramp esa, odamlarni yolg‘on o‘yga solmasdan, nimaga harakat qilayotganini ro‘y-rost aytdi.. U o‘zining saylov kampaniyasidagi chiqishlari birida bunday deb ochiq aytgandi: (O‘rta Sharq xaritasiga qarar ekanman, (Isroil) – bir parchagina kichik yerda joylashganini ko‘raman. To‘g‘risini aytsam men, kattaroq yer maydonlariga ega bo‘lishning biror yo‘li bormi? – dedim. Chindan ham u juda kichikdir… Sky News, 2024 yil 19 avgust). Bu esa uning G‘arbiy Sohilda kelgindi yahudiylar tomonidan qurilgan manzilgohlarni legitimlashtirish orqali yahudiy vujudini kengaytirmoqchiligini, yahudiylarning falastinliklar yerlarini egallab olishlariga yo‘l ochib berib, unda yangi aholi punktlarini barpo qilmoqchi ekanini anglatadi.
Buni Tramp Amerikaning (Isroil)dagi elchisi qilib, aynan uning qarashini qabul qiladigan shaxsni tayinlagani ham tasdiqlab turibdi. U Mayk Xakabi bo‘lib, uni Tramp o‘zining truth Social veb-saytidagi akkauntida 2024 yil 13 noyabr yilda shunday deb tariflagandi: «u (Isroil)ni va (Isroil) xalqini sevadi. Xuddi shunday (Isroil) xalqi ham uni yaxshi ko‘radi. Mayk O‘rta Sharqda tinchlik o‘rnatish uchun tinim bilmay harakat qiladi». Mayk Xakabining oldingi intervyulari orasida BBS 2024 yil 13 noyabrda yahudiylarning 12 kanalidan olib tarqatgan bir intervyu ham bor. Xakabi o‘zining yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlovchi chiqishlari bilan mashhur bo‘lib, ular orasida 2015 yilda bergan intervyusi yanada ahamiyatlidir. Unda, jumladan, shunday degandi: «Isroilning G‘arbiy Sohilni anneksiya qilish haqidagi talabi AQSHning Manxettenga bo‘lgan talabidan kuchliroq». Uning ijtimoiy tarmoq saytlarida mana bunday video-lavhalari ham bor bo‘lib, ularni 2017 yilda tarqatgan: «G‘arbiy Sohil degan narsa yo‘q, u yahudo va samirodir. Manzilgohlar degan narsa yo‘q. Ular jamiyatlar, ular aholi kvartallari, ular shaharlar, bosqinchilik deb ataladigan narsaning o‘zi yo‘q».
Bu elchi ana shu intervyularini 2024 yil 15 noyabrda yahudiylarning yettinchi kanaliga yangidan berib, bunday dedi: «Men o‘zim ishonmaydigan narsani aytishim mumkin emas. G‘arbiy Sohil degan iborani ishlatishga hech qachon tayyor bo‘lmaganman. Unday narsa yo‘q. Men yahudo va samiro haqida gapiraman. Odamlarga aytamanki, bosqinchilik degan narsa yo‘q». U yana dedi: «Tramp prezident bo‘lib o‘tkazgan sobiq to‘rt yilni eslang, tarixda (Isroil)ni undan ko‘ra ko‘proq qo‘llab-quvvatlagan biron prezident bo‘lmagan. Quddusni poytaxt deb tan olib, Amerika elchixonasini Telavivdan Quddusga ko‘chirishgacha, Jo‘lon tepaliklarini Isroil davlatining qonuniy mulki deb, e’tirof etishgacha bo‘lgan barcha narsalar amalga oshdi. Ikki davlat yechimini oldinga siljitishga urinish ham bo‘lmagan. Chunki u amaliy yechim emas. Shuning uchun uni amalga oshirib bo‘lmaydi». U yana bunday dedi: «Ikki davlat yechimini qonuniy deb bilmayman. Bu uzoq yillar davomida himoya qilib kelgan pozitsiyamdir. Tramp ham bu pozitsiyaga qo‘shiladi. Bundan keyin shunday bo‘lishini kutib qolaman». Ushbu intervyular fonida Trampning Falastin masalasi borasidagi siyosati chizgilari ochiq ko‘rinib turibdi. U – G‘arbiy Sohildagi bosqinchilikka va yahudiy vujudi ortidan qurilgan manzilgohlarga qonuniy tus berishdir.
Bu esa shuni anglatadiki, Tramp ma’muriyatida Falastin masalasida, falastinliklar uchun – hajmi qanchalik bo‘lmasin – davlat qurib berish degan biron muayyan yangi loyiha mavjud emas. Aksincha, ish Amerikaning – yahudiy vujudi foydasiga – G‘arbiy Sohildagi egallab olingan manzilgohlarni legitimlashtirishni rasman tan olishi sari ketyapti. Buni (Isroil)dagi Amerika elchisining intervyulari ham, Trampning bu borada uni maqtab qo‘llab-quvvatlayotgan gap-so‘zlari ham ko‘rsatib turibdi. Ya’ni Tramp uning bu masalada bildirgan fikrlarini maqtamoqda. Shuningdek, buni Trampning, ishi faqat tajovuz bo‘lib kelgan kelgindi yahudiylardan sanksiyalarni olib tashlagani ham tasdiqlab turibdi. Amerika o‘sha tajovuzkorliklarni Bayden ma’muriyati davrida noqonuniy deb hisoblagan edi. Demak, Tramp ko‘zda tutayotgan tinchlik bu – yahudiy vujudining G‘arbiy Sohildagi yerlarni bosib olib, ularda manzilgohlar qurganini qabul qilishdir. Shu bilan birga, Falastin ma’muriyatiga yahudiy vujudiga xizmat qilishni davom ettirishi uchun biroz avtonom boshqaruvni berib, hozircha qolish huquqini tortiq etishdir. Bu (qo‘g‘irchoq) ma’muriyat yahudiy vujudiga xizmat qilishni xavfsizlik choralarini koordinatsiyalash nomi ostida davom ettiradi. Shuningdek, bu ma’muriyat xodimlari ba’zi shaharsozlik xizmatlarini ko‘rsatish bilan odamlardan soliqlar to‘playdilar. Maqsad – o‘sha soliqlar evaziga kun kechirish bo‘ladi va odamlarning tinka madorini quritishadi, holdan toydirishadi.
Tramp o‘zi istagan narsani amalga oshirishga qudrati yetarli ekanini va mintaqa hukmdorlarini xom-xayolga solib, ularni shayton o‘z tobelarini orzular og‘ushiga otganidek, orzumand qilgan holda tinchlik o‘rnatishga qodirligini ko‘rsatishga urindi. Al-Jazira 2025 yil 23 yanvarda quyidagilarni nashr qildi: (Amerika prezidenti Donald Tramp o‘zining ma’muriyati 4 kun ichida sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati 4 yil davomida qo‘lga kiritolmagan yutuqlarga erishganini aytdi. U o‘z ma’muriyati bo‘lmaganida bu haftada G‘azoda o‘q ochishni to‘xtatish kelishuviga aslo erishilmagan bo‘lishini ta’kidladi. U, shuningdek, Saudiya Arabistoni qirolligi Qo‘shma Shtatlarga 600 milliard dollar miqdorida investitsiya yotqizishini, lekin u trillion dollarga ko‘tarishlarini talab qilishini qo‘shimcha qildi…). Shu bilan birga Tramp yahudiy vujudiga ushbu kelishuv munosabati bilan «bir qop sovg‘a-salomlar»ni ham qo‘shib berdi. Bu haqda Yediot Axronot gazetasi 2025 yil 14 yanvarda bunday deb yozdi: (Isroil – agar buni zarur deb bilsa – o‘t ochishni to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladi. Oq uy Bayden ma’muriyati jinoyatkorona ishlarni amalga oshirgan kelgindi yahudiylarga qarshi biroz oldin joriy qilgan sanksiyalarni bekor qilish uchun qattiq turib bosim o‘tkazadi va BMTning ikki mahkamasiga qarshi xalqaro kampaniya boshlaydi. Ma’lumki, bu ikki mahkama Isroilga, xususan Netanyaxu va uning mudofaa vaziri Galantga qarshi harbiy jinoyatlarni va insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatlarni qilganlik ayblovi bilan tergov yoki sud surishtiruv amaliyotlarini boshlagan edi).
Shunday qilib, Tramp birinchi prezidentligi davrida ham, hozirgi davrida ham yahudiylar manfaatlarini o‘z manfaatlari deb qabul qilib kelmoqda. Hatto u Amerika va boshqa buyuk davlatlar ishlab chiqqan xalqaro qarorlarni ham ular yahudiylar manfaatlariga zid kelgani uchun buzib, yo‘qqa chiqarmoqda. Vaholanki, Amerika bu qarorlarga qarshi chiqqan davlatlarga bosim o‘tkazib, tinchlik bermay kelardi. Masalan, Tramp BMTning, G‘arbiy Sohil bosib olingan yer bo‘lgani uchun yahudiy vujudi unda manzilgohlar qurishga haqli emasligi, aksincha 1967 yil 4 iyundagi chegaralarga chiqib ketishi kerakligi haqidagi qarorlarini buzdi. Xuddi shunday u BMTning, Sharqiy Quddus Falastinning bosib olingan yeri ekanligi haqidagi qarorlarini ham chippakka chiqardi. Shuningdek, u BMTning, Jo‘lon tepaligi bosib olingan Suriya yeri ekanligi haqidagi qarorlarini ham buzib, yahudiy vujudi Quddus va Jo‘lon tepaligini anneksiya qilishini qonuniy deb e’tirof qildi. Bu esa uning o‘sha manzilgohlarni va yahudiy vujudi hozirgacha G‘arbiy Sohilda bosib olgan yerlarni qonuniy sanab, tez kunlarda yanada ko‘proq manzilgohlar qurishga yoki ularni kengaytirishga yo‘l ochib berishga qaror qilishini ham ta’kidlab turibdi. Bu narsa kelgindi yahudiylar borasida afv etish amnistiyasini chiqargan paytidayoq ochiq ko‘rindi. Holbuki, Bayden davrida ularga qarshi sanksiyalar joriy qilingan edi.
Tramp mintaqadagi qolgan davlatlar yahudiy vujudini va uning Falastinni bosib olishini qonuniy deb tan olishlari uchun aloqalarni normallashtirishga majburlash orqali (Isroil) vujudini mustahkamlash borasidagi o‘z rejasini davom ettiradi. Bunga nomzod davlatlardan biri Saudiyadir. Bunda, ayniqsa Saudiya valiahd shahzodasining Tramp bilan kuchli aloqada ekanligi katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, Tramp yahudiy vujudi Saudiya bilan aloqalarni normallashtirishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu uzoq vaqtni olmasligi mumkin. Chunki Saudiya rejimi Tramp boshchiligidagi respublikachilar ma’muriyati istaklariga tamoman bo‘ysunayotganini ko‘zi va qalbi ochiq har bir odam ko‘rib, tushunib turibdi. Masalan, Tramp 2025 yil 23 yanvarda quyidagilarni ochiqlab o‘tdi: («Saudiya Amerika iqtisodiga 600 milliard dollar investitsiya yotqizadi, men uni trillion dollarga yetkazishlarini talab qilmoqchiman»… Al-Hurra, 2025 yil 23 yanvar). Uning aytishicha, bu narsa Saudiya valiahdi ibn Salmon bilan 2025 yil 22 yanvar chorshanba oqshomida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti asnosida amalga oshgan. Ya’ni Saudiyaning hozirdagi asl hukmdori AQSH prezidentining Amerika iqtisodini yuzlab milliard dollarlar bilan qo‘llab-quvvatlash haqidagi talabiga bitta telefon qo‘ng‘irog‘ining o‘zi bilanoq xo‘p, deb bo‘ysundi. Bu esa Saudiya rejimining Tramp davrida Amerika talablariga bo‘ysunishga qanchalik tayyor ekanligini ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun demak, ibn Salmon yahudiy vujudi bilan aloqalarni normallashtirishga tayyorligini – agar Tramp talab qiladigan bo‘lsa – yana bir telefon qo‘ng‘irog‘ining o‘zi bilanoq e’lon qilib qo‘ya qoladi.
Binobarin, Trampning yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlovchi xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatgan kishi savolda (Bu vaqtinchalik taklifmi yoki uzoq muddatga cho‘ziladigan holatmi, degan savolga: u ham, bu ham bo‘lishi mumkin, deb javob berdi. Al-Jazira, 2025 yil 26 yanvar) deya kelganidek, uning G‘azo sektorini o‘z tub aholisidan bo‘shatib, uni yahudiy vujudiga qo‘shib yuborish to‘g‘risidagi so‘zlariga guvoh bo‘ladi. Buni diqqat bilan kuzatgan kishi Tramp uchun bu juda odatiy bir ish ekanini ko‘radi… Ammo savolda kelgan (Xo‘sh, bu – Trampning Iordaniya va Misr hukmdorlarini, ayniqsa ular ushbu ko‘chirishga rozi emasliklarini oldindan aytib kelishayotgan ekan, bo‘g‘uvchi qiyin ahvolga solib qo‘yishini anglatadimi?), degan savolga kelsak, Tramp bu ikki hukmdorga – ular bo‘g‘iladimi yoki yo‘qmi – parvo ham qilmaydi. Xususan, buni biroz avval bundan-da ochiqroq aytgan ekan, shunday bo‘lishi aniqdir. U oldinroq bunday degandi: («O‘rta Sharq xaritasiga qarar ekanman, (Isroil) – bir parchagina kichik yerda joylashganini ko‘raman. To‘g‘risini aytsam men, kattaroq yer maydonlariga ega bo‘lishning biror yo‘li bormi? – dedim. Chindan ham u juda kichikdir»… Sky News, 2024 yil 19 avgust). Demak, uning oldingi gapi yahudiy vujudini kengaytirish haqida borgan bo‘lsa, hozirgisi esa bu vujudni kengaytirish yo‘llaridan birini ko‘rsatib berishdir. Tramp anavi malay hukmdorlarning ushbu majburiy ko‘chirish chora-tadbirlarini ko‘rishlariga muhit hozirlamoqchi ekanligi ko‘rinib turibdi. Ular, ayniqsa, Misr va Iordaniyadagi hukmdorlar bu ko‘chirishni oldindan rad etib kelishmoqda.. Boshqacha aytganda, bu – ushbu hukmdorlar Trampning aytganlarini bajarish uchun odamlarga bosim o‘tkazib, ularni yurtlaridan majburiy ko‘chirish va uni bo‘shatib, yahudiy vujudiga qo‘shib yuborishning uddasidan chiqishadimi yoki odamlar bu ikkala rejimga qarshi qo‘zg‘alib, ularni Allohga, Rosuliga va mo‘minlarga xiyonat bo‘lgan ushbu qadamdan to‘sishadimi va so‘ngra buni Trampga munosib ko‘rilgan boshqa vaqtga kechiktirish kerak bo‘ladimi – ana shu masalada «tomir ushlab ko‘rish» amaliyotidir.
Biz albatta yaxshi bilamizki, musulmonlar yurtlaridagi, ayniqsa, Falastin tevaragidagi hukmdorlar Allohdan, Rosulidan va mo‘minlardan aslo hayo qilishmaydi. Tramp buyrug‘ini bajarish ular uchun eng birlamchi ishlardandir. Bu ularning Trampni saylovda g‘alaba qozonib, Qo‘shma Shtatlar prezidenti bo‘lgani bilan tabriklashda kimo‘zarga yelib-yugurishlaridan ham ochiq ko‘rinib turibdi. Vaholanki, Tramp yahudiylarga do‘stligi, Islom va musulmonlarga esa dushmanligini yashirmayapti. Shunga qaramay, anavi hukmdorlar uni tabriklashda kimo‘zarga musobaqa qilishdi:
a) RT – Axbor olamul-arabiy 2024 yil 6 avgustda («Saudiya axborot agentligi «WAS»dan olib, quyidagi xabarni tarqatdi: «Saudiya qiroli Trampni tabriklar ekan, «ikki mamlakat va ikki do‘st xalq o‘rtasidagi mustahkam va o‘ziga xos tarixiy aloqalarni olqishlab, tomonlar bu aloqalarni barcha sohalarda kuchaytirib, rivojlantirishga harakat qilayotganini» aytdi. Agentlik, shuningdek, Turkiya prezidentining tabrigini ham tarqatdi: «U X platformasi orqali bunday dedi: «Men do‘stim Donald Trampni prezidentlik saylovida g‘alaba qozongani bilan tabriklayman… Turkiya-Amerika aloqalari yana-da kuchayishini umid qilib qolamiz..»).
b) Al-Jazira ham 2024 yil 6 avgustda Misr prezidenti tabrigini nashr qildi. Unda bunday deyiladi: («Saylangan Amerika prezidenti Donald Trampga chin dildan samimiy tabrik yo‘llayman… Misr va Qo‘shma Shtatlar hamda ularning do‘st xalqlari o‘rtasidagi strategik hamkorlik aloqalari yana-da kuchayishini tilab qolaman». Iordaniya qiroli ham uni tabriklab bunday dedi: «Prezident Donald Trampga saylovda g‘olib chiqqanligi munosabati bilan eng yaxshi tabriklarimni yo‘llayman. Biz Iordaniya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni kuchaytirish uchun siz bilan birgalikda yana bir marta ish olib borishni sabrsizlik bilan kutib qolamiz…». Pokiston bosh vaziri ham uni X platformasida tabriklab bunday dedi: «Prezident Donald Trampni tarixiy g‘alaba – ikkinchi bor prezident bo‘lib saylanishi bilan tabriklayman! Pokiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va yanada kengaytirish uchun bo‘lg‘usi ma’muriyat bilan mustahkam ish olib borishni sabrsizlik bilan kutib qolaman»)… Va hokazo.
v) Hatto Suriyadagi yangi ma’muriyat raisi Ahmad Sharaa ham xuddi shu yo‘lni tutdi. U 2025 yil 20 yanvarda Feysbuk sahifasida quyidagilarni tarqatdi: «Suriya arab respublikasi rahbariyati va xalqi nomidan AQSH prezidenti Donald Trampni tabriklayman». U yana qo‘shimcha qilib bunday dedi: «Biz Tramp O‘rta Sharqqa tinchlik olib keladigan va mintaqaga barqarorlikni qaytaradigan iqtidorli rahbar deb ishonamiz».
Mana shular – musulmonlar yurtlaridagi hukmdorlardir. Alloh ularni halok qilsin, qay tomonga qarab ketmoqdalar-a!
Bundan tashqari, biz shuni ham yaxshi bilamizki, Rosululloh ﷺning Ummati o‘zining sodiq, muxlis rijollari bilan Tramp va uning tobelari bo‘lmish anavi hukmdorlarning bayonotlarini chang-to‘zonga aylantirib tashlaydilar. Zero, muborak zamin Falastin ahlining o‘z diyorlarini mahkam tutib turganliklari shundoqqina ko‘rinib turgan ishdir.. Ulardan minglablari og‘ir ob-havo sharoitida va undan-da og‘ir yer sharoitida yalangoyoq yuribdilar. Shunga qaramay, ular o‘z uy-joylariga shoshilmoqdalar. Vaholanki, ular vahshiy bosqinchi yahudiylar u uy-joylarni vayron qilib tashlaganini yaxshi biladilar. Lekin ular bu uy-joylarga yetib borishni buyuk zafar deb hisoblamoqdalar. Bularning barchasini kuzatib, chuqur mulohaza qilgan kishi yaxshi tushunib yetadiki, Trampning Falastinni o‘z tub aholisidan bo‘shatish haqidagi bayonotu makr-hiylalari hatto mana bu malay, ruvaybiza hukmdorlarning makrlari bilan qo‘shilgan taqdirda ham – bularning barchasi ularning o‘zlariga qaytib uriladi:
﴿وَقَدۡ مَكَرُواْ مَكۡرَهُمۡ وَعِندَ ٱللَّهِ مَكۡرُهُمۡ وَإِن كَانَ مَكۡرُهُمۡ لِتَزُولَ مِنۡهُ ٱلۡجِبَالُ﴾
«Darhaqiqat, ular o‘zlarining makr-hiylalarini qildilar. (Lekin) agar ularning makrlari sababli tog‘lar yemirilib ketadigan bo‘lsa-da, ularning (bu) makr-hiylalari Alloh huzurida (ma’lum va ihotalangandir)» [Ibrohim 46]
Ana shundan keyin Muborak Zamin o‘z ahliga Doul-Islom bo‘lib qaytadi. Anavi ruvaybizalar esa barchasi qulab yo‘q bo‘ladi. Islom davlati bo‘lmish Roshid Xalifalik, Allohning izni ila, hayot maydoniga albatta qaytadi. Yahudiylarga qarshi jang qilish va ularning bosqinchiligini yo‘q qilish, Allohning izni ila, albatta bo‘ladi. Chunki Sodiqul-Masduq Rosululloh ﷺ Ahmadning musnadida Huzayfadan rivoyat qilingan hadisda shunday deganlar:
«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«So‘ngra payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi». Buxoriy ham Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan chiqargan hadisda u kishi bunday dedi: Men Rosululloh ﷺning bunday deyotganlarini eshitdim:
«تُقَاتِلُكُمْ الْيَهُودُ فَتُسَلَّطُونَ عَلَيْهِمْ…»
«Sizlarga qarshi yahudiylar jang qiladi, bas sizlar ularning ustidan g‘olib bo‘lasizlar…». Muslim ham Ibn Umardan, u Nabiy ﷺdan rivoyat qilgan hadisni ushbu lafz bilan chiqardi:
«لَتُقَاتِلُنَّ الْيَهُودَ فَلَتَقْتُلُنَّهُمْ…»
«Sizlar, shubhasiz, yahudiylarga qarshi jang qilasizlar va albatta ularni o‘ldirasizlar…». Ana shundan keyin Yer yuzi kuch-qudrat va izzat sohibi bo‘lgan Allohning nusrati bilan munavvar bo‘ladi.
Biroq shunday bo‘lsa-da, biz bu xotimada ham oldin aytgan so‘zlarimizni takrorlaymiz:
Allohning sunnati-qonuniyati – osmondan maloikalar tushib, dushmanimizga qarshi jang qiladigan Xalifalikni bizga tiklab berishlarini, biz esa tek o‘tiraverishimizni taqozo qilmadi. Aksincha, U Zotning maloikalari Robbilariga iymon keltirgan, hidoyatlari yanada ziyoda bo‘lgan rijollarga, musulmonlar qo‘shinlariga, urushda sabr-bardosh ko‘rsatuvchilarga madad berish va ularga Allohning nusrati xushxabarini yetkazish uchun tushadilar. Ana shu rijollarga imomlari himoyachi qalqon bo‘ladi va ular uning ortida turib dushmanlariga qarshi jang qiladilar.
﴿بَلَىٰٓۚ إِن تَصۡبِرُواْ وَتَتَّقُواْ وَيَأۡتُوكُم مِّن فَوۡرِهِمۡ هَٰذَا يُمۡدِدۡكُمۡ رَبُّكُم بِخَمۡسَةِ ءَالَٰفٖ مِّنَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ مُسَوِّمِينَ﴾
«Yo‘q (kifoya qilur). Agar sabr qilsangizlar va Allohdan qo‘rqsangizlar va ular (kofirlar) shu onda sizlarga hujum qilsalar, Robbingiz sizlarga besh ming belgili farishta bilan madad berur»
[Oli Imron 125]
Ana o‘shanda mana bu xushxabarga haqli kishilar jumlasidan bo‘lamiz.
﴿نَصۡرٞ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَتۡحٞ قَرِيبٞۗ وَبَشِّرِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴾
«U Alloh tomonidan bo‘lgan g‘alaba va yaqin(da ro‘y berguvchi) fathdir. (Ey Muhammad), mo‘minlarga (mana shu) xushxabarni yetkazing!» [Sof 13]
28 rajab 1446h
28 yanvar 2025m