“Jihod Xalifalikni tiklash tariqati emas” iborasini oydinlashtirishga oid savoliga javob

429
0

getImage2Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan Lone Travellerning (Jihod Xalifalikni tiklash tariqati emas) iborasini oydinlashtirishga oid savoliga javob

 Savol: (Assalamu Alaikum our honorable Ameer: We say that establishment of Khilafah and Jihad are different obligations justifying the point that Jihad can’t be the methodology to establish the Khilafah. Can you explain that these two are different obligations? May Allah (swt) accept you and give you the responsibility to guide the Ummah) end

 Savol tarjimasi: Assalamu alaykum ulug’ amirimiz: Biz Xalifalik bir farz, jihod esa yana bir farz, jihod Xalifalikni tiklash tariqati emas… deb aytamiz. Iltimos shu ishni oydinlashtirib bersangiz… Alloh Subhanahu va Taolodan sizdan qabul qilishini va sizga Ummatga etakchilik qilish ne’matini ato etishini so’rab qolamiz.

 Javob: Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh Bu erda bir necha asosiy ishlar bor bo’lib, ularni yaxshilab tushunib olish zarur, chunki ular javobni oydinlashtirib beradi:

 1 – Biron masalaning shar’iy hukmini istinbot qilish uchun talab etiladigan dalillar shu masala bo’yicha dalillar bo’lib, ular boshqa masala bo’yicha dalillar emas:

 a) Masalan tahorat qanday olinishini bilmoqchi bo’lsam men tahorat dalillarini – ular Makkada nozil bo’lganmi yoki Madinadami, buning farqi yo’q – qidiraman va ulardan ergashiladigan usulga muvofiq shar’iy hukm istinbot qilinadi… Lekin men tahorat va uning qanday qilinishi hukmini olish uchun ro’za dalillarini qidirmayman.

 b) Masalan haj hukmlarini bilmoqchi bo’lsam haj dalillarini – ular Makkada nozil qilinganmi yoki Madinadami, buning farqi yo’q – qidiraman va ulardan ergashiladigan usulga muvofiq shar’iy hukm istinbot qilinadi. Lekin men haj va uning qanday qilinishi hukmini olish uchun namoz dalillarini qidirmayman.

 v) Masalan jihod hukmlarini: uning farzi ayn yoki farzi kifoya ekanini, mudofaa jihodimi yoki birinchi bo’lib boshlab qilinadigan jihodmi ekanini, jihoddan kelib chiqadigan fath va Islomni yoyish hukmlarini – kuch bilan fath qilish bo’ladimi yoki sulh bilanmi, buning farq yo’q – bilmoqchi bo’lsam men jihod dalillarini – ular Makkada nozil qilinganmi yoki Madinadami, buning farqi yo’q – qidiraman va ulardan ergashiladigan usulga muvofiq shar’iy hukm istinbot qilinadi. Lekin men jihod va uning tafsilotlari hukmini olish uchun zakot dalillarini qidirmayman.

 g) Barcha masalalarda shunday. Chunki ularning Makka yoki Madinada kelgan o’z dalillari qidiriladi va ana shu dalildan masalaning ergashiladigan usulga muvofiq shar’iy hukmi olinadi.

 2 – Endi Islomiy Xalifalikni tiklash masalasiga kelamiz va uning dalillarini qidiramiz. Bu dalillar Makkada nozil qilinganmi yoki Madinadami, buning farqi yo’q. Ulardan ergashiladigan usul bo’yicha shar’iy hukmni istinbot qilamiz.

 a) Biz Islomiy davlatni tiklashga oid dalillarni faqat Rosululloh A o’zining Makkai Mukarramadagi siyratlarida bayon qilib berganliklarini ko’ramiz. Chunki Payg’ambarimiz Islomga yashirin da’vat qilib, bir sabrli imonli uyushmani vujudga keltirdilar… Ana shundan keyin bu uyushmani Makkadagi odamlar o’rtasida va mavsumlarda e’lon qildilar… Keyinroq quvvat va qudrat ahlidan nusrat talab qildilar. Natijada Alloh Subhanahu u kishini ansorlar bilan ikromladi, shundan keyin Payg’ambarimiz ularning yurtiga hijrat qildilar va davlatni tikladilar.

 b) Rosul A davlatni tiklash uchun Makka ahliga qarshi jang qilmadilar, davlatni tiklash uchun hech qaysi qabilaga qarshi jang qilmadilar. Holbuki Rosul A va u kishining sahobalari – ulardan Alloh rozi bo’lsin – jangda qahramon, kuchli, taqvoli edilar… Lekin Rosul A davlatni tiklash uchun jangdan foydalanmadilar, aksincha ansorlar Payg’ambarimiz da’vatini qabul qilib, Payg’ambarimiz A davlatni qurgunlariga qadar da’vat qilishda va nusrat talab qilishda davom etdilar.

 v) Ana shundan keyin fath, Islomni yoyish va Islomiy davlatni himoya qilish uchun jihod hukmlari farz qilindi. Jihod davlatni tiklash uchun farz qilinmadi. Bularning barchasi Rosululloh A siyratida ochiq-oydin ko’rinib turibdi.

 g) Shunday qilib demak davlat qanday tiklanganini bilinmoqchi bo’lsa uning kayfiyati Rosululloh Aning da’vat, talabi nusrat, ansorlarning da’vatni qabul qilishi va davlatning tiklanishidan iborat ishlaridan olinadi… Endi agar jihod hukmlarini bilib olinmoqchi bo’lsa uning hukmlari jihodga taalluqli shar’iy dalillardan olinadi. Demak har bir farzning dalillari unga taalluqli dalillardan olinadi. Demak davlatni tiklash uni tiklash dalillaridan, jihod esa jihod dalillaridan olinadi va shunga o’zining yo’sinida qattiq amal qilinadi. Alloh Subhanahu tavfiq beruvchi Egamizdir.

 Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

 28 rajab 1435h

 27 may 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.