Turkiya rasmiylari: “KAAN” Turkiyaning faxridir

23
0

Turkiya rasmiylari: “KAAN” Turkiyaning faxridir

Turkiyaning 5 avlod jangovar samolyoti “KAAN” dunyoning e’tiborini tortishda davom etmoqda. Bu safar AQSH armiyasida reaktiv dvigatel bo‘yicha texnik bo‘lib xizmat qilgan sobiq askar Kris Kappi Turkiyaning mahalliy va milliy jangovar samolyoti “KAAN” haqida fikr bildirdi. Kappiga ko‘ra, mazkur jangovar samolyot harbiy quroldan boshqa narsalarga ham ishora qiladi.

“Ko‘pincha bir mamlakatning yangi avlod samolyot ishlab chiqarishi shunchaki bir harbiy dasturdan iborat emas, balki ko‘proq ma’noni o‘z ichiga oladi deb o‘ylayman. (Bu samolyot) milliy g‘urur, mustaqillik, diplomatik vosita va hatto urushga qarshi vosita ramzidir. Turkiyaning 5 avlod jangovar samolyotini ishlab chiqargan to‘rtinchi davlatga aylanishi e’tibordan chetda qolishi mumkin emas”, dedi Kappi.
Eslatib o‘tamiz: Turkiyaning o‘rta va uzoq masofaga mo‘ljallangan 8 ta raketani tashish imkoniyatiga ega “KAAN” nomli milliy jangovar samolyoti joriy yilning fevral oyida ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirgan edi. Turkiya davlat rasmiylariga ko‘ra, “KAAN” jangovar samolyoti Turkiya yangi yuz yilligining buyuk iftixorlaridan biridir.

Izoh: Dovrug‘u dunyoga doston qilinayotgan va Turkiyaning iftixori, deya maqtalayotgan “KAAN” jangovar samolyoti fevral oyida havoda muvaffaqiyatli parvoz qilib, olqishlanayotgan bir paytda yahudiy vujudining harbiy uchoqlari G‘azodagi musulmonlarni vahshiylarcha qirg‘in qilayotgan edi. Bu jangavor samolyot agar musulmonlarning qonlari, jonlari va or-nomuslarini himoya qilmasa, u holda buning Ummatga nima keragi bor.

Muqaddas tuproqlarda 76 yildan buyon davom etib kelayotgan yahudiy vujudining qirg‘inlari G‘azoda bir lahza ham to‘xtamay davom etib kelayotnganiga olti oydan o‘tdi. Musulmonlar har kuni yangi-yangi aqlga sig‘mas zulmlarga va insoniy jinoyatlarga duch kelmoqda. Bombardimonlar ostida qolib halok bo‘lgan butun boshli oilalar, bemorlari bilan qo‘shib vayron qilingan shifoxonalar, qiynoqqa solinib qatl qilingan oddiy fuqarolar, qiynoqdan tanib bo‘lmaydigan holga kelgan jasadlar, G‘azo xalqiga yordami tegmasin deya qirib tashlangan hayvonlar, ochlikdan jon taslim qilayotgan go‘daklar, faryodlari Arshi A’loga yuksalayotgan onalar… va hokazo, bu zulmlarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Hatto bu zulmlar muborak Ramazon oyida ham tinimsiz davom etdi.
Ammo Islomiy o‘lkalarning izzat va sharaf nimaligini tasavvur ham qila olmaydigan rahbarlari “KAAN” kabi jangavor samolyotlarning muvaffaqiyatli parvozidan faxrlanish, yahudiy vujudini qirg‘inlariga qarshi esa, bir yerga to‘planib “qattiq tanqid” qilish bilan kifoyalanishmoqda. Vaholangki “KAAN” Islomiy o‘lkalarning armiyalari ulkan harbiy harbiy qudratga egaligini yana bir bor tasdiqlamoqda.
Islom Ummati o‘z tarixi bo‘yi hech qachon bugungi kundagi kabi xor ahvolga tushgan emas, hech bir zamon dushmanlarining qarshisida hozirgidek ojiz qolgan emas. Bu horlik va ojizlikning birdan-bir sababi Ummat boshiga kuch bilan o‘rnashib olgan va musulmonlar armiyalarisining jilovini qo‘lida tutib turgan soxta xukmdorlardir. Shunday ekan, Islom Ummati bu horlikdan qutilish uchun ushbu malay hokimlardan voz kechib, Allohning hukmlarini tatbiq qiladigan va musulmonlarning kuchlarini birlashtiradigan Xalifalik davlatini qayta tiklash uchun harakat qilishi lozim. Bu barcha musulmonlarning burchidir. Dunyodagi musulmonlarning ahvoli, ayniqsa G‘azodagi musulmonlarning o‘ta ayanchli ahvoli Xalifalik davlatini tiklash musulmonlar uchun hayot-mamot masalasi ekanligini ko‘rsatib turibdi.

                                                                                                        Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.