Tramp o‘t ochishni to‘xtatishga doir halokatli mavhum rejani yo‘lga qo‘ymoqda

42
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Va nihoyat, yahudiylar G‘azoda amalga oshirgan dahshatli qatliom va mudhish vayrongarchiliklardan keyin hamda musulmonlar hukmdorlarining sharmandalarcha jim turishidan keyin… Tramp o‘t ochishni to‘xtatishga doir halokatli mavhum rejani yo‘lga qo‘ymoqda

Al-Jazira telekanali 2025 yil 16 yanvarda G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga doir kelishuv bandlarini nashr qildi. U 2025 yil 19 yanvarda boshlanadigan bo‘ldi. Unda quyidagilar kelgan: «Qatar poytaxti Davhada G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga doir kelishuvga erishilgani e’lon qilindi… U uch bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqich 42 kun davom etadi. Unda quyidagilarni amalga oshirish kelishib olingan:

Ikkala taraf o‘rtasidagi harbiy amaliyotlarni vaqtincha to‘xtatish, (Isroil) bosqinchi kuchlarini sharqqa va aholi punktlaridan uzoqqa olib chiqib ketish… G‘azo sektorida (Isroil) harbiy havo kuchlarining harbiy va razvedka maqsadlarida uchishlarini vaqtincha kuniga o‘rtacha 10 soat, asirlarni ozod qilish kunlarida esa 12 soatgacha to‘xtatib turish… ikkala tomon kelishib olgan xaritalar bo‘yicha (Isroil) birinchi bosqichda o‘zining Filadelfiya koridoridagi kuchlarini tadrijiy ravishda kamaytirib borishi… Kelishuv kuchga kirganining yettinchi kunida gumanitar yordamlar ortilgan yuk mashinalariga, ular maxsus shirkat tekshiruvidan o‘tkazilganidan keyin, Netsarim koridori shimoliga qaytishiga ruxsat beriladi. Va bu shirkatni vositachilar (Isroil) tomoni bilan birgalikda kelishilgan mexanizm bo‘yicha tayin qiladi…

Kelishuvning ikkinchi bosqichi ijrosi shartlari borasida tomonlar o‘rtasidagi bilvosita muzokaralar uzog‘i bilan kelishuv kuchga kirishining 16 kunidan boshlanadi. Birinchi bosqichning beshinchi haftasi tugashidan oldin yana bir kelishuvga erishish lozim bo‘ladi.

Ikkinchi bosqich ham 42 kun davom etadi. Unda quyidagilarni amalga oshirish kelishib olingan:

Davomli tinchlik o‘rnatilganini e’lon qilish. Bunda harbiy va tajovuzkorlik amaliyotlari doimiy to‘xtatiladi, shuningdek, tomonlar o‘rtasida garovdagilar va asirga olinganlarni ayirboshlash ishlari boshlanadi. Jumladan, bosqinchi yahudiy qamoqxonalaridagi falastinlik asirlardan kelishilgan sondagilar muqobilida tirik qolgan isroilliklarning barchasi ozod qilinadi. Bundan tashqari, (Isroil) bosqinchi kuchlari G‘azo sektori tashqarisiga to‘liq olib chiqib ketiladi.

Uchinchi bosqich ham 42 kun davom etadi. Unda quyidagilarni amalga oshirishni kelishib olingan:

Tomonlar qo‘lida turgan o‘liklarning jasadlarini ayirboshlash. Bu, ularni olib, tanigandan keyin amalga oshiriladi… Shuningdek, G‘azo sektorini 3-5 yil muddat davomida yo‘lga qo‘yiladigan rekonstruksiya (qayta tiklash) rejasini amalga oshirishga kirishish. Bunga uy-joylarni, fuqarolik binolarini va infrastrukturalarni qayta tiklash ishlari kiradi. Bundan tashqari, zarar ko‘rgan barcha odamlarga kompensatsiya to‘lanadi. Bu – mazkur kelishuvga homiylik qilayotgan qator davlat va tashkilotlar nazoratida amalga oshiriladi… Barcha o‘tish yo‘llari ochiladi, odamlar va tovarlarning erkin harakatiga yo‘l qo‘yib beriladi». (Manba: agentliklar).

Bu bosqichlarda aniq ko‘rinib turgan narsa shuki, birinchi bosqich ushbu kelishuvning jon tomiri bo‘lib, u «mina»larga to‘lib toshgandir. Shuning uchun uni bajarishdagi har qanday silkinish qolgan bosqichlarni, ya’ni aholi punktlaridan chiqib ketishdan tortib, havo hujumlarini, harbiy havo kuchlari harakatlarini uzoq muddatlarga to‘xtatib turish yoki kamaytirish, shuningdek, qaytayotgan yuk mashinalarini tekshiruvdan o‘tkazishgacha bo‘lgan – qolgan bosqichlarning barchasini o‘z-o‘zidan to‘xtatib qo‘yadi… Bu bandlardan har biri qaysidir bahona bilan ikkinchi va uchinchi bosqichlarga, ularni to‘xtatib qo‘ymagan taqdirda ham, putur yetkazish uchun kifoyadir.

Ey musulmonlar! G‘azo ahli mahzunlik ichida bu qarordan – shoyad u ularning boshiga tushgan azob-uqubatlarni yengillatar, degan ilinjda «xursand» bo‘ldilar. Afsuski, ular to shu kungacha musulmonlar yurtlaridagi hukmdorlardan hech bir yordam olmadilar.

G‘azo ahli bu qarorni – shoyad u yon qo‘shni va yiroq davlatlardagi musulmonlar armiyalari ularni yordamsiz tashlab qo‘yganidan keyin – biroz bo‘lsada nafas rostlab, orom olish eshigini ochib berar, degan ilinjda «olqishladi»lar.

G‘azodagi bolalar o‘t ochishni to‘xtatishni «bayram qildi»lar. Holbuki bu bolalarning ko‘ziga musulmonlar yurtlaridagi hukmdorlar ularni yordamsiz tashlab, qabriston sukunatidek jim turaverishlari sababli dunyo tor ko‘rinib ketgan edi. Musulmonlar yurtlaridagi hukmdorlarning ahvoli mana shu. Ular yahudiylarning G‘azo sektoriga qarshi tajovuzini har tomonlama ko‘rib, bilib turishibdi.

﴿قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُۖ أَنَّىٰ يُؤۡفَكُونَ﴾

«Ularni Alloh la’natlagay! Qanday adashmoqdalar-a!»          [Munofiqun 4]

Ey musulmonlar, ey musulmonlar yurtlaridagi armiyalar!

Yahudiylar tabiatini ularga yordam berib, hanuz qurol-aslaha va turli ashyolar bilan quvvatlab kelayotgan Amerika ishlab chiqqan va rejalashtirgan halokatli-qattol qaror o‘nglab, tuzatib qo‘ya oladimi?

Yahudiylar tabiatini ular mahkam yopishgan va suyangan «arqon»lari ishlab chiqqan va rejalashtirgan qaror o‘nglab, tuzatib qo‘ya oladimi? Vaholanki u, faqat uni uzib tashlaydigan «qo‘l» yo‘q bo‘lib turgani uchungina saqlanib turgan «arqon»dir!

Yahudiylar tabiatini «minalashtirilgan» bir qaror tuzatib, o‘nglab qo‘ya oladimi? Vaholanki, ular ahd-paymonni buzib kelayotgan kimsalardir. Ular uni oldin ham, keyin ham buzib kelishgan. Ayniqsa, o‘zlarining ro‘baro‘sida ularga qarshi kurashadigan biron hukmdorni topmayotgan ekan, shunday ish tutishlari tabiiy. Bergan ahd-paymonlarini buzish ularning ajralmas sifatidir. Darhaqiqat ular oldin ham, keyin ham – qayerda bo‘lishmasin – shunday qilib kelishmaganmidi?! Shunday emasmi axir?! Mana masalan, ularning bu qilmishini Livanda 2024 yil 27 noyabr kelishuvini imzolashgani va so‘ngra uni buzishganida kuzatish mumkin. Buni ularning Suriyada 1974 yilgi kelishuvni buzishlarida kuzatish mumkin. Balki bunga ustama qilib Jo‘londagi tajovuz va bosqinchilikni ham qo‘shib qo‘yishdi!

Qolaversa, vujudi musulmonlar yurtlarini bosib olish evaziga qad ko‘targan qavm bilan kelishuv tuzish joiz bo‘ladimi? Bu jinoiy vujudni yanchib tashlash o‘rniga, bosqinchiligiga qonuniy tus berish borasida ular bilan kelishuv tuziladimi?!

Ey musulmonlar! Yahudiylar o‘ta yolg‘onchi, g‘addor qavm, yomonlik va xiyonat sohiblaridir. Bunda hech shubha yo‘q. Ular o‘nglanmaydi, ularga faqat Alloh Taolo

﴿فَإِمَّا تَثۡقَفَنَّهُمۡ فِي ٱلۡحَرۡبِ فَشَرِّدۡ بِهِم مَّنۡ خَلۡفَهُمۡ لَعَلَّهُمۡ يَذَّكَّرُونَ﴾

«Bas, agar ularni jangda topsangiz, ular(ni qatl qilish) bilan ortlaridagi kimsalarni qo‘rqitib qo‘ying! Shoyad eslatma olsalar»                 [Anfol 57]

deb aytganidek muomala qilinadi.

Yahudiylar o‘ta yolg‘onchi, g‘addor qavm, yomonlik va xiyonat sohiblaridir. Ularni faqat yangi «xandaq»gina tiyib qo‘yadi, ildizini quritadi. Ularni ham, xuddi Samudni chaqmoq urganidek, yana «xaybar» chaqmog‘i urib halok qiladi.. Bu ularning o‘zlariga kelgan payg‘ambarlar davridagi Allohning arqonini (ya’ni qo‘llovini) uzishganidan buyon davom etib kelayotgan ahvolidir. Ular uchun faqat odamlar tomonidan bo‘lgan arqon qoldi xolos. Qachonki, ular o‘z qarshilarida oldilaridan ham, ortlaridan ham kelib jang qiladigan musulmonlar qo‘shiniga duch kelishsa, bu – hech shubhasiz, parcha-parcha bo‘lib ketuvchi o‘ta zaif arqondir.

﴿قَٰتِلُوهُمۡ يُعَذِّبۡهُمُ ٱللَّهُ بِأَيۡدِيكُمۡ وَيُخۡزِهِمۡ وَيَنصُرۡكُمۡ عَلَيۡهِمۡ وَيَشۡفِ صُدُورَ قَوۡمٖ مُّؤۡمِنِينَ﴾

«Ular bilan jang qilinglar, (shunda) Alloh ularni sizlarning qo‘lingiz bilan azoblaydi, sharmanda qiladi va sizlarni ularning ustiga g‘olib qiladi hamda mo‘min qavm dillarini qondirib, ko‘ngillaridagi g‘am-anduhni ketkazadi»                                                                                    [Tavba 14]

O‘shanda bu muborak zamin, uni Umar fath qilganidek, Salohiddin ozod qilganidek va Abdulhamid muhofaza qilganidek, yana Dorul Islomga qaytadi.

﴿وَيَوۡمَئِذٖ يَفۡرَحُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ + بِنَصۡرِ ٱللَّهِۚ يَنصُرُ مَن يَشَآءُۖ وَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴾

«O‘sha kunda mo‘minlar Alloh nusrat bergani sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir»                                                                                                      [Rum 4-5]

Ey musulmonlar! Alloh Subhanahuning Kitobi va Rasul ﷺ ning sunnatida muammolarimizning yechimi, ahlimiz uchun azizlik, dushmanlarimiz uchun esa xorlik mujassam. U aniq-tiniq yechim bo‘lib, haqni baralla hayqiradi, ahlini aziz qiladi, botilni esa chaqmoqdek urib, yanchib tashlaydi, ahlini xor qiladi. U Islom davlati bo‘lmish roshid Xalifalikning qayta tiklanishidir. Bu davlatni taqvoli, pok inson boshqaradi. U ortida turib jang qilinadigan va uni bilan himoyalaniladigan qalqon bo‘ladi. U Isro va Me’roj Yerini hur va mukarram holiga qaytaradi. U yahudiylarni va har qanday tajovuzkorni uzoq sahrolarga – dunyo xorligi va oxirat azobiga itqitadi. Ey musulmonlar, bu Allohning izni ila biz yashab o‘tayotgan bugungi zo‘ravon boshqaruvdan keyin, albatta bo‘ladi…

«ثُمَّ تَكُونُ مُلْكاً جَبْرِيَّةً فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِـ لَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ. ثُمَّ سَكَتَ»

«So‘ng zolim-zo‘ravon podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi. Keyin Payg‘ambar ﷺ sukutga cho‘mdilar».

Muslim Nofe’dan, u Ibn Umardan, u Nabiy ﷺdan quyidagini chiqardi:

«لَتُقَاتِلُنَّ الْيَـهُودَ فَلَتَقْتُلُنَّهُمْ»

«Sizlar, shubhasiz, yahudiylarga qarshi jang qilasizlar, so‘ngra albatta ularni qirib tashlaysizlar».

Lekin Allohning sunnati (qonuniyati) samodan maloikalar tushib, biz uchun dushmanimizga qarshi jang qiladigan Xalifalikni tiklab berishini, biz esa tek o‘tiraverishimizni taqozo qilmadi. Aksincha, U Zotning maloikalari Robbilariga iymon keltirgan, hidoyatlari yanada ziyoda bo‘lgan rijollarga – urushda sabr-bardoshli, imomlari (ya’ni xalifa) ortida turib uni o‘zlariga qalqon tutgan hollarida dushmanlariga qarshi jang qiladigan musulmon qo‘shinlarga Allohning nusrati xushxabarini berish uchun tushadilar. U xushxabar mana budir:

﴿بَلَىٰٓۚ إِن تَصۡبِرُواْ وَتَتَّقُواْ وَيَأۡتُوكُم مِّن فَوۡرِهِمۡ هَٰذَا يُمۡدِدۡكُمۡ رَبُّكُم بِخَمۡسَةِ ءَالَٰفٖ مِّنَ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ مُسَوِّمِينَ﴾

«Yo‘q (kifoya qilur). Agar sabr qilsangizlar va Allohdan qo‘rqsangizlar va ular (kofirlar) shu onda sizlarga hujum qilsalar, Parvardigoringiz sizlarga besh ming belgili farishta bilan madad berur»                          [Oli Imron 125]

O‘shanda biz shu xushxabarga haqli kishilar jumlasidan bo‘lamiz.

﴿نَصۡرٞ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَتۡحٞ قَرِيبٞۗ وَبَشِّرِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴾

«U Alloh tomonidan bo‘lgan g‘alaba va yaqin(da ro‘y berguvchi) fathdir. (Ey Muhammad), mo‘minlarga (mana shu) xushxabarni yetkazing!»                [Sof 13]

Ey musulmonlar! o‘z ahlini aslo aldamaydigan yo‘lboshchi Hizb ut-Tahrir sizlarni o‘ziga yordam berishga, roshid Xalifalikni yangidan tiklash uchun u bilan birga ish olib borishga chaqiradi. Zero, o‘shanda Islom va musulmonlar aziz bo‘ladi, kufr va uning ahli xor bo‘ladi. Bu esa, shak-shubhasiz, buyuk zafardir.

﴿إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَذِكۡرَىٰ لِمَن كَانَ لَهُۥ قَلۡبٌ أَوۡ أَلۡقَى ٱلسَّمۡعَ وَهُوَ شَهِيدٞ﴾

«Albatta bunda (ogoh) qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lgan holda (ya’ni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir»    [Qof 37]

Hizb ut-Tahrir                                                                 19 rajab 1446h

                                                                                         19 yanvar 2025m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.