Til masalasi yana kun tartibida

17
0

Til masalasi yana kun tartibida

Jogorku Kenesh spikeri Nurlanbek Shakievning parlamentda til masalasi boʼyicha bildirgan fikri tufayli til mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda asosiy mavzuga aylandi. Shakievning soʼzlariga koʼra, soʼnggi paytlarda rus va ingliz tillari bolalarning birinchi tiliga aylanib, yangi tugʼilgan chaqaloqlarga arabcha ismlar qoʼyilmoqda. Аgar shunday davom etsa, besh-oʼn yildan keyin davlat tilining kelajagi mubham boʼlib qoladi.

Shakievning bayonotidan koʼp oʼtmay, prezident Sadir Japarov “Kabar” agentligiga intervyu berib, bu spikerning shaxsiy fikri ekanligi, mamlakatda rus tili oʼqituvchilariga ehtiyoj borligi va ingliz tili maktablarini istaganlar uchun ham toʼsiq yoʼqligini bildirdi.

Japarov chaqaloqlarga arabcha ism qoʼyish yoki qoʼymaslik har kimning shaxsiy ishi ekanini, eng muhimi qirgʼizlarning yuragi “qirgʼiz”, deb ursa, yetarli ekanligini qoʼshimcha qildi.

Til masalasi boʼyicha milliy xavfsizlik qoʼmitasi raisi Qamchibek Tashiev ham oʼz fikrini bildirdi. “Qirgʼiz tilini rivojlantirish yoki saqlab qolish uchun boshqa tillarni jamiyatimizning kundalik hayotidan uzoqlashtirish – xato fikrdir”, dedi Tashiev.

Izoh:

Yuqorida aytilganlardan maʼlum boʼlishicha, Jogorku Kenesh spikerining fikri populistik asosda aytilgan. Chunki, 2022-yil noyabr oyida boʼlib oʼtgan birinchi Xalq qurultoyida Bishkekdagi toʼrtta tuman nomini qirgʼizcha ismga almashtirish taklifi Rossiya rasmiylarining kuchli hujumidan soʼng toʼxtatilgan edi.

Biroq Tashiev va Japarovning fikri oqlanishdan boshqa narsa emas. Аniqrogʼi, Rossiyaning qoʼpol muomalasidan xavotirlanib, oʼzlarini oqlashmoqda. Chunki bundan avval davlat tili haqidagi qonun qabul qilinayotgan paytda ruslarning qoʼpol munosabatiga duch kelgan mamlakat prezidenti bir qancha bahonalar bilan chiqish qilgani maʼlum.

Mana shulardan koʼrinib turibdiki, Qirgʼiziston hali ham Rossiyaning saqofiy taʼsiridan qutila olgan emas. U hatto qutilishga harakat qilishdan ham qoʼrqadi. Аksincha, boshqa qoʼshni respublikalardan farqli oʼlaroq, rus tiliga davlat tili maqomini bergan. Maʼlumki, mustamlakachi davlatning saqofatini yoyishda alfavit va til muhim rol oʼynaydi. Masalan, sotsialistik tuzum kelgandan soʼng Oʼrta Osiyo musulmonlari ming yildan ortiq qoʼllanib kelgan arab alifbosini bekor qilib, oʼz saqofatlarini kirill alifbosi orqali yoyishga kirishdilar. Bu bilan bosqinchi rus hukumati “bir tosh bilan ikki qushni urdi”. Birinchidan, arab alifbosini bekor qilish bilan mintaqa musulmonlarini ming yillar davomida oʼzlashtirib kelgan Islom saqofati va Islom tarixidan uzib tashlagan boʼlsa, ikkinchidan, mahalliy aholi oʼrtasida “savodsizlikka barham berish” bahonasida xudosiz kommunistik mafkurani tarqatdi.

Bugungi kunda kapitalistik tuzumning vakillari boʼlgan Gʼarb davlatlari lotin alifbosidan foydalanadilar. Shu boisdan ham barcha davlatlar ushbu alifbodan foydalanishlari ular uchun juda muhimdir. Ular bu maqsadlariga yetish uchun “turkiy xalqlar birligi” bahonasini oʼrtaga tashlamoqda. Shuningdek, taʼlim sohasiga grantlar ajratish orqali oʼz taʼsirini kengaytirib bomoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqi Qirgʼiziston taʼlim sohasiga 37,5 million yevro ajratdi. Bu jamgʼarma oʼsib kelayotgan yosh avlodga Gʼarb dunyoqarashini singdirish uchun berilayotgani koʼrlarga ham ayon. Mamlakatdagi Gʼarb kadrlari va nodavlat tashkilotlarining harakatlari Shakievning tashabbusini qoʼllab-quvvatlashidan ham bu narsa yaqqol koʼzga tashlanadi. Zero, davlat tilining mustahkamlanishi rus sakofatining mamlakatdan uzoqlashishini taʼminlaydi.

      Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Qirgʼiziston ham xalqaro siyosat keskinlashgan bir paytda katta kuchlar nufuz talashadigan mintaqaga aylanib bormoqda. Bundan farqli ravishda mamlakatda yuz yillar davomida shakllangan Islomiy saqofat ham keng tarqalmoqda. Mamlakatdagi musulmonlar oʼz chaqaloqlariga Paygʼambarimiz ﷺ va u zotning Sahobalarining ismlarini qoʼyishi ham buning yorqin ifodasidir. Shunday ekan, biz musulmonlar tashqi koʼrinish bilan cheklanib qolmasdan, oʼz dinimizni va Qurʼon tilini oʼrganishga shoshilishimiz kerak. Zero, musulmonlar bu tilni bilish bilan oʼz dinlarini aniq anglay oladilar va shu til sababli hidoyatga boshlovchi olimlar yetishib chiqadi. Shuningdek, musulmonlar faqat arab tilini Islom bilan birlashtiradigan Islom davlati barpo etilgandagina mustamlakachilarning tazyiqi va zulmidan qutula oladilar. Shunday ekan, kofirlarning nayranglariga qarshi bu yoʼlda qattiq harakat qilish lozimdir!

Mumtoz Movaronnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.